Kamilov Xasan Mirzaxitovichning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro uchun patentlar asosida o‘tkaziladigan fan doktori (DSc) ilmiy-tadqiqot ishining himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Temir yo‘l transporti xodimlarining mehnat xavfsizligini oshirishga oid texnik echimlar ishlab chiqish”,
05.10.01 – Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/T979
Ilmiy maslahatchi: Sulaymanov Sunnatulla – texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.10/2025.27.12.T.01.03 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Tadqiqot yo’nalishi. Texnika yo’nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: temir yo‘l transporti xodimlarini nafas olish zonasidagi tozalangan havo bilan atmosferadagi zararli arezollardan tozalanmagan havoni intensiv aralashuvini oldini olish, uzoq vaqt o‘tirishi natijasida mushaklar va paylarni ortiqcha zo‘riqishini kamaytirish, issiq iqlim sharoitida quyosh nurlari ta’sirida foydalanishda ishchi qismning qizishini, qo‘llarni sirpanishini bartaraf etish va ishonchli tutish imkonini beruvchi kompleks texnik echimlar ishlab chiqish orqali mehnat xavfsizligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor nafas olish zonasida statik bosim farqini aerodinamik jihatdan asoslangan konstruktiv elementlar yordamida shakllantirish orqali uyurma oqimlari hosil bo‘lishini kamaytirish hisobiga tozalangan havoning ifloslangan atmosfera havosi bilan intensiv aralashuvini oldini olish imkonini beruvchi avtonom havo tozalovchi keng hajmli shlyapa ishlab chiqilgan (O‘zR patenti (UZ) №IAP 07016);
ilk bor tana qismlari og‘irligi va joylashuv holatini biomexanik nazariyaga tayangan konstruktiv yondashuv asosida muvozanatlash orqali uzoq vaqt o‘tirib ishlash jarayonida mushak va paylarda yuzaga keluvchi ortiqcha zo‘riqishni eng kam kuchlanish bilan uzatilishini ta’minlovchi “Neytral holat” kreslosi ishlab chiqilgan (O‘zR patenti (UZ) №IAP 07046);
ilk bor insonning harakat sifatlariga ta’sir qiluvchi tashqi kuch chegaralarini hisobga olgan holda, qo‘l bilan ushlovchi kontakt yuzada ishqalanish va issiqlik almashinuvini konstruktiv-ergonomik echimlar asosida hosil qilish orqali qo‘l bilan ishonchli ushlashni, sirpanishni va termik shikastlanishni oldini oluvchi poezd tuzuvchisi uchun vagon tutqichi ishlab chiqilgan (O‘zR patenti (UZ) №IAP 8198);
ilk bor temir yo‘l transportida xodimlarni mehnat xavfsizligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan himoya vositalarni, xodimlarning ish jarayonida sog‘lig‘i va funksional holatiga ijobiy ta’siri tajriba tadqiqot natijalari asosida baholanib, ularni zararli va xavfli ishlab chiqarish sharoitlarida samarali qo‘llash imkonini beruvchi kompleks texnik echimlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temir yo‘l transporti xodimlarining mehnat xavfsizligini oshirishga oid texnik echimlar ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishlarida olingan natijalar asosida:
avtonom havo tozalovchi qurilmali keng hajmli shlyapa (O‘zR patenti (UZ) №IAP 07016) “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorati departamenti” tomonidan temir yo‘l transporti korxonalaridagi ish o‘rinlari va ish zonalariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 23-oktyabrdagi 4/10536-sonli ma’lumotnomasi). Natijada xodimning nafas olish zonasida tozalangan havoning ifloslangan atmosfera havosi bilan 80-90% gacha aralashishi oldi olingan;
“Neytral holat” kreslosi (O‘zR patenti (UZ) №IAP 07046) “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorati departamenti” tomonidan temir yo‘l transporti korxonalaridagi ish o‘rinlari va ish zonalariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 23-oktyabrdagi 4/10536-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mushak va paylarga tushuvchi kuchlanishni 60 %gacha qisqarishiga erishilgan;
poezd tuzuvchisi uchun vagon tutqichi (O‘zR patenti (UZ) №IAP 8198) “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorati departamenti” tomonidan temir yo‘l transporti korxonalaridagi ish o‘rinlari va ish zonalariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 23-oktyabrdagi 4/10536-sonli ma’lumotnomasi). Natijada inson qo‘llarining barmoqlari bilan ishonchli ushlanishi va ularning sirpanishi oldi olindi, shuningdek, issiq iqlim sharoitida quyosh nurlari ta’sirida tutqich yuzasining qizishi amaldagi tutqichga nisbatan 40–50% ga kamayishi ta’minlangan;
temir yo‘l transporti xodimlarini mehnat xavfsizligini oshirishga oid ishlab chiqilgan kompleks texnik echimlar (O‘zR patenti (UZ) №IAP 07016, O‘zR patenti (UZ) №IAP 07046, O‘zR patenti (UZ) №IAP 8198) “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorati departamenti” tomonidan temir yo‘l transporti korxonalaridagi ish o‘rinlari va ish zonalariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 23-oktyabrdagi 4/10536-sonli ma’lumotnomasi). Natijada umumiy iqtisodiy samaradorlik 2,1 mlrd. so‘mni tashkil etgan.