Sattorova Mahliyo Burxanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Bo‘lajak muhandislarni mustaqil ishlash jarayonida kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish” 13.00.05 – Kasb – hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7284
Ilmiy rahbar: Alimov Narmurat Nasirovich - pedagogika fanlari nomzodi, dotsent                                                                     
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Kasbiy taʻlimni rivojlantirish instituti, DSc.02/2025.27.12.Ped.01.01 raqamli Ilmiy kengash 
Rasmiy opponentlar: Ismoilova Zuhra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor;
Sharipova Dilyara Jumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yoʻnalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mustaqil ishlash jarayonida bo‘lajak muhandislarni kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak muhandislarning kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorlashning internal va eksternal darajalari shaxsiy ijodkorligi, individual va jamoaviy hamkorlikdagi natijador ijodiy faoliyatni tashkil etish bosqichlarining konstruktivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarni mustaqil ta’lim olishida o‘zini-o‘zi rivojlantirishga yo‘naltirilgan kasbiy-ijodiy sifatlarini shakllantirishning motivatsion xatti-harakatini boshqarish jarayonlari mustaqil ishni bajarishda vaqt me’yorlarini to‘g‘ri taqsimlanishini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak muhandislarning kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorlash metodikasi nostandart vaziyatlarda samarali harakat qilish ko‘nikmalarining kreativlik darajalarini aniqlovchi, o‘zini-o‘zi rivojlantiruvchi hamda  SCAMPER texnologiyasiga asoslangan ijodkorlik xarakteridagi topshiriqlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarni kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorlashning innovatsion texnologiyalari, mezonlari vositasida egallagan bilimlarning o‘sish traektoriyasiga vertikal, gorizontal monitoringi ortimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarni mustaqil ishlash jarayonida kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak muhandislarning kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorlashning internal va eksternal darajalari shaxsiy ijodkorligi, individual va jamoaviy hamkorlikdagi natijador ijodiy faoliyatni tashkil etish bosqichlarining konstruktivligini ta’minlashga oid takliflardan 60721200 -Engil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv buyumlari texnologiyasi) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Bo‘lajak muhandislarni kasbiy-ijodiy faoliyatini baholash” nomli dasturiy ta’minoti yaratilgan va o‘quv jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025-yil “7”avgustdagi “02/01-01-315”–sonli ma’lumotnomasi). Mazkur dasturiy ta’minot texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarni kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan; 
bo‘lajak muhandislarni mustaqil ta’lim olishida o‘zini-o‘zi rivojlantirishga yo‘naltirilgan kasbiy-ijodiy sifatlarni shakllantirishning motivatsion xatti-harakatini boshqarishga oid tavsiyalar va takliflar  “Tikuv buyumlari texnologiyasini o‘qitish metodi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil “27”dekabrdagi “485”–sonli buyrug‘i, 124410 -raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan zamonaviy didaktik o‘quv vositalari bo‘lajak muhandislarda kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan; 
mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak muhandislarning kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorlash metodikasi “Tikuv buyumlari texnologiyasi” fani bo‘yicha multimediali elektron o‘quv qo‘llanma mazmunida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025-yil “7”avgustdagi “02/01-01-315”–sonli ma’lumotnomasi). Mazkur elektron o‘quv qo‘llanma talabalarning mustaqil ta’limiy faoliyatining rivojlantirishga, bo‘lajak muhandislardan kasbiy kompetensiyalarni rivojlanishiga xizmat qilgan. 

 

Ilmiy darajalar beruvchi 
ilmiy kengash raisi, p.f.d., akademik                    R.X. Djuraev    


Ilmiy darajalar beruvchi 
ilmiy kengash  kotibi, p.f.d.professor                    S.Yu. Ashurova

 

Ilmiy rahbar, p.f.n., dotsent                                    N.N.Alimov


Talabgor                                    M. B. Sattorova

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish