Sultanova Jazira Berdaxovnaning  falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “XX asr qoraqalpoq va turk xalqlari adabiy ertaklarining qiyosiy-tipologiyasi”, 10.00.06 - «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2/PhD/Fil.3893.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kazaxbaev Sarsen Seilbekovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.04.07 
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qaniyazova Jupargul Orinbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent;  Kurambaeva Gulandam Karimbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpoǵiston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr qoraqalpoq va turk adabiy ertaklari qiyosiy-tipologiyasini tahlil qilish orqali ularning syujetlik kompozision qurilishi, obraz, personajlar tizimini aniqlash va yozuvchi-shoirlarning badiiy mahoratini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr qoraqalpoq va turk adabiy ertaklarining janr sifatida shakllanishi, adabiy-ilmiy kontekstdagi o‘rni qiyosiy-tipologik, badiiy-estetik aspektda tadqiq etildi, ikki xalq adabiy ertaklar janrining o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-siyosiy va madaniy omillar ta’sirida shakllangan rivojlanish tendensiyalariga asoslanib, ushbu janrni yaratishda yozuvchi-shoirlarning adabiy estetik qarashlarining ifodasi, badiiy sintez qilish qobiliyati hal qiluvchi omil sifatida nazariy jihatdan asoslab berilgan;
XX asr qoraqalpoq va turk adabiy ertaklarining kompozision qurilishi, obrazlarning yaratilish usullari  misolida qiyosiy-tipologik tahlil qilinib, yozuvchi-shoirlarning personajlar yaratishdagi badiiy-estetik mezonlari, uslubiy yondashuvlaridagi farqlar va o‘xshashliklar aniqlangan;
XX asr qoraqalpoq va turk adabiy ertaklari alohida adabiy tahlil obekti sifatida o‘rganilib, janrni yaratishdagi yozuvchi-shoirlarning mahorat uslublari, umumiylik va milliylik omillari qiyosiy-tipologik metod asosida dalillangan;
XX asr qoraqalpoq va turk adabiy ertaklarida obraz va personajlar xarakterini yaratish jihatlari adabiy ertaklar misolida taqqoslab o‘rganilib, yozuvchi-shoirlarning adabiy ertaklarni yaratishdagi uslubiy mahorati, xalq og‘zaki ijodiyoti unsularidan foydalanishi, stilistik jihatlar tizimli tarzda ilmiy tahlili isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muammoni o‘rganish davomida olingan ilimiy natijalarga asoslanib: 
XX asr qoraqalpoq va turk adabiy ertaklarining janr sifatida shakllanishi, adabiy-ilmiy kontekstdagi o‘rni qiyosiy-tipologik, badiiy-estetik aspektda tadqiq etilganligi, ikki xalq adabiy ertaklar janrining o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-siyosiy va madaniy omillar ta’sirida shakllangan rivojlanish tendensiyalariga asoslanligi, ushbu janrni yaratishda yozuvchi-shoirlarning adabiy estetik qarashlarining ifodasi, badiiy sintez qilish qobiliyatini hal qiluvchi omil sifatidagi ilmiy-nazariy materiyallardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti  2021-2023-yillarda olib borilgan “Qoraqalpoq og‘zaki prozasi (janrlar qurilishi, genezisi, obrazlar tizimi, syujet va motivlar poetikasi)” atamasidagi fundamental loyihalarda qo‘llanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti. 2025-yil 2-iyuldagi № 369/1-son ma’lumotnoma) Natijada, adabiy ertaklarning syujet-kompozisiya qurilishi, badiiy obraz va xarakter yaratish adabiy ertaklar misolida taqqoslab o‘rganilib, yozuvchi-shoirlarning janrni yaratishdagi uslubiy mahorati, stilistik jihatlari tizimli tarzda  tahlil qilishga erishilgan;
XX asr qoraqalpoq va turk adabiy ertaklarining kompozision qurilishi, obrazlarning yaratilish usullari  misolida qiyosiy-tipologik tahlil qilingan, yozuvchi-shoirlarning personajlarni yaratishdagi badiiy-estetik mezonlari, uslubiy yondashuvlaridagi farqlar va o‘xshashliklarning ilmiy-nazariy qarashlariga asoslanib Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining “Yosh ijodkorlar tugaragi” seminarlarida 2024-25-yillarda amalga oshirilgan “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti” antologiya xrestomatiyasining adabiy ertaklar janriga tegishli bo‘lgan bo‘limlarini tuzishda muhim nazariy material sifatida foydalanilgan. (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi. 2025-yil 14-iyuldagi №61-son ma’lumotnoma). Natijada, qoraqalpoq va turk adabiy ertaklari alohida adabiy tahlil obekti sifatida o‘rganilganligi, obraz va personajlar yaratishda yozuvchilarning poetik tasvir vositalaridan foydalanish mahoratin, umumiylik va milliylik omillarini qiyosiy-tipologik metodlar asosida aniqlashtirishda asos bo‘lgan;
XX asr qoraqalpoq va turk adabiy ertaklari alohida adabiy tahlil obekti sifatida o‘rganilganligi, janrni yaratishdagi yozuvchi-shoirlarning mahorat uslublari, umumiylik va milliylik omillari qiyosiy-tipologik metod asosida dalillanganligi hamda adabiy ertaklarida obraz va personajlar xarakterini yaratish jihatlari adabiy ertaklar misolida taqqoslab o‘rganilganligi, yozuvchi-shoirlarning adabiy ertaklarni yaratishdagi uslubiy mahorati, xalq og‘zaki ijodiyoti unsularidan foydalanishi, stilistik jihatlar tizimli tarzda ilmiy tahlili isbotlangan qilinganligi daliliy materiallari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining “Ilim hám bilimlendiriw” xabar dasturi orqali keng jamaotchilik vakillari, olimlar, talabalar va o‘quvchi yoshlar e’tiboriga etkazib borilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi. 2025-yil 2-iyuldagi №05.22/388-son ma’lumotnoma). Natijada, keltirilgan mavzularning g‘oyaviy, ularning jamiyatimiz yoshlarining tarbiyasidagi  o‘rniga alohida e’tibor berishda, bu bo‘yicha keltirilgan ilmiy xulosalar keng jamoatchilik  e’tiboriga havola qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish