Primov Sardor Abdumumin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kam cho‘ziluvchan ikki qavatli trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5402.
Ilmiy rahbar: Mirusmanov Baxtiyor, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/2025.27.12.T.21.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam, texnika fanlari doktori, professor; Xoliqov Qurbonali Madaminovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kam cho‘ziluvchan ikki qavatli trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kam cho‘ziluvchan ikki qavatli interlok trikotaj to‘qimasi tarkibiga qo‘shimcha halqa qatorlarini yassi ignadonli trikotaj mashinalarining texnologik imkoniyatlaridan foydalanib qo‘shish orqali yangi tuzilishli trikotaj to‘qima turlarini ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashtirilgan;
kam cho‘ziluvchan ikki qavatli trikotaj to‘qimalarini texnologik ko‘rsatkichlari va fizik-mexanik xususiyatlariga xomashyo turi va chiziqiy zichliklarini o‘zgartirish asosida bog‘liqlik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
trikotaj to‘quv mashinalarida tortish va o‘rash valining rezina qoplamalarini qayta o‘rash va qavvariq burchak qiymatlarini o‘zgartirish hisobiga matoni ignadon eni bo‘yicha bir meʼyorda tortilishini taʼminlovchi vallar takomillashtirilgan;
kam cho‘ziluvchan ikki qavatli trikotaj to‘qimalarini sifat ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi texnologik ko‘rsatkichlari va fizik-mexanik xususiyatlarining qiymatlarini trikotaj tarkibidagi xomashyolarni turiga va miqdoriga bog‘liqligi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ikki qavatli kam cho‘ziluvchan trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:
kam cho‘ziluvchan ikki qavatli trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarish texnologiyasi “Riviera textile” MChJ va “MERGANCHA TEXTILE-SERVICE” MChJ qo‘shma korxonasiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025 yil 21 iyul № 02/25-1760 son ma’lumotnomalari). Natijada ikki qavatli kam cho‘ziluvchan trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarishga erishilgan;
ikki qavatli trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarishda, yassi ignadonli trikotaj to‘quv mashinalarida joylashgan tortish va o‘rash mexanizmini rezina qoplamasini 350 burchak ostida qayta o‘rash “MERGANCHA TEXTILE-SERVICE” MChJ qo‘shma korxonasiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025 yil 11 dekabr № 02/06-2862 son ma’lumotnomasi). Natijasida trikotaj matolarini ikki chetki qism nuqsonlarini 12% ga kamaytirishga erishilgan.