Irsalieva Madinaxon Anvarbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kadzuo Ishiguro asarlarida ayol obrazining tipologiyasi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4369
Ilmiy rahbar: Muxammedova Xulkar Eliboevna, filologiya fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.01.11.
Rasmiy opponentlar: Ikromxonova Feruza Ikromovna, filologiya fanlari doktori, professor, Rashidova Feruza Rasulovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Kadzuo Ishiguro asarlarida tasvirlangan ayol obrazlari tiplarining o‘ziga xos jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XVII−XXI asrlar ingliz nasrida yaratilgan ayol tipik obrazlari nazariy manbalar asosida o‘rganilishi natijasida, itoatkor ayol obrazidan ijtimoiy faol obrazigacha rivojlanish kuzatilib, ingliz adabiyotida ayol obrazining evolyusiyasi ilmiy asoslangan;
Kadzuo Ishiguro badiiy olamida mujassamlashgan ingliz va yapon madaniyatlarining manzarasi, g‘arbona mustaqil tashabbus va sharqona sabr-toqatning uyg‘unlashuvi badiiy ifodasini topganligi ilmiy dalillangan;
K.Ishiguro ijodiga mansub asarlarda mezonlar asosida aniqlangan uy bekasi, xizmatkor ayol, tadbirkor ayol, jonkuyar ona, fidoyi inson kabi obraz tiplari hamda sun’iy intellekt tipajidan hosil bo‘lgan ayol obrazi tipologiyasi alohida nazariy birlik sifatida aniqlanib, har birining adabiy matndagi vazifasi ochib berilgan;
“Klara and the Sun” asaridagi Klara obrazi - ayol qiyofasida gavdalangan sun’iy intellekt tipaji sifatida talqin etilib, ushbu postgumanistik ayol obraz orqali texnogen davr muammolarining, ya’ni texnologiyaning mehr, g‘amxo‘rlik kabi insoniy qadriyatlar bilan almashtirilishining yangi estetik shakli namoyon etilganligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi jahon adabiyotshunosligida kechayotgan innovatsion jarayonlarni o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
XXI asrdagi jamiyatning ijtimoiy-axloqiy muammolari, zamonaviy texnologiyalarning kelajak avlodga ta’siri va ularning rivojlanishi ingliz yozuvchisi Kadzuo Ishiguro ijodida g‘oyaviy-axloqiy mohiyati, muallif estetik strategiyasi, tafakkuri, ijodiy individualligi orqali namoyon bo‘lganligi asoslangan bo‘lib, dissertatsiyasi va materiallardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2020–2022-yillarda bajarilgan S-ECAGD-18-CA-0067 (P020002335) raqamli “FY-18 English Access Microscholarship program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2024-yil 9-sentyabrdagi 1056/04-son ma’lumotnomasi). Natijada yozuvchining estetik strategiyasi, tafakkuri, ijodiy individualligi yuzasidan chiqarilgan xulosalar loyihaning umumiy ma’lumotlarini boyitishda muhim manba vazifasini bajargan;
ingliz ijodkori Kadzuo Ishiguro asarlari tahlil qilingan; asarlarda keltirilgan obraz tiplari nazariy o‘rganilganligi tavsiflangan; asarlarda tasvirlangan ayol obrazlari ijtimoiy meʻyorlarga tayangan holda tiplarga ajratilganligi asoslangan; ayol obrazlari asar syujeti va kompozisiyasini ochib berishda tipologik metod asosida yoritib berilganligi isbotlangan, dissertatsiya ilmiy ishidan olingan Evropa ayol obrazi madaniy kontekstda tasniflangan, madaniy-estetik tomondan ko‘rsatib, masalalarni tahlil qilishga doir ilmiy natija va xulosalaridan 2022–2023-yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs sanʻatini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plami yaratish” mavzusidagi F3-2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek milliy raqs sanʻati harakatlari nomlarining qisqacha o‘zbekcha-inglizcha-nemischa izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024-yil 24-sentyabridagi 1/04-124- sonli ma’lumotnomasi). Natijada ayol obrazlari asar syujeti va kompozisiyasini ochib berishda tipologik metod asosida yoritib berilishi va Evropa ayol obrazining madaniy kontekstda tasniflanishi, madaniy-estetik tomondan ko‘rsatib berilishi jarayonida qo‘llangan terminlardan lug‘at so‘zligi uchun foydalanilgan;
Kadzuo Ishiguro asarlarida ayol obrazi tiplarini aniqlash, obrazlar mezonlarini ishlab chiqish masalalari, adib asarlarining umumbashariy qiymati, bugungi o‘quvchi uchun muhim bo‘lgan jihatlari tadqiq etilgan bo‘lib, ilmiy materiallaridan “O‘zbekiston” teleradiokanalidagi “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Dugonalar” ko‘rsatuvining bir qator sonlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali 2023-yil 28-dekabrdagi 04-36-1988-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqot natijalarining efirga uzatilishi mamlakatimiz aholisini jahon adabiyotining ulkan namoyandasi Kadzuo Ishiguro asarlari bilan chuqurroq tanishtirish, ularda tarannum etilgan umuminsoniy tuyg‘ularni targ‘ib etishga xizmat qilgan.