Shaydullaeva Kamola Shapulatovnaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarda integrativ yondashuv asosida pedagogik tafakkurni rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish”, 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2025.3.PhD/Ped10712.
Ilmiy rahbar: Juraev Bobomurod Tojievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.01/2025.27.12.Ped.11.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Allayorova Soliha Narzullaevan pedagogika fanlari doktori (DSc), vb professor, Achilov Nuriddin Abdug‘afforovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bo‘lajak o‘qituvchilarda integrativ yondashuv asosida pedagogik tafakkurni rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik tafakkurini rivojlantirish texnologiyalarining pedagogik imkoniyatlari ta’limiy vaziyatlar va pedagogik ssenariylarni rekonstruksiya qilish orqali modellashtirish hamda ta’limiy harakatlarni protsessual-analitik monitoring asosida faoliyat dinamikasini prognostik diagnostikalash orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik tafakkurini rivojlantirish texnologiyalari pedagogik jarayonlarni interaktiv-kognitiv replikatsiyalab modellashtirish va mediaraqamli tafakkur elementlarini pedagogik tafakkur bilan metatanqidiy integratsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
pedagogik tafakkurni rivojlantirish modeli personal proektoriyaga qarab qayta strukturalashtirish va preseptiv kompetensiyani amaliy tajriba orqali kognitiv refleksiv barqarorligini innovatsion faoliyatga ko‘ra ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
pedagogik tafakkurni rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish samaradorligi bilimlarni amaliy-tahliliy real modellashtirish bilan funksional uyg‘unlashtirish, refleksiv shaxsiy mas’uliyat va tanqidiy fikrlashni amaliy tajriba orqali shakllantirish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda integrativ yondashuv asosida pedagogik tafakkurni rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik tafakkurini rivojlantirish texnologiyalarining pedagogik imkoniyatlari ta’limiy vaziyatlar va pedagogik ssenariylarni rekonstruksiya qilish orqali modellashtirish hamda ta’limiy harakatlarni protsessual-analitik monitoring asosida faoliyat dinamikasini prognostik diagnostikalash orqali aniqlashtirishga oid tavsiyalardan Erasmus+ dasturi loyihasi doirasida Evropa ittifoqining 2021-2025-yillarda bajarilgan 677309-ETT-1-2020-1-SK-EPPKA2-CBHE-JP raqamli TRIGGER-Markaziy Osiyoda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash uchun qulay muhit yaratish orqali universitet talabalari o‘rtasida innovatsion yondashuvlar, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish loyihasini bajarishda foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2025-yil 10-martdagi 06/12-954-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik tafakkurni rivojlantirishda, mustaqil fikrlashini yanada kengaytirish, o‘qituvchilik kasbiga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularning kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirish imkonini bergan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik tafakkurini rivojlantirish texnologiyalari pedagogik jarayonlarni interaktiv-kognitiv replikatsiyalab modellashtirish va mediaraqamli tafakkur elementlarini pedagogik tafakkur bilan metatanqidiy integratsiya qilish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161- TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUSJPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 13-martdagi 705/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda integrativ yondashuv asosida pedagogik tafakkurni rivojlantirish texnologiyalarini takomillashganligini baholashning diagnostik vositalari tizimi ishlab chiqishga erishilgan;
pedagogik tafakkurni rivojlantirish modeli personal proektoriyaga qarab qayta strukturalashtirish va preseptiv kompetensiyani amaliy tajriba orqali kognitiv refleksiv barqarorligini innovatsion faoliyatga ko‘ra ta’minlash asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 5-sentyabrdagi 01-33/656-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuzatuvchilarda pedagogik tafakkurni rivojlantirishning metod, usul va vositalari haqida tushunchalar hosil bo‘lishiga imkon bergan;
pedagogik tafakkurni rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish samaradorligi bilimlarni amaliy-tahliliy real modellashtirish bilan funksional uyg‘unlashtirish, refleksiv shaxsiy mas’uliyat va tanqidiy fikrlashni amaliy tajriba orqali shakllantirish asosida aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Pedagogik mahorat” nomli oʼquv qoʻllanma mazmuniga singdirilgan (Termiz davlat universiteti rektorining 2025 yil 27 dekabrdagi 456-PO‘ sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 456- PO‘-048 raqamli nashr guvohnomasi.). Natijada, tadqiqot natijalari bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini izchil rivojlantirib, ularda mustaqil pedagogik qaror qabul qilish, tanqidiy va kreativ tafakkur asosida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish ko‘nikmalari shakllanishiga xizmat qilgan.