Mamarizaev Azizbek Adxamalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi va rak kasalligi tashxisini erta bosqichlarda aniqlanishini takomillashtirish va prognoz qilishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish», 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Tib4156.
Ilmiy rahbar: Azimova Sevara Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Sayfullaeva Saida Akramjonovna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Yariev Alisher Alijonovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston).
II. Tadqiqotning maqsadi: SRD5A2, TP53, ESR1 va CYP17A1 regulyator genlarining prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi hamda prostata bezi raki rivojlanish mexanizmidagi o‘rnini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor erkaklar populyasiyasida prostata bezi saratoniga irsiy moyillikni erta bosqichlarda aniqlash maqsadida SRD5A2, TP53, ESR1 va CYP17A1 gen-regulyatorlarining polimorf variantlari bo‘yicha genotip va allellar chastotasi kompleks molekulyar-genetik tavsiflanib, ularning prostata bezi raki rivojlanish xavfi bilan bog‘liqligi orqali patologiyaning molekulyar mexanizmlaridagi o‘rni isbotlangan;
assotsiativ tahlillar asosida CYP17A1 genidagi mutant G alleli va G/G genotipi, hamda TP53 geni Pro/Arg polimorfizmining Arg alleli prostata bezi raki rivojlanish xavfining ishonchli darajada oshishi bilan bog‘liqlik ekanligi aniqlanib, ular onkologik transformatsiyaning erta markerlari sifatida qo‘llanilishi mumkinligi isbotlangan;
xavfsiz prostata bezi giperplaziyasida TP53 genidagi Pro/Pro va CYP17A1 genidagi A/A qulay genotiplarining mavjudligi xavli o‘smalar rivojlanish ehtimolini kamaytirishi bilan bog‘liq protektiv ahamiyatga ega ekanligi, SRD5A2 genidagi noqulay genotipik variantlar va ESR1 genidagi A/G geterozigota genotipi esa xavfsiz proliferativ jarayonlarning xavfli jarayonga o‘tishiga ko‘maklashishi isbotlangan;
prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi, prostata bezi raki bilan xastalangan bemorlar va nazorat guruhida polimorfizmlar allel va genotiplari taqsimotining qiyosiy tahlili asosida yuqori onkologik xavfga ega molekulyar-genetik profillar ajratilib, SRD5A2, TP53, ESR1 va CYP17A1 polimorf markerlarini majmuaviy baholash klinik simptomlar paydo bo‘lishidan oldin prostata bezi rakini erta tashxislash vositasi sifatida qo‘llash imkoniyati ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi va rak kasalligi tashxisini erta bosqichlarda aniqlanishini takomillashtirish va prognoz qilishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor erkaklar populyasiyasida prostata bezi saratoniga irsiy moyillikni erta bosqichlarda aniqlash maqsadida SRD5A2, TP53, ESR1 va CYP17A1 gen-regulyatorlarining polimorf variantlari bo‘yicha genotip va allellar chastotasi kompleks molekulyar-genetik tavsiflanib, ularning prostata bezi raki rivojlanish xavfi bilan bog‘liqligi orqali patologiyaning molekulyar mexanizmlaridagi o‘rni isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 25 fevralda 6i-12/u-son bilan tasdiqlangan «Sovershenstvovanie rannoy diagnostiki i razrabotka sovremennix sposobov prognozirovaniya dobrakachestvennoy giperplazii i raka predstatel`noy jelezi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyati ko‘p taromoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 11.04.2025 yildagi 82/F-son, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filiali bo‘yicha 02.04.2025 yildagi 61-son, Andijon davlat tibbiyot institutining Yu.Otabekov nomidagi shifoxonasi bo‘yicha 11.04.2025 yildagi 53i/ch-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 oktyabrdagi 30/45-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: erkaklar populyasiyasida ilk bor prostata bezi saratoniga irsiy moyillikni erta bosqichlarda aniqlashga qaratilgan holda SRD5A2, TP53, ESR1 va CYP17A1 gen-regulyatorlarining polimorf variantlari bo‘yicha genotip va allellar chastotasining kompleks molekulyar-genetik tavsifi, polimorfizmlarning prostata bezi raki rivojlanish xavfi bilan bog‘liq assotsiatsiyalari tahlili patologiyaning molekulyar mexanizmlari o‘rni xastalikning asoratlarni oldini olish, shikoyatlar sonini kamaytirish, qonning klinik-biokimyoviy ko‘rsatkichlarini, salomatligini va xayot sifatini yaxshilash, umr ko‘rish davomiyliligi oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni stafionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 446000 so‘m mablag‘lar ishlab chiqilgan kompleks molekulyar-genetik tavsifidan foydalanish orqali shifoxonada davolanish kunlarini qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: assotsiativ tahlillar asosida CYP17A1 genidagi mutant G alleli va G/G genotipi, hamda TP53 geni Pro/Arg polimorfizmining Arg alleli prostata bezi raki rivojlanish xavfining ishonchli darajada oshishi bilan bog‘liqlik ekanligi aniqlanib, ular onkologik transformatsiyaning erta markerlari sifatida  qo‘llanilishi mumkinligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 25 fevralda 6i-12/u-son bilan tasdiqlangan «Sovershenstvovanie rannoy diagnostiki i razrabotka sovremennix sposobov prognozirovaniya dobrakachestvennoy giperplazii i raka predstatel`noy jelezi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyati ko‘p taromoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 11.04.2025 yildagi 82/F-son, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filiali bo‘yicha 02.04.2025 yildagi 61-son, Andijon davlat tibbiyot institutining Yu.Otabekov nomidagi shifoxonasi bo‘yicha 11.04.2025 yildagi 53i/ch-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 oktyabrdagi 30/45-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: assotsiativ tahlillar asosida CYP17A1 genidagi mutant G alleli va G/G genotipi, TP53 geni Pro/Arg polimorfizmining Arg alleli prostata bezi raki rivojlanish xavfining ishonchli darajada oshishi bilan bog‘liqligi, onkologik transformatsiyaning erta markerlari sifatida  baholash tartibi kasallikning xavfi va shikoyatlar sonini kamaytirish  va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni stafionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 125000 so‘m mablag‘lar ishlab chiqilgan tartibdan foydalanish orqali kasallikning kech aniqlanadigan bosqichlarini erta tashxislash natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: xavfsiz prostata bezi giperplaziyasida TP53 genidagi Pro/Pro va CYP17A1 genidagi A/A qulay genotiplarining mavjudligi xavli o‘smalar rivojlanish ehtimolini kamaytirishi bilan bog‘liq protektiv ahamiyatga ega ekanligi, SRD5A2 genidagi noqulay genotipik variantlar va ESR1 genidagi A/G geterozigota genotipi esa xavfsiz proliferativ jarayonlarning xavfli jarayonga o‘tishiga ko‘maklashishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 25 fevralda 6i-12/u-son bilan tasdiqlangan «Sovershenstvovanie rannoy diagnostiki i razrabotka sovremennix sposobov prognozirovaniya dobrakachestvennoy giperplazii i raka predstatel`noy jelezi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyati ko‘p taromoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 11.04.2025 yildagi 82/F-son, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filiali bo‘yicha 02.04.2025 yildagi 61-son, Andijon davlat tibbiyot institutining Yu.Otabekov nomidagi shifoxonasi bo‘yicha 11.04.2025 yildagi 53i/ch-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 oktyabrdagi 30/45-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: prostata bezi giperplaziyasida TP53 genidagi Pro/Pro hamda CYP17A1 genidagi A/A kabi qulay genotiplar mavjudligi xavli o‘smalar rivojlanish ehtimolining pasayishi bilan assotsiatsiyalanishi kasallikning erta bosqichlarida protektiv ahamiyatga egaligi, SRD5A2 genidagi noqulay genotipik variantlar hamda ESR1 genidagi A/G geterozigot genotipi xavfsiz proliferativ o‘zgarishlarning xavfli jarayonga o‘tishiga ko‘maklashishi onkologik bashoratlash uchun muhim ahamiyat kasb etishi asoratlar sonini kamaytirish va hayot sifatini yaxshilash, xodimlarining umumiy salomatligini yaxshilash, kasbiy omillar bilan bog‘liq kasalliklarni erta tashxislash va oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni stafionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 446000 so‘m mablag‘lar prostata bezi giperplaziyasida TP53 genidagi Pro/Pro hamda CYP17A1 genidagi A/A kabi qulay genotiplar mavjudligi xavfli o‘smalar rivojlanish ehtimolining pasayishi orqali shoshilinch jarrohlik amaliyotlari sonini kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi, prostata bezi raki bilan xastalangan bemorlar va nazorat guruhida polimorfizmlar allel va genotiplari taqsimotining qiyosiy tahlili asosida yuqori onkologik xavfga ega molekulyar-genetik profillar ajratilib, SRD5A2, TP53, ESR1 va CYP17A1 polimorf markerlarini majmuaviy baholash klinik simptomlar paydo bo‘lishidan oldin prostata bezi rakini erta tashxislash vositasi sifatida qo‘llash imkoniyati ilmiy jihatdan asoslanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 25 fevralda 6i-12/u-son bilan tasdiqlangan «Sovershenstvovanie rannoy diagnostiki i razrabotka sovremennix sposobov prognozirovaniya dobrakachestvennoy giperplazii i raka predstatel`noy jelezi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyati ko‘p taromoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 11.04.2025 yildagi 82/F-son, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filiali bo‘yicha 02.04.2025 yildagi 61-son, Andijon davlat tibbiyot institutining Yu.Otabekov nomidagi shifoxonasi bo‘yicha 11.04.2025 yildagi 53i/ch-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 oktyabrdagi 30/45-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi, prostata bezi raki bilan xastalangan bemorlar va nazorat guruhida o‘rganilgan polimorfizmlarning allellari hamda genotiplari taqsimotining qiyosiy tahlili, yuqori onkologik xavfga ega molekulyar-genetik profillar ajratish, ilk bor SRD5A2, TP53, ESR1 va CYP17A1 polimorf markerlarini majmuaviy baholash klinik jihatdan ifodalangan simptomlar paydo bo‘lishidan oldin prostata bezi rakini erta tashxislash vositasi sifatida qo‘llash orqali kasallikni erta tashxislash va oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni stafionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 176000 so‘m mablag‘lar sog‘liqni saqlash resurslaridan oqilona foydalanish, kechki bosqichlardagi qimmat davolash xarajatlarini qisqartirish va asossiz gospitalizatsiyalar sonini kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish