Tursunova Laylo Dilshatovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Curunkali buyrak kasalligi rivojlanishining erta markyorlarini klinik-patogenetik va genetik jihatlarining prognostik ahamiyati» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Tib1030.
Ilmiy maslahatchi: Jabbarov Ozimbay Otaxanovich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.02.
Rasmiy opponentlar: Sabirov Maksud Atabaevich tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripxodjaeva Gulnoza Zayniddinovna tibbiyot fanlari doktori; Gel`dieva Margarita Sabirovna biologiya fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: curunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda buyraklar disfunksiyasining rivojlanishiga klinik-patogenetik va genetik omillarning ta’sirini kompleks tahlillar natijalariga asoslangan holda baxolashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda eNOS3 (rs2070744), AGT1 (rs699), APOC3 (rs5128), HIF1A (rs11549465) genlari polimorfizmlarining xavfli genotiplari (C/T, T/T, Met/Thr, Thr/Thr, C/G, G/G, C/T, T/T) yuqori uchrash darajasiga ega ekani aniqlanib, ularning ushbu asorat rivojlanish xavfi bilan statistik jihatdan ishonchli bog‘liqligi (p<0,01) asoslangan;
xavfli genotiplarga ega bemorlarda uNgal, β₂-mikroglobulin, sistatin C darajalarining yuqoriligi, shuningdek hKFT pastligi bilan o‘zaro kuchli korrelyasiyasi (r=0,6–0,8; p<0,01) aniqlanib, bu genetik markerlar SBKning rivojlanishida muhim omil ekani  isbotlangan;
eNOS3 (rs2070744), AGT1 (rs699), APOC3 (rs5128) va HIF1A (rs11549465) genlarining ko‘p lokusli kombinatsiyalari (eNOS3+AGT1, accuracy=0,774, OR=11,7; eNOS3+APOC3+AGT1, accuracy=0,790, OR=15,5; eNOS3+AGT1+APOC3+HIF1A, accuracy=0,806, OR=23,5) surunkali buyrak kasalligida rivojlanish xavfini additiv-sinergik tarzda oshirishi aniqlangan;
uNgal, β₂-mikroglobulin va sistatin C darajalari bilan arterial bosim, hKFT va proteinuriya ko‘rsatkichlari o‘rtasida yuqori statistik korrelyasiya (r>0,7; p<0,01) aniqlanib, bu biomarkerlarning buyrak funksional holatini kompleks baholashda prognostik ahamiyatga ega ekani asoslangan;
ROC-tahlil natijalariga ko‘ra, peshobdagi uNgal  (AUC=0,85), β₂-mikroglobulin (AUC=0,82) va sistatin C (AUC=0,88) ko‘rsatkichlari surunkali buyrak kasalligining erta bosqichlarini aniqlashda yuqori sezuvchanlik va spesifiklikka ega biomarkerlar sifatida (r<0,001) asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Surunkali buyrak kasalligi rivojlanishining erta markyorlarini klinik-patogenetik va genetik jihatlarining prognostik ahamiyatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda eNOS3 (rs2070744), AGT1 (rs699), APOC3 (rs5128), HIF1A (rs11549465) genlari polimorfizmlarining xavfli genotiplari (C/T, T/T, Met/Thr, Thr/Thr, C/G, G/G, C/T, T/T) yuqori uchrash darajasiga ega ekani aniqlanib, ularning ushbu og‘ir asorat rivojlanish xavfi bilan statistik jihatdan ishonchli bog‘liqligi (p<0,01) asoslanganligi Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi 09.04. 2025-yildagi 01-58-sonli, Jizzax viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi Forish tuman tibbiyot birlashmasi 07.04.2025-yildagi 800-3-53-TV/2025-sonli, hamda Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 07.04.2025-yildagi №84-I sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan.  (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 15-avgustdagi №23/22-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: eNOS3, AGT1, APOC3 va HIF1A genlari polimorfizmlarining xavfli genotiplarini aniqlash surunkali buyrak kasalligiga moyil bo‘lgan bemorlarni erta bosqichlarda ajratish, xavf guruhlarini shakllantirish va shaxsiylashtirilgan profilaktika hamda davolash strategiyalarini qo‘llash imkonini beradi. Bu esa kasallik asoratlarini oldini olish, surunkali buyrak etishmovchiligining erta rivojlanishini cheklash va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: genetik xavfli genotiplarga ega bo‘lgan bemorlarni erta aniqlash orqali surunkali buyrak kasalligining terminal bosqichlari va asoratlarining oldini olishga erishiladi, bu esa statsionar davolanish muddatlarini qisqartirishga, laborator va instrumental tekshiruvlar hamda gemodializga ketadigan xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Xulosa: eNOS3, AGT1, APOC3 va HIF1A genlaridagi xavfli genotiplarning aniqlanishi surunkali buyrak kasalligiga chalingan bemorlarning kasallik kechishini bashoratlash, shaxsiylashtirilgan nazorat va davolashni joriy etish, shu orqali bemorlarning salomatligi, mehnatga layoqatlilik davri va hayot sifatini uzoq muddat saqlab qolish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: xavfli genotiplarga ega bemorlarda uNgal, β₂-mikroglobulin, sistatin C darajalarining yuqoriligi, shuningdek hKFT pastligi bilan o‘zaro kuchli korrelyasiyasi (r=0,6–0,8; p<0,01) aniqlanib, bu genetik markerlar SBKning rivojlanishida muhim omil ekanligi Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi 09.04.2025-yildagi 01-56-sonli, Jizzax viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi Forish tuman tibbiyot birlashmasi 07.04.2025-yildagi 797-3-53-TV/2025-sonli, hamda Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 18.04.2025-yildagi №91-I sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan.  (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 15-avgustdagi №23/22-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: xavfli genotiplarga ega bemorlarda uNgal, β₂-mikroglobulin va sistatin C darajalarining oshishi hamda koptokcha fil`tratsiya tezligi pasayishi o‘rtasidagi kuchli bog‘liqlikni aniqlash surunkali buyrak kasalligining og‘ir fenotipi rivojlanishini erta bashoratlash imkonini beradi. Bu esa yuqori xavfli bemorlarni o‘z vaqtida aniqlab, ularga shaxsiylashtirilgan kuzatuv va profilaktik hamda davolash choralarini belgilash, kasallikning asoratlarini oldini olish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: genetik xavfli bemorlarda biomarkerlar (uNgal, β₂-mikroglobulin, sistatin C) va KFTni kompleks baholash orqali SBKning og‘ir shakllarini erta aniqlash imkoni yaratiladi, bu esa asoratlar rivojlanishini kamaytirish, statsionar davolanish muddatlarini qisqartirish va davolash usullariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish hisobiga sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini tejashga olib keladi. Xulosa: xavfli genotiplar bilan nefron shikastlanishini aks ettiruvchi biomarkerlarning o‘zaro bog‘liqligiga asoslangan ushbu yondashuv surunkali buyrak kasalligining og‘ir kechishiga moyil bemorlarni erta aniqlash, ularni samarali kuzatish va shaxsiylashtirilgan davolashni joriy etish imkonini berib, bemorlarning salomatligi va mehnatga layoqatlilik davrini uzoq muddat saqlab qolishga xizmat qiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: eNOS3 (rs2070744), AGT1 (rs699), APOC3 (rs5128) va HIF1A (rs11549465) genlarining ko‘p lokusli kombinatsiyalari (eNOS3+AGT1, accuracy=0,774, OR=11,7; eNOS3+AGT1+APOC3, accuracy=0,790, OR=15,5; eNOS3+AGT1+APOC3+HIF1A, accuracy=0,806, OR=23,5) surunkali buyrak kasalligida rivojlanish xavfini additiv-sinergik tarzda oshirishi aniqlanganligi Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi 09.04.2025-yildagi 01-58-sonli buyruq, Jizzax viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi Forish tuman tibbiyot birlashmasi 07.04.2025-yildagi 800-3-53-TV/2025-sonli, hamda Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 07.04.2025-yildagi №84-I sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan.  (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 15-avgustdagi №23/22-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: eNOS3, AGT1, APOC3 va HIF1A genlarining ko‘p lokusli additiv–sinergik kombinatsiyalarini aniqlash surunkali buyrak kasalligining tez rivojlanib boruvchi shakllariga moyil bemorlarni erta bosqichda ajratish imkonini beradi. Bu yuqori xavfli bemorlarni maqsadli skriningdan o‘tkazish, individual kuzatuv va profilaktik hamda davolash choralarini o‘z vaqtida belgilash orqali kasallik asoratlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: ko‘p lokusli genetik xavfli kombinatsiyalarga ega bemorlarni erta aniqlash surunkali buyrak kasalligining rivojlanishini sekinlashtirish va dializ oldi davrini uzaytirish imkoniyatini beradi, bu esa statsionar davolash muddatlarini qisqartirish, gemodializga bo‘lgan ehtiyojni kechiktirish va sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini kamaytirishga olib keladi. Xulosa: eNOS3, AGT1, APOC3 va HIF1A genlarining ko‘p lokusli additiv–sinergik kombinatsiyalari asosida surunkali buyrak kasalligining klinik kechishini bashoratlash imkoniyati yaratiladi, bu esa shaxsiylashtirilgan skrining, nazorat va davolash strategiyalarini joriy etish orqali bemorlarning salomatligi, mehnatga layoqatlilik davri va hayot sifatini uzoq muddat saqlab qolishga xizmat qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: uNgal, β₂-mikroglobulin va sistatin C darajalari bilan arterial bosim, hKFT va proteinuriya ko‘rsatkichlari o‘rtasida yuqori statistik korrelyasiya (r>0,7; p<0,01) aniqlanib, bu biomarkerlarning buyrak funksional holatini kompleks baholashda prognostik ahamiyatga ega ekani asoslanganligi Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi 09.04.2025-yildagi 01-56-sonli, Jizzax viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi Forish tuman tibbiyot birlashmasi 07.04.2025-yildagi 797-3-53-TV/2025-sonli, hamda Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 18.04.2025-yildagi №91-I sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan.  (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 15-avgustdagi №23/22-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: uNgal, β₂-mikroglobulin va sistatin C kabi biomarkerlarni arterial bosim, KFT va proteinuriya bilan birgalikda baholash surunkali buyrak kasalligining erta va subklinik bosqichlarini aniqlash, kasallikning progressiyasini bashoratlash va yuqori xavfli bemorlarni o‘z vaqtida ajratish imkonini beradi, bu esa bemorlarning hayot sifati va davolash natijalarini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: buyrak funksional holatini kompleks baholash orqali kasallikning og‘ir kechishini erta aniqlash imkonini yaratadi, bu statsionar davolanish muddatlarini qisqartirish, asoratlar va gemodializga bo‘lgan ehtiyojni kechiktirish hisobiga sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini kamaytirishga olib keladi. Xulosa: uNgal, β₂-mikroglobulin va sistatin C biomarkerlarining gemodinamik va funksional ko‘rsatkichlar bilan uzviy bog‘liqligiga asoslangan ushbu yondashuv surunkali buyrak kasalligini erta tashxislash, avjlanishini bashoratlash va shaxsiylashtirilgan davolash strategiyalarini joriy etish imkonini berib, bemorlarning salomatligi va hayot sifatini uzoq muddat saqlab qolishga xizmat qiladi. 
beshinchi ilmiy yangilik: ROC-tahlil natijalariga ko‘ra, peshobdagi uNgal  (AUC=0,85), β₂-mikroglobulin (AUC=0,82) va sistatin C (AUC=0,88) ko‘rsatkichlari surunkali buyrak kasalligining erta bosqichlarini aniqlashda yuqori sezuvchanlik va spesifiklikka ega biomarkerlar sifatida (r<0,001) asoslanganligi Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi 09.04.2025-yildagi 01-56-sonli, Jizzax viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi Forish tuman tibbiyot birlashmasi 07.04.2025-yildagi 797-3-53-TV/2025-sonli, hamda Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 18.04.2025-yildagi №91-I sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan.  (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 15-avgustdagi №23/22-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu biomarkerlarning yuqori diagnostik samaradorligiga tayangan holda surunkali buyrak kasalligini klinik belgilari namoyon bo‘lmasdan oldin erta aniqlash, xavf guruhlarini skriningdan o‘tkazish va o‘z vaqtida profilaktik hamda davolash choralarini boshlash imkoni yaratiladi. Iqtisodiy samaradorligi: uNgal, β₂-mikroglobulin va sistatin C asosida SBKni erta tashxislash orqali surunkali buyrak kasalligining oldi olinib, statsionar davolash muddatlari qisqartiriladi va davolash usullariga bo‘lgan ehtiyoj kamaytiriladi. Xulosa: ushbu biomarkerlar surunkali buyrak kasalligini erta va ishonchli aniqlash, uning progressiyasini nazorat qilish va shaxsiylashtirilgan klinik qarorlar qabul qilish imkonini berib, bemorlarning salomatligi va hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish