Ismailova Momogul Hamraboy qizi
Pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish metodikasi, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10827 
Ilmiy rahbar: Orinbetov Nurilla Turdimuratovich, pedagogika  fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
  IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12. Ped.09.01.
Rasmiy opponentlar: Mattiev Ilhom Begmatdulobovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Muhliboev Mahmud Qarshiboevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
II.Tadqiqotning maqsadi: pedagogika oliy ta’lim muassasalarida raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining raqamli ta’lim muhitida kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari o‘yin texnologiyalari va elektron ta’lim resurslari integratsiyasi, analitik tafakkur hamda refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek, talabalarda kognitiv faollikni rag‘batlantiruvchi ijodiy muhit ustuvorligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini raqamli ta’lim muhitida rivojlantirishning metodik tizimi umumdidaktik (kasbiy yo‘naltirilganlik, ilmiylik, ommaboplik) va xususiy metodik (integrativlik, istiqbollilik, funksionallik, interaktivlik) tamoyillar uzviyligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini raqamli ta’lim muhitida rivojlantirishda “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirishning avtomatlashtirish tizimlari” fanida pedagogik jarayonning ijodiy muhitini yaratish, ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli hamda “Interaktiv loyiha-simulyasiya” metodi, “Digital loyihalash”  metodi va “Klaster” metodlari asosida o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini raqamli ta’lim muhitida “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirishning avtomatlashtirish tizimlari” fanini o‘qitishda kasbiu bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda mazkur fanni o‘qitish jarauonida hozirgi pautda qo‘llaniladigan uslubiu va metodik ta’minotini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish metodikasi yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining raqamli ta’lim muhitida kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari o‘yin texnologiyalari va elektron ta’lim resurslari integratsiyasi, analitik tafakkur hamda refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek, talabalarda kognitiv faollikni rag‘batlantiruvchi ijodiy muhit ustuvorligini ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan “Bolalarning bilish jarayonlari va matematik tasavurlarini rivojlantiruvchi “Aqlli bog‘cha” elektron portalini yaratish” mavzusidagi innovatsion (ilmiy) loyihasining amalga oshirish jarayoniga tatbiq etildi (Toshkent shahar “MYSOFT GLC” MChJ ning 2025 yil 10 oktyabrdagi 35-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini raqamli ta’lim muhitida rivojlantirish samaradorligining ortishiga erishilgan;
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini raqamli ta’lim muhitida rivojlantirishning metodik tizimi umumdidaktik (kasbiy yo‘naltirilganlik, ilmiylik, ommaboplik) va xususiy metodik (integrativlik, istiqbollilik, funksionallik, interaktivlik) tamoyillar uzviyligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar va tavsiyalardan “Tikuvchilik texnologiyasi lug‘ati” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil                                 27 dekabrdagi 485-son buyrugʻi, 485-0090 raqamli guvohnoma). Natijada, pedagogik oliy ta’lim muassasalarida texnologiya fani o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirishning avtomatlashtirish tizimlari” fanini o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan; 
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini raqamli ta’lim muhitida rivojlantirishda “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirishning avtomatlashtirish tizimlari” fanida pedagogik jarayonning ijodiy muhitini yaratish, ularning maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish modeli hamda “Interaktiv loyiha-simulyasiya” metodi, “Digital loyihalash” metodi va “Klaster” metodlari asosida o‘qitish metodikasi takomillashtirishga oid takliflar va tavsiyalardan “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirishning avtomatlashtirish tizimlari” nomli darslikni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil                                   23 dekabrdagi, 6766-raqamli ma’lumotnoma). Natijada, talabalarning fanga doir kompetensiyalarini rivojlantirishning metodik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini raqamli ta’lim muhitida “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirishning avtomatlashtirish tizimlari” fanini o‘qitishda kasbiu bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda mazkur fanni o‘qitish jarauonida hozirgi pautda qo‘llaniladigan uslubiu va metodik ta’minotini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid takliflar va tavsiyalardan Evropa hamjamiyatining 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan Erasmus plus ERASMUS-EDU-2022-101082242-raqamli “I2-PLEDGE” mavzusidagi xalqaro loyihani bajarishda foydalanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi  Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialining 2025 yil 20 iyuldagi №920-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining mustaqil bilim olishlariga imkoniuat va ularning bilim darajalarini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish