Otaqulov Nodirjon Baxromalievichning
filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fransuz, o‘zbek va rus tillarida subkollokvial frazeologizmlarning leksikografik, lingvokulturologik va pragmatik xususiyatlari”; 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/Fil655
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.01.11.
Rasmiy opponentlar: Qulmamatov Dustmamat Sattorovich, filologiya fanlari doktori, professor; Safarova Umida Aliasqarovna, filologiya fanlari doktori, professor; Abdurahmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fransuz, o‘zbek va rus tillaridagi subkollokvial frazeologik birliklarning lisoniy xususiyatlarini aniqlash, ularning tematik-semantik guruhlari hamda lingvokulturologik va pragmatik jihatlarini tahlil qilish orqali umumiylik va milliy o‘ziga xosliklarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kollokvial frazeologizmlarning adabiy til me’yorlariga mos keluvchi, nutqiy muloqotda faol qo‘llaniladigan adabiy so‘zlashuv qatlamiga mansubligi, subkollokvial frazeologizmlarning esa argo, jargon, interjargon kabi uslubiy jihatdan pasaytirilgan, sodda, ba’zan qo‘pol og‘zaki nutq qatlamiga xos bo‘lgan til birliklari ekanligi dalillangan;
subkollokvial frazeologik birliklarning nutqda qo‘llanish xususiyatlari kontekstual muhit hamda muayyan ijtimoiy guruh doirasida o‘ziga xos kommunikativ-pragmatik funksiyalarni bajarishi bilan tavsiflanishi, ularning stilistik jihatida ekspressivlik dominantligi hamda emotsional-baholovchi imkoniyatlarning ustuvorligi nutq ta’sirchanligini kuchaytirishda muhim vosita ekanligi ilmiy asosda isbotlangan;
fransuz, o‘zbek va rus tillaridagi subkollokvial frazeologik birliklarning semantik-grammatik modellari ularning komponent tarkibi, sinonimiya, antonimiya hamda polisemiya hodisalari asosida hamda tematik guruhlarga mansub subkollokvial frazeologizmlarning semantik o‘ziga xosligi fransuz tilida denotat-dominant komponentning miqdoriy ustunligi, o‘zbek tilida ijtimoiy-madaniy qadriyatlar bilan bog‘liq ma’nolarning yetakchi o‘rin tutishi, rus tilida esa kuchli ekspressivlikning ustuvor xususiyat sifatida namoyon bo‘lishi asoslangan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi subkollokvial frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlaridagi jihatlari xalqlarning maishiy hayoti, ijtimoiy qadriyatlari hamda umumiy ekspressiv-semantik funksiyalari bilan bog‘liq ekanligi, milliy-madaniy farqlar fransuz tilida estetika, ironiya va sarkazm uyg‘unligi, o‘zbek tilida oilaviy munosabatlar va qadriyatlar ustuvorligi, rus tilida esa salbiy munosabatning dominantligi orqali dalillangan;
fransuz, o‘zbek va rus tillaridagi subkollokvial frazeologik birliklarning ekspressiv, ironiya va sarkazm, evfemistik hamda ijtimoiy-belgilovchi pragmatik funksiyalari fransuz tilida ushbu birliklarning so‘z o‘yiniga asoslangan kommunikativ maqsadlar, o‘zbek tilida ijtimoiy va axloqiy baholash, rus tilida esa mazax, kesatish va tanqidiy baholash vazifalariga asoslanishi isbotlangan;
subkollokvial frazeologik birliklarning chog‘ishtirilayotgan tillar doirasidagi ekvivalentlik xususiyatlari orqali voqelikni va umumiy konseptual tushunchalarni ifodalash imkoniyatlari, mazkur birliklarning denotativ va signifikativ funksiyalari ularning tillararo muvofiqligi va ma’noviy yaqinligi bilan belgilanishi, shuningdek, ekvivalentlik munosabatlarining frazeologik sinonimlar tizimi orqali namoyon bo‘lishi natijasida ekvivalentlikning subkollokvial frazeologizmlardagi ma’noviy o‘zagi saqlangan holda turli tillarda funksional-stilistik moslik kasb etishi bilan izohlanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fransuz, o‘zbek va rus tillarida subkollokvial frazeologizmlarning leksikografik, lingvokulturologik va pragmatik xususiyatlarini tadqiq qilish jarayonida olingan nazariy ishlanmalar va amaliy natijalar asosida:
kollokvial frazeologizmlarning adabiy til me’yorlariga mos keluvchi, nutqiy muloqotda faol qo‘llaniladigan adabiy so‘zlashuv qatlamiga mansubligi, subkollokvial frazeologizmlarning esa argo, jargon, interjargon kabi uslubiy jihatdan pasaytirilgan, sodda, ba’zan qo‘pol og‘zaki nutq qatlamiga xos bo‘lgan til birliklari ekanligi xususidagi xulosalardan O‘zbekistion Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlasmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli radio eshittirishlarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025–yil 24–iyundagi 05–09–999–son ma’lumotnomasi). Natijada, subkollokvial frazeologik birliklarning kollokvial frazeologik birliklardan farqi va uning so‘zlashuv tili va argo sifatidagi lingvokulturologik va pragmatik xususiyatiga oid ma’lumotlar bilan boyitilgan;
subkollokvial frazeologik birliklarning nutqda qo‘llanish xususiyatlari kontekstual muhit hamda muayyan ijtimoiy guruh doirasida o‘ziga xos kommunikativ-pragmatik funksiyalarni bajarishi bilan tavsiflanishi, ularning stilistik jihatida ekspressivlik dominantligi hamda emotsional-baholovchi imkoniyatlarning ustuvorligi nutq ta’sirchanligini kuchaytirishda muhim vosita ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2023-2025 yillar davomida bajarilgan Erasmus+ dasturining Project №598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China (UNICAC) xalqaro loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025–yil 26–iyundagi 04/11–7975–son ma’lumotnomasi). Natijada, xulosa va tavsiyalar mazkur loyiha doirasidagi elektron resurslar, nazariy va amaliy materiallarni tayyorlash hamda ularni boyitishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
fransuz, o‘zbek va rus tillaridagi subkollokvial frazeologik birliklarning semantik-grammatik modellari ularning komponent tarkibi, sinonimiya, antonimiya hamda polisemiya hodisalari asosida hamda tematik guruhlarga mansub subkollokvial frazeologizmlarning semantik o‘ziga xosligi fransuz tilida denotat-dominant komponentning miqdoriy ustunligi, o‘zbek tilida ijtimoiy-madaniy qadriyatlar bilan bog‘liq ma’nolarning yetakchi o‘rin tutishi, rus tilida esa kuchli ekspressivlikning ustuvor xususiyat sifatida namoyon bo‘lishi to‘g‘risidagi xulosalardan 2025-yil 24-mart kuni Toshkentdagi Fransuz Alyansi Fransiyadagi Sorbon Nuvel Parij 3 universiteti hamda Tarjimonlar tayyorlash oliy maktabi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan xalqaro master klassda foydalanilgan (Toshkent Fransuz Alyansining 2025-yil 20-iyundagi 178-son ma’lumotnomasi) hamda 60230100-Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili) va 60230200-Tarjima nazariyasi va amaliyoti (fransuz tili) talabalari uchun tavsiya etilgan “Fransuz tili stilistikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025–yil 1–iyuldagi 04/11–8446–son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar va yosh tarjimonlarda frazeologizmlarning ijtimoiy qatlamga xos lingvopragmatik xususiyatlarini, ularning stilistik hamda semantik dominantligini to‘g‘ri talqin qilish ko‘nikmalari shakllantirilgan, shuningdek, subkollokvial frazeologik birliklarning nutqdagi funksional imkoniyatlarini anglash darajasi sezilarli darajada oshirilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi subkollokvial frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlaridagi jihatlari xalqlarning maishiy hayoti, ijtimoiy qadriyatlari hamda umumiy ekspressiv-semantik funksiyalari bilan bog‘liq ekanligi, milliy-madaniy farqlar fransuz tilida estetika, ironiya va sarkazm uyg‘unligi, o‘zbek tilida oilaviy munosabatlar va qadriyatlar ustuvorligi, rus tilida esa salbiy munosabatning dominantliga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2012-2013 yillar davomida bajarilgan Ya-1-06-sonli “Professional tarjimonlarni tayyorlashda sifat nazoratini tashkillashtirishga kompetent yondashuv” mavzusidagi amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025–yil 26–iyundagi 04/11–7973–son ma’lumotnomasi). Natijada, tarjimonlarni tayyorlash jarayonida frazeologik birliklarning milliy-madaniy farqlarini hisobga olish, madaniyatlararo kommunikativ kompetensiyani shakllantirish va lingvokulturologik moslikni ta’minlashga erishilgan;
fransuz, o‘zbek va rus tillaridagi subkollokvial frazeologik birliklarning ekspressiv, ironiya va sarkazm, evfemistik hamda ijtimoiy-belgilovchi pragmatik funksiyalari fransuz tilida ushbu birliklarning so‘z o‘yiniga asoslangan kommunikativ maqsadlar, o‘zbek tilida ijtimoiy va axloqiy baholash, rus tilida esa mazax, kesatish va tanqidiy baholash vazifasini bajarishiga oid ilmiy xulosalardan Toshkentdagi Fransuz Alyansi tashkiloti tomonidan muntazam o‘tkazilib boriladigan “CLUB DE CONVERSATION” o‘quv materialining adabiy va lingvistik tadbirlar dasturlariga oid mashgʻulotlarida foydalanilgan (Toshkent Fransuz Alyansining 2025-yil 20-iyundagi 177-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar va tinglovchilarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish, interaktiv muloqotlarda frazeologik birliklardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun manba bo‘lib xizmat qilgan;
subkollokvial frazeologik birliklarning chog‘ishtirilayotgan tillar doirasidagi ekvivalentlik xususiyatlari orqali voqelikni va umumiy konseptual tushunchalarni ifodalash imkoniyatlari, mazkur birliklarning denotativ va signifikativ funksiyalari ularning tillararo muvofiqligi va ma’noviy yaqinligi bilan belgilanishi, shuningdek, ekvivalentlik munosabatlarining frazeologik sinonimlar tizimi orqali namoyon bo‘lishi natijasida ekvivalentlikning subkollokvial frazeologizmlardagi ma’noviy o‘zagi saqlangan holda turli tillarda funksional-stilistik moslik kasb etishi bilan izohlanishiga oid xulosalardan 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili) talabalari uchun tavsiya etilgan “Culture de la parole de l’enseignant (O‘qituvchining nutq madaniyati)” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025–yil 1–iyuldagi 04/11–8443–son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur darslik doirasida talabalarda nutq madaniyatini shakllantirish va frazeologik ekvivalentlarni to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan.