Kalilaev Ayapbergen Janabaevichning
falsafa fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fizika fanini o‘qitishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish metodikasi” (7-sinflar misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped7333.
Ilmiy rahbar: Utebaev Tajibay Tileumuratovich - pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filiali
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.Ped.09.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ibraximov Sanjar Urinboevich - pedagogika fanlari doktori, professor, Ataubaeva Aqkumis Berisbaevna - fizika-matematika fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Qoqan davlat universiteti.
II.Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinf o‘quvchilariga fizika fanini o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish hamda ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchi faoliyatini faollashtirish, bilim olish jarayonini individuallashtirish va virtual tajribalar orqali mazmunni chuqur o‘zlashtirishga qaratilgan integrativ yondashuv asoslab berilib, fizika fanini o‘qitish jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-metodik modeli ishlab chiqilgan;
fizika darslarida elektron o‘quv qo‘llanma, virtual laboratoriyalar va simulyasion muhitlarning didaktik imkoniyatlari ilmiy asosda tasniflanib, ularning 7-sinf mavzulariga moslashtirilgan elektron o‘quv qo‘llanma va axborot kommunikatsiya texnologiya vositalari orqali o‘quvchilarning nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi ishlab chiqilgan; 
o‘qituvchi–darslik–o‘quvchi paradigmasidan o‘quvchi (darslik+kompyuter)–o‘qituvchi paradigmasiga o‘tishning pedagogik shart-sharoitlari aniqlanib, shu jarayonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining roli asoslab berilgan, shuningdek, yangi paradigmaning samaradorligini oshirish uchun o‘quv jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish mexanizmlari va metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan; 
tavsiflangan metodikaning amaliy samaradorligi tajriba-sinov ishlari orqali tasdiqlanib, matematik-statistik tahlil axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosidagi o‘qitishning o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga, motivatsiyasiga va mustaqil fikrlashiga ijobiy ta’siri ko‘rsatilgan hamda ushbu natijalar asosida fizika ta’limida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida fizika fanini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalari asosida:
umumiy o‘rta ta’lim tizimida fizika fanini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, maktablarda fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, zamonaviy o‘qitish usullarini joriy etish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni amaliy natijalarga yo‘naltirish muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan ilmiy ishlanmalar va tavsiyalar Nukus davlat pedagogika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasidagi “YoA5-XT-1-31884” raqamli — “Innovatsion texnologiyalar sharoitida fizika o‘qituvchisini metodik tayyorgarligini shakllantirish usullari” mavzusidagi amaliy loyihada qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 19-maydagi 01/11-5-326-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, shu orqali fizika fanidan turli mavzularda yaratilgan virtual laboratoriyalarni amaliyotga tatbiq etish, ta’lim mazmuni va sifatini oshirishda o‘qituvchilarga shart-sharoit yaratish imkoniyati ta’minlangan;
fizika fanini o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, xususan, kompyuter vositasida elektron o‘quv qo‘llanmalar yaratish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish jarayonida o‘quv mazmunining zamonaviy fan-texnika hamda madaniy taraqqiyot yutuqlariga moslashtirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, fizika fanini o‘qitishda turli mavzularda yaratilayotgan elektron o‘quv qo‘llanmalaridan samarali foydalanish metodikasini takomillashtirishga doir ilmiy xulosa va tavsiyalar asosida “Kreativ pedagogika” nomli darslik ishlab chiqildi. Ushbu darslik o‘qituvchilarga ta’lim mazmuni va sifati jihatidan samaradorlikni oshirish, o‘quvchilarga zarur bilimlarni etkazib berish jarayonini qulay tashkil etish uchun zarur pedagogik sharoitlarni yaratadi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-son buyrug‘i asosida unga 913896-sonli guvohnoma berilgan). Natijada, ishning amaliy natijalari ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, o‘quvchi va talabalarning eksperimental ko‘nikmalarini rivojlantirishga, shuningdek, ta’lim sifatini oshirish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha kompetensiyalar hamda kasbiy malakalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
o‘quvchi-darslik-o‘qituvchi an’anaviy paradigmasi o‘quvchi-(darslik+kompyuter)-o‘qituvchi modeliga o‘zgartirilganda, o‘qituvchilar o‘qitish usullari va texnologiyalarini to‘g‘ri tanlashlari lozim. Bu yondashuv o‘quvchilarga bilimlarni o‘zlashtirish, turli manbalardan ma’lumot olish, shaxsiy fikrlarni shakllantirish va ilgari o‘rganilgan bilimlarni yangi ma’lumotlar bilan boyitish imkoniyatini yaratadi. Shu maqsadda ishlab chiqilgan “Yarımótkizgishler fizikası boyınsha máseleler shıǵarıw” nomli o‘quv qo‘llanma ta’lim jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 19-maydagi 01/11-5-326-sonli ma’lumotnomasi, ISBN 978-9910-8909-9-4). Natijada, o‘quv mazmunini yaratish texnologiyasini takomillashtirish, fan-ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash, o‘quvchi va talabalarning eksperimental ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ta’lim sifatini oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish kompetensiyasi va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish