Choriev Nurislam Nuritdinovich
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamlashtirilgan ta’limda bo‘lajak “Texnologiya” fani o‘qituvchilarining konstruktorlikka oid kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya) (pedagogika fanlari) ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2025.2.PhD/Ped 10361
Ilmiy rahbar: Shomirzaev Maxmatmurod Xuramovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.11.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdiev Umirbek Begmatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Do‘syarov Xudoymurod Chorshanbievich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak “Texnologiya” fani o‘qituvchilarining konstruktorlikka oid kasbiy kompetentligini “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirishning avtomatlashtirilgan tizimlari” fanini o‘qitish orqali ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
konstruktorlik kompetentligini tizimli rivojlantirishning konseptual asoslari motivatsion aktivlashtirish, bosqichma – bosqich amaliy konstruktorlik faoliyatini kompetensiyaviy platformalashtirish, kognitiv dizayn, metakognitiv boshqaruv va ijodiy fasilitatsiya texnikalarini o‘zaro integratsiyalash orqali aniqlashtirilgan.
raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak o‘qituvchining konstruktorlikka oid kasbiy kompetentligini rivojlantirish tizimi emotsional, motivatsion, kongnitiv va pragmativ bosqichlarni qo‘llash shuningdek, o‘qituvchi kasbiy faoliyatining “Spiral rivojlanish modeli” dan foydalanish orqali takomillashtirilgan.
konstruktorlikka oid kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning mazmunli –konseptual modeli kongnitiv faoliyatga yo‘naltirilganlik, analitik – prognostik, integrativlik komponentlarini qo‘llash shuningdek, insonparvarlik, faoliyatlilik, uzviylik va tizimlilik tamoyillaridan foydalanish asosida takomillashtirilgan.
“Texnologiya” fanini raqamli ta’limda o‘qitishning media – didaktik texnologiyasi loyihaviy vazifalar berish, “Geminicut” dasturi tushunchalari bilan tanishtirish, andozalarni tahlil qilish, detallarni modellashtirish, fikr almashish va o‘zini – o‘zi baholash tuzilmalarini qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi bo‘lajak “Texnologiya” fani o‘qituvchilarining konstruktorlikka oid kasbiy kompetentligini raqamli texnologiyalar asosida rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy – tadqiqot natijalari asosida:
konstruktorlik kompetentligini tizimli rivojlantirishning konseptual asoslari motivatsion aktivlashtirish, bosqichma – bosqich amaliy konstruktorlik faoliyatini kompetensiyaviy platformalashtirish, kognitiv dizayn, metakognitiv boshqaruv va ijodiy fasilitatsiya texnikalarini o‘zaro integratsiyalash orqali aniqlashtirishga qaratilgan tavsiyalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston – 24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali bir qator dasturlari (“Ta’lim va taraqqiyot”, “Najot bilimda”, “Guldasta” dasturlarida 2024 – yil noyabr, dekabr oylaridagi sonlari)da ssenariylarni tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston – 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasi 2025-yil 25–sentyabragi 03-09-1513-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak “Texnologiya” fani o‘qituvchilarining konstruktorlikka oid kasbiy kompetentligini tizimli rivojlantirishning konseptual asoslari orqali aniqlashtirishga erishilgan;
raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak o‘qituvchining konstruktorlikka oid kasbiy kompetentligini rivojlantirish tizimi emotsional, motivatsion, kongnitiv va pragmativ bosqichlarni qo‘llash shuningdek, o‘qituvchi kasbiy faoliyatining “Spiral rivojlanish modeli” dan foydalanish orqali takomillashtirishga oid takliflardan “Talabalarni muhandislik kasbiga o‘rgatishning zamonaviy texnologiyalari” nomli uslubiy elektron qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining guvohnomasi № 37297 mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025 yil 15 – maydagi 02101-01-172-son ma’lumotnomasi). Natijada, raqamlashtirilgan ta’limda bo‘lajak “Texnologiya” fani o‘qituvchilarining konstruktorlikka oid kasbiy kompetentligini rivojlantirish tizimining takomillashuviga erishilgan;
konstruktorlikka oid kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning mazmunli – konseptual modeli kongnitiv faoliyatga yo‘naltirilganlik, analitik – prognostik, integrativlik komponentlarini qo‘llash shuningdek, insonparvarlik, faoliyatlilik, uzviylik va tizimlilik tamoyillaridan foydalanish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan “Termiz davlat universiteti ilmiy – tadqiqot ishlari rejalariga muvofiq Evropa Ittifoqining ERASMUS + dasturi doirasida 2022-2025 yillarda bajarilgan 574099-EPP-1-EPPKA2-CBHE-SR raqamli PAWER – “Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” mavzusidagi xalqaro loyiha bajarilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Termiz davlat universitetining 2025 yil 15 – sentyabrdagi № 02/12 – 3446 – son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari texnologik ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning konstruktorlikka oid kasbiy kompetentligini rivojlantirishning mazmunli – konseptual modeli takomillashtirilgan;
“Texnologiya” fanini raqamli ta’limda o‘qitishning media – didaktik texnologiyasi loyihaviy vazifalar berish, “Geminicut” dasturi tushunchalari bilan tanishtirish, andozalarni tahlil qilish, detallarni modellashtirish, fikr almashish va o‘zini – o‘zi baholash tuzilmalarini qo‘llash orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan “InnoX” (2023-2024 y.) biznes inkubator va akseleraktor dasturiga muvofiq Innovatsion rivojlanish agentligi va Jahon banki tomonidan tashkil etilgan “Munis” loyihasida “Oltinsoy Golden Stroy Plus” “Chiqindi shinalar va rezina mahsulotlarini qayta ishlash orqali sifatli rezina olish” grand sohibi bo‘lgan loyihasida foydalanilgan. (O‘zbekiston respublikasi Innovatsion rivojlantirish agentligi huzuridagi Termiz yoshlar texnoparki davlat muassasasining 2025 - yil 10 - maydagi № 30-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari texnologik ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan bo‘lajak o‘qituvchilarida “Texnologiya” fanini raqamli ta’limda o‘qitishning media – didaktik texnologiyasi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish