Turdimatova Madinaxon Ravshanbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillarida kinoyaning kommunikativ-pragmatik xususiyatlari” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2992.
Ilmiy rahbar: Xoshimova Nargis Abdullaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.10.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, dotsent Sarimsokov Xurshid Abdumalikovich, ikkinchi rasmiy opponent sifatida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Aminjonov Avazjon Abdumajid o‘g‘li.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz muloqot jarayonida og‘zaki va badiiy adabiyotdan keltirilgan manbalarga asoslanib stilistik vositalarga qurilgan kinoyaviy jumlalarni tahlil qilish hamda kinoyaning kommunikativ-pragmatik xususiyatlarini yoritishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kinoyaning metafora, metonimiya, sinekdoxa, giperbola, litota, sarkazm, so‘z o‘yini, oksimoron kabi leksik uslubiy vositalar, shuningdek, takror, ellipsis, ritorik so‘roq kabi sintaktik uslubiy vositalar orqali bo‘rttirish, kamsitish hamda satiraga asoslanganligi dalillangan, ularning nisbati o‘zbek va ingliz tillarida aniqlangan;
o‘zbek va ingliz tillarida kinoyaning pragmalingvistik tadqiqida so‘zlovchining kommunikativ niyatining ifodasida illokutiv maqsad bayoni aks etgan tagma’no propozisiya semantik ma’no tuzilishida ifodalanishi va potensial ziddiyatni yumshatishga olib kelishi so‘zlashuv nutq misollari orqali ko‘rsatilib, ingliz tilida kinoya ko‘proq hazilomuz ohangda kelishi “ Fantastic timing”, o‘zbek tilida kinoyada “Vaqtini poylab turgan ekan-da” sarkazm ohangi mavjudligi aniqlangan;
kinoyaning nutqdagi vazifadorligiga ko‘ra so‘zlovchining mavqesini oshirish, salbiy munosabatni yashirin ko‘rsatish, so‘zlovchining niyatini aniqlash, vaziyatni aniqlashtirish, tinchlantirish, shaxslararo munosabatlarni optimallashtirish, hissiyotni ifoda etish, to‘g‘ri javobdan qochish, so‘zlovchilar o‘rtasida yaqin munosabat o‘rnatish, tasvirlash va tavsiflash kommunikativ-pragmatik funksiyalari ajratilib, ularga asosan 21 ta (kesatiq, piching, gumon, masxaralash, zavq, maqtov, shama, ishora, ogohlantirish, do‘q-po‘pisa, hurmat, tegishish, istehzo, koyish, so‘kish, haqorat, la’natlash, hayrat, tahsin, ta’na, arz) pragmatik ma’no uyg‘unlashuvi asoslangan;
kinoyada salbiylikni o‘zida gavdalantiruvchi koyish, so‘kish, haqorat va qarg‘ish kabi pragmatik ma’nolarining darajalanish xususiyatlari namoyon bo‘lib, kinoyaning qo‘llanishida ingliz xalqi nutqida “Heaven and Earth, are the shades of Pemberley to be thus polluted” xushmuomalalik tamoyillariga rioya qilish va kommunikativ nizolarni oldini olish kuzatilsa, o‘zbek millatida suhbatdoshning kamsitilishi va kesatiq ohangining ustunligi “Omadlisan-da!”, “Juda ham erta keldingiz!” kabi kontekstual nutqda uchragan misollar asosida dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida kinoyaning kommunikativ-pragmatik xususiyatlari tadqiqi asosida olingan natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
kinoyaning metafora, metonimiya, sinekdoxa, giperbola, litota, sarkazm, so‘z o‘yini, oksimoron kabi leksik-uslubiy vositalar hamda takror, ellipsis, ritorik savol kabi sintaktik uslubiy vositalar orqali bo‘rttirish, kamsitish hamda satiraga asoslanganligi misollar orqali dalillanganligi, ularning nisbati o‘zbek va ingliz tillarida aniqlanganligi haqidagi ilmiy qarashlardan 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbek milliy qo‘shiq san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb (elektron lug‘atlar) to‘plami yaratish” mavzusidagi F3-2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek folklor san’ati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-inglizcha-nemischa lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024-yil 5-dekabrdagi 1/04-145 son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu fundamental loyihaning ilmiy saviyasi nazariy-badiiy jihatdan takomillashgan;
kinoyada salbiylikni o‘zida gavdalantiruvchi koyish, so‘kish, haqorat va qarg‘ish kabi pragmatik ma’nolarining darajalanish xususiyatlari namoyon bo‘lib, kinoyaning qo‘llanishida ingliz xalqi nutqida “Heaven and Earth, are the shades of Pemberley to be thus polluted” xushmuomalalik tamoyillariga rioya qilish va kommunikativ nizolarni oldini olish kuzatilsa, o‘zbek millatida suhbatdoshning kamsitilishi va kesatiq ohangining ustunligi “Omadlisan-da!”, “Juda ham erta keldingiz!” kabi kontekstual nutqda uchragan misollar asosida dalillanganligiga doir ilmiy xulosalardan 2020-2022-yillarda O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-201709134-sonli “Filologiya yo‘nalishi bo‘yicha ingliz tili o‘rganishni baholash sifatining shakl va tamoyillari” mavzusidagi amaliy loyiha doirasidagi vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 24-iyundagi 04/11-7914-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi loyihaning ilmiy saviyasini boyitishga xizmat qilgan;
kinoyaning nutqdagi vazifadorligiga ko‘ra so‘zlovchining mavqesini oshirish, salbiy munosabatni yashirin ko‘rsatish, so‘zlovchining niyatini aniqlash, vaziyatni aniqlashtirish, tinchlantirish, shaxslararo munosabatlarni optimallashtirish, hissiyotni ifoda etish, to‘g‘ri javobdan qochish, so‘zlovchilar o‘rtasida yaqin munosabat o‘rnatish, tasvirlash va tavsiflash kommunikativ-pragmatik funksiyalari ajratilib, ularga asosan 21 ta (kesatiq, piching, gumon, masxaralash, zavq, maqtov, shama, ishora, ogohlantirish, do‘q-po‘pisa, hurmat, tegishish, istehzo, koyish, so‘kish, haqorat, la’natlash, hayrat, tahsin, ta’na, arz) pragmatik ma’no uyg‘unlashuvi asoslanganligi haqidagi xulosalardan 2022-2023-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 5-dekabrdagi 26-36-927-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning ilmiyligi ortishi bilan til hodisalarining inson ongiga ta’sir etishi nazariy dalillar bilan boyitilgan.