Umarxodjaev Alisher Muxammadxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuz va bo‘yin kuyishidan keyin chandiqlar va deformatsiyalarni jarroxlik yo‘li bilan davolashni takomillashtirish» 14.00.21 – Stomatologiya va 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib3203.
Ilmiy rahbarlar: Gulyamov Sur’at Saydivalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sadikov Rasul Rustamovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Dustmuxamedov Maxmudjon Zakirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shanazarov Nasrulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Samsung tibbiyot markazi (Janubiy Koreya).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
yuz va bo‘yinning termik kuyishdan keyingi deformatsiyalari bo‘lgan bemorlarda chandiqli to‘qimalarning turi va xususiyatini aniqlash orqali jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuz va bo‘yin sohasida joylashgan kuyishdan keyingi chandiqlarda morfologik va mikrotsirkulyator o‘zgarishlar chandiq to‘qimasi shakllanish bosqichlari bilan uzviy bog‘liq ekani, vaskulyarizatsiyaning o‘rtacha 31% ga pasayishi va fibroz jarayonlarining 28% ga kuchayishi chandiq faolligini baholash ob’ektivligini 25-30% ga oshirishi isbotlangan;
ul`tratovush va morfologik tadqiqotlar natijalari asosida chandiq to‘qimasi exogenligi va zichligi oshishi asosan gipertrofik chandiqlarda +42–58%, keloid chandiqlarda esa +63–71% ga ortishi hamda bu o‘zgarishlar fibroz va vaskulyar buzilishlar kuchayishiga mos ravishda ortib borishi aniqlangan;
kuyishdan keyingi chandiqlarda yallig‘lanish va fibroz jarayonlari darajasiga mos ravishda morfologik o‘zgarishlarning bosqichma-bosqich kuchayishi (erta bosqichlarda fibroblast proliferatsiyasi va neovaskulyarizatsiya, kech bosqichlarda kollagen tolalarining zichlashishi, gialinoz va stroma qayta tuzilishi) isbotlangan;
fotodinamik terapiyani infraqizil lazer ta’siri bilan birgalikda qo‘llash natijasida chandiq to‘qimasi qalinligi o‘rtacha 34% ga kamayishi (p<0,05), mikrotsirkulyasiya ko‘rsatkichlari 29% ga yaxshilanishi (p<0,05) hamda klinik natijalarning Vancouver Scar Scale bo‘yicha 41% ga yaxshilanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yuz va bo‘yin kuyishidan keyingi chandiqlar va deformatsiyalarni jarrohlik yo‘li bilan davolashni takomillashtirishga bag‘ishlangan olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: yuz va bo‘yin sohasida joylashgan kuyishdan keyingi chandiqlarda morfologik va mikrotsirkulyator o‘zgarishlar chandiq to‘qimasi shakllanish bosqichlari bilan uzviy bog‘liq ekani, vaskulyarizatsiyaning o‘rtacha 31% ga pasayishi va fibroz jarayonlarining 28% ga kuchayishi chandiq faolligini baholash ob’ektivligini 25-30% ga oshirishi isbotlangan va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ilmiy kengashining 2025 yil 26 yanvardagi 03/334-son qarori bilan tasdiqlangan “Bolalarda lazer texnologiyalari va fotodinamik terapiyadan foydalangan holda yuz va bo‘yin kuyishdan keyingi chandiqlarni tashxislash va davolash algoritmlari” uslubiy tavsiyalariga kiritilgan. Mazkur taklif Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 25 martdagi 20-sonli buyrug‘i va Bolalar Milliy tibbiyot markazining 2025 yil 24 martdagi 01-1-04/28-sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 20 iyundagi 20/03-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: davolash taktikasini individual tanlash sifati oshdi, bemorlarda, shu jumladan bolalarda funksional va estetik natijalar yaxshilandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: takroriy operatsiyalar soni va statsionar davolanish muddatining qisqarishi har bir bemor uchun o‘rtacha 1150000 so‘mni tejash imkonini bergan. Xulosa: tadqiqot jarayonida birinchi marta yuz va bo‘yinning kuyishdan keyingi chandiqlarining morfologik va mikrotsirkulyator xususiyatlari tizimli ravishda o‘rganildi. Bu chandiqli to‘qima shakllanishining turli bosqichlari va qon tomir buzilishlariga xos bo‘lgan qonuniyatlarni aniqlash imkonini berdi, bu esa diagnostik yondashuvlarni takomillashtirish uchun asos bo‘ldi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ul`tratovush va morfologik tadqiqotlar natijalari asosida chandiq to‘qimasi exogenligi va zichligi oshishi asosan gipertrofik chandiqlarda +42–58%, keloid chandiqlarda esa +63–71% ga ortishi hamda bu o‘zgarishlar fibroz va vaskulyar buzilishlar kuchayishiga mos ravishda ortib borishi aniqlangan. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ilmiy kengashining 2025 yil 26 yanvardagi 03/334-son qarori bilan tasdiqlangan “Bolalarda yuz va bo‘yin kuyishdan keyingi chandiqlarni lazer texnologiyalari va fotodinamik terapiya yordamida tashxislash va davolash algoritmlari” uslubiy tavsiyanomasida keltirilgan ma’lumotlar asos bo‘lib xizmat qildi. Mazkur taklif Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 25 martdagi 20-sonli buyrug‘i va Bolalar Milliy tibbiyot markazining 2025 yil 24 martdagi 01-1-04/28-sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 20 iyundagi 20/03-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tibbiy qarorlar qabul qilish jarayoni soddalashtirilgan, multidissiplinar jamoalarda davolash yondashuvlari standartlashtirilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: terapiyani asosli tayinlash qimmatbaho gistologik tadqiqotlarga bo‘lgan ehtiyojni 2,3 barobarga kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: birinchi marta chandiqlarni davolashda fotodinamik terapiyani infraqizil lazer ta’siri bilan birgalikda qo‘llashning yuqori samaradorligi isbotlangan. Kombinatsiyalangan ta’sir chandiq to‘qimalarida yaqqol regenerator jarayonlar, mikrotsirkulyatsiyaning yaxshilanishi va kollagen remodellanishini keltirib chiqardi.
uchinchi ilmiy yangilik: kuyishdan keyingi chandiqlarda yallig‘lanish va fibroz jarayonlari darajasiga mos ravishda morfologik o‘zgarishlarning bosqichma-bosqich kuchayishi (erta bosqichlarda fibroblast proliferatsiyasi va neovaskulyarizatsiya, kech bosqichlarda kollagen tolalarining zichlashishi, gialinoz va stroma qayta tuzilishi) isbotlangan. Ushbu xulosalar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ilmiy kengashining 2025 yil 26 yanvardagi 03/333-son qarori bilan tasdiqlangan “Kuyishdan keyingi chandiqlari bo‘lgan bolalarni kompleks reabilitatsiya qilish: tashxis qo‘yishdan tiklanishgacha” uslubiy tavsiyalariga kiritilgan. Mazkur taklif Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 25 martdagi 20-sonli buyrug‘i va Bolalar Milliy tibbiyot markazining 2025 yil 24 martdagi 01-1-04/28-sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 20 iyundagi 20/03-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: yuz deformatsiyalarining og‘irligi kamaygan, bemorlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi oshgan va ularning hayot sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: reabilitatsiya muddatini 30 kundan 12 kungacha qisqartirish tiklovchi davolash xarajatlarini har bir bemor uchun o‘rtacha 870 000 so‘mga kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: birinchi marta chandiqlarni davolashda fotodinamik terapiyani infraqizil lazer ta’siri bilan birgalikda qo‘llashning yuqori samaradorligi isbotlangan. Kombinatsiyalangan ta’sir chandiq to‘qimalarida yaqqol regenerator jarayonlar, mikrotsirkulyatsiyaning yaxshilanishi va kollagen remodellanishini keltirib chiqardi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: fotodinamik terapiyani infraqizil lazer ta’siri bilan birgalikda qo‘llash natijasida chandiq to‘qimasi qalinligi o‘rtacha 34% ga kamayishi (p<0,05), mikrotsirkulyasiya ko‘rsatkichlari 29% ga yaxshilanishi (p<0,05) hamda klinik natijalarning Vancouver Scar Scale bo‘yicha 41% ga yaxshilanishi aniqlangan. Ushbu takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ilmiy kengashining 2025 yil 26 yanvardagi 03/333-son qarori bilan tasdiqlangan “Kuyishdan keyingi chandiqlari bo‘lgan bolalarni kompleks reabilitatsiya qilish: tashxis qo‘yishdan tiklanishgacha” uslubiy tavsiyalariga kiritilgan. Mazkur taklif Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 25 martdagi 20-sonli buyrug‘i va Bolalar Milliy tibbiyot markazining 2025 yil 24 martdagi 01-1-04/28-sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 20 iyundagi 20/03-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: davolash samaradorligini baholash aniqligi oshirildi, qo‘shimcha travmatik muolajalarsiz rivojlanish nazorati ta’minlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Samarasiz davolash kurslari sonining kamayishi 1 nafar bemor hisobiga 960 000 so‘mgacha iqtisod qilishni ta’minladi. Xulosa: chandiqlarni turli usullar bilan davolash jarayonida ul`tratovush va fluoressent ko‘rsatkichlarning o‘zgarish dinamikasi aniqlandi. Aniqlangan parametrlar terapiya samaradorligini ob’ektiv kuzatish va ulardan chandiq to‘qimasi holatini nazorat qilishning ishonchli belgilari sifatida foydalanish imkonini beradi.