Kurbanova Surayyo Ilxom qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Perimenopauza yoshidagi ayollarda bachadon miomasini differensial davolash tamoyillari”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.3.PhD/Tib3692.
Ilmiy raxbar: Babadjanova Guldjaxon Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.25.Tib.01.05.
Rasmiy opponentlar: Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: perimenopauza yoshdagi bachadon miomasi bo‘lgan ayollarni differensial davolashda bachadon arteriyasi embolizatsiyasi usulini qo‘llash orqali menopauza davriga tez o‘tish va postmenopauzal davrini kechishini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
perimenopauza davridagi ayollarda mioma rivojlanishining eng muhim sabablari va xavf omillari aniqlanib, bachadon arteriyalarini embolizatsiya qilish (BAE) va konservativ davolash natijalarini taqqoslash natijasida BAEning samaradorligi yuqori ekanligi isbotlangan;
perimenopauza davridagi ayollarda mioma davolashda organlarni saqlovchi usul bachadon arteriyalarini embolizatsiyalash minimal invazivligi, davolash muddatining qisqaligi, menopauza davriga tez o‘tishi va postmenopauzal sindromning kamroq yuzaga kelishi, shuningdek, yuqori klinik samaradorligi bilan ajralib turishi isbotlangan;
bachadon arteriyasi embolizatsiyasining organlarni saqlovchi usulining klinik samaradorligi (98,6%) konservativ gormonal terapiyaga (56,5%) nisbatan sezilarli darajada yuqori ekanligi, bachadon arteriyasi embolizatsiyasidan so‘ng menopauza 2,3 barobar tezroq yuzaga kelgan, postmenopauzal sindrom esa gormonal terapiyaga nisbatan 6,5 barobar kamroq kuzatilishi postmenopauzadagi ayollarning hayot sifatining yaxshilangani isbotlangan;
perimenopauza yoshidagi ayollarda bachadon miomasini tashxislash va differensial davolash uchun diagnostik-davolash algoritmi ishlab chiqilgan bo‘lib, davolashda bachadon arteriyasi embolizatsiyasi usulining yuqori samaradorligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Olingan ilmiy natijalar asosida perimenopauza yoshidagi ayollarda miomani tashxis qo‘yish va differensial davolash uchun algoritm takomillashtirildi.
birinchi ilmiy yangilik: perimenopauza davridagi ayollarda mioma rivojlanishining eng muhim sabablari va xavf omillari aniqlanib, bachadon arteriyalarini embolizatsiya qilish (BAE) va konservativ davolash natijalarini taqqoslash natijasida BAEning samaradorligi yuqori ekanligi isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 27 yanvarda №01-25/454-t -son bilan tasdiqlangan “Bachadon miomasini davolash usullarini takomillashtirish. Bachadon arteriyasi embolizatsiyasi” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan xamda Respublika ixtisoslashgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2025 yil 14 fevraldagi №02-6-son buyrug‘i va Respublika perinatal markazining 2025 yil 15 fevraldagi 102-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 22.09.2025 yildagi 25/44-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: miomali perimenopauza yoshidagi ayollarni tekshirish asosida eng muhim sabablar aniqlandi va tashxis qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar berildi; postmenopauza sindromini kamaytirish uchun samarali kompleks differensial davolashni amalga oshirish imkoniyatlari oshadi. Iqtisodiy samaradorligi: xavf omillarini hisobga olgan holda, perimenopauza davrida mioma rivojlanishi sabablarini aniqlash orqali 61% ayollarda organni saqlab qoluvchi davolash amalga oshirildi, bu har bir bemorga tekshiruv uchun 325000 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: perimenopauza yoshidagi ayollarda mioma sabablarini aniqlash maqsadida, taklif etilgan usul va tavsiyalar bo‘yicha eng ehtimoliy xavf omillarini aniqlash zarur. Bemorni individual tekshirish yondashuvi xavfli o‘sma xavfini istisno etishga, shuningdek, shifokorga murojaat qilish va tashxis qo‘yish uchun har bir bemorga 325000 so‘m tejash imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: perimenopauza davridagi ayollarda mioma davolashda organlarni saqlovchi usul bachadon arteriyalarini embolizatsiyalash minimal invazivligi, davolash muddatining qisqaligi, menopauza davriga tez o‘tishi va postmenopauzal sindromning kamroq yuzaga kelishi, shuningdek, yuqori klinik samaradorligi bilan ajralib turishi isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 27 yanvarda №01-25/454-t-son bilan tasdiqlangan “Bachadon miomasini davolash usullarini takomillashtirish. Bachadon arteriyasi embolizatsiyasi” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan xamda Respublika ixtisoslashgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2025 yil 14 fevraldagi №02-6-son buyrug‘i va Respublika perinatal markazining 2025 yil 15 fevraldagi 102-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 22.09.2025 yildagi 25/44-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: perimenopauza davridagi ayollarni kompleks tekshiruvdan o‘tkazish va uzoq muddatli gormonal davolash va radikal operatsiya xavfi o‘rniga organlarni saqlab qoluvchi BAE usuli bilan davolash, minimal invaziv davolashni amalga oshirish, davolash muddatini qisqaligi, menopauza davri boshlanishi va postmenopauzal sindromning kelib chiqish muddatini qisqartirish imkonini bergan, organlarni saqlab qoluvchi davolashni amalga oshirish imkoniyatlari ortadi. Iqtisodiy samaradorligi: miomaning xavfsiz o‘sma tekshiruv natijalari xususiyatidan kelib chiqib, ayollar tekshiruvga kamroq mablag‘ sarflaydilar. Uzoq muddatli gormonal davolash va keyinchaq postmenopauzal sindromni davolash bilan solishtirganda, BAE usulida davolash muddati qisqaligi va postmenopauzal sindromni davolashga kamroq mablag‘ sarflanadi. Bu har bir bemorga davolash, dori-darmonlar va gormonal davolash uchun 4500000 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: bachadon arteriyasi embolizatsiyasi kabi kam invaziv davolash usulini tanlash uchun taklif etilgan algoritm bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish zarur. Bu uzoq muddatli gormonal davolash va radikal operatsiya xavfiga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirish, takroriy tekshiruvlar va dori-darmonlar uchun pul tejash imkonini bergan. Umuman olganda, bu har bir ayolga 4500000 so‘m tejash imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: bachadon arteriyasi embolizatsiyasining organlarni saqlovchi usulining klinik samaradorligi (98,6%) konservativ gormonal terapiyaga (56,5%) nisbatan sezilarli darajada yuqori ekanligi, bachadon arteriyasi embolizatsiyasidan so‘ng menopauza 2,3 barobar tezroq yuzaga kelgan, postmenopauzal sindrom esa gormonal terapiyaga nisbatan 6,5 barobar kamroq kuzatilgan, bunda esa postmenopauzadagi ayollarning hayot sifatining yaxshilangani isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 27 yanvarda №01-25/454-t-son bilan tasdiqlangan “Bachadon miomasini davolash usullarini takomillashtirish. Bachadon arteriyasi embolizatsiyasi” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan xamda Respublika ixtisoslashgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2025 yil 14 fevraldagi №02-6-son buyrug‘i va Respublika perinatal markazining 2025 yil 15 fevraldagi 102-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 22.09.2025 yildagi 25/44-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: BAE va uzoq muddatli konservativ gormonal davolash natijasidagi taqqoslama samaradorlik o‘rganildi, natijada BAE orqali amalga oshiriladigan organni saqlovchi kam invaziv usulning samaradorligi sezilarli darajada yuqori ekanligi aniqlandi. Perimenopauza davrida miomasi bo‘lgan ayollarda BAEdan so‘ng menopauza boshlandi, postmenopauza sindromi tez-tezligi kamaydi, bu esa uzoq muddatli gormonal davolash, radikal operatsiya xavfi (4 ayolda) bilan solishtirganda ayollarning hayot sifatini yaxshiladi. Iqtisodiy samaradorligi: differensial davolash natijalari asosida shunday xulosaga kelindiki, BAE o‘tkazilganda ayollar takroriy tekshiruvlar, uzoq muddatli gormonal davolash, radikal operatsiya xavfi, postmenopauza sindromini davolash xarajatlarini tejab qolishlari mumkin. Umuman olganda, bu bir ayolga 4500000 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: miomasi bo‘lgan perimenopauza davridagi ayollar uchun kam invaziv, organni saqlovchi davolash usulini tanlash uchun taklif etilgan algoritm bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish lozim. Bu esa tekshiruv, gormonal va boshqa dori vositalariga ketadigan xarajatlarni, shuningdek, samara bo‘lmagan taqdirda radikal jarrohlikka ketadigan xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan. Bu har bir ayolga o‘rtacha 4500000 so‘m tejash imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: perimenopauza yoshidagi ayollarda bachadon miomasi tashxisi va differensial davolash uchun diagnostik-davolash algoritmi ishlab chiqilgan va davolashda bachadon arteriyasi embolizatsiyasi usulining yuqori samaradorlik ko‘rsatishi isbotlangan bo‘lib, Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 27 yanvarda №01-25/454-t-son bilan tasdiqlangan “Bachadon miomasini davolash usullarini takomillashtirish. Bachadon arteriyasi embolizatsiyasi” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan xamda Respublika ixtisoslashgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2025 yil 14 fevraldagi №02-6-son buyrug‘i va Respublika perinatal markazining 2025 yil 15 fevraldagi 102-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 22.09.2025 yildagi 25/44-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan algoritm bo‘yicha perimenopauza davridagi ayollarni kompleks tekshirish va davolash, mioma bilan kasallangan perimenopauza davridagi ayollarga organni saqlovchi, kam invaziv davolashni amalga oshirish, menopauzaga erishishni ancha tezlashtirish, postmenopauzal sindromning tez-tezligi va davomiyligini qisqartirish imkonini beradi, bu esa gormonal davolashga nisbatan ayollarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: miomani BAE va gormonal davolash yo‘li bilan davolash natijalari tekshiruvlar, davolash davomiyligi bo‘yicha pul tejalishiga olib keldi, bu esa bachadonni saqlab qolishga, ayolni tezroq menopauzaga o‘tkazishga va postmenopauzal sindromni davolashning tez-tezligi, davomiyligi va xarajatlarini kamaytirishga imkon berdi. Bu har bir ayol uchun 8000000 so‘mgacha tejash imkonini beradi. Xulosa: perimenopauza yoshidagi mioma bilan kasallangan ayollarni davolash usulini tanlashda differensial yondashuv, BAE o‘tkazilganda postmenopauzal sindromning yanada yaxshi kechishi bilan organni saqlovchi, kam invaziv davolashni amalga oshirish imkonini bergan. Bu har bir ayol uchun 8000000 so‘mgacha xarajatlarni tejashga imkon bergan.