Yusupova Zumrad Kadamboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Surunkali yurak etishmovchiligini oldini olishda nazoratsiz arterial gipertoniya kasalligini korreksiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari” 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3764.
Ilmiy rahbar: Agababyan Irina Rubenovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSs.06/2025.27.12.Tib.09.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidullaeva Gulnoz Abdusattorovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Turakulov Rustam Ismatillaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: surunkali yurak etishmovchiligining oldini olish maqsadida ortiqcha vazn fonida nazoratsiz arterial gipertenziyasi bor bemorlarni 2NGKTi yordamida davolashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davolashning qat’iy nazorati fonida (Perindopril+amlodipin), 2NGKTi zarur bo‘lganda, NAG bilan og‘rigan bemorlarning bir qismida sistolik va diastolik qon bosimining sezilarli darajada pasayishini ta’minlashi aniqlangan;
standart terapiyaga 2NGKTi qo‘shilishi EKG va ExoKGda chap qorincha zo‘riqishi bilan kechadigan og‘ir gipertrofiyasini regressiyasiga va NT-proBNP me’yoriy ko‘rsatkichlargacha o‘zgarishi sababli SYuE rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamayishi aniqlangan;
AQB darajasi va yurak-qon tomir xavfi, komorbidlikdan kelib chiqqan holda boshlang‘ich terapiya sifatida kombinirlangan fiksatsiyalangan antigipertenziv terapiya (perindopril+amlodipin+2NGKTi) ni qo‘llash AQB darajasini pasayishiga, nishon a’zolarning kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish orqali aniq ijobiy dinamikani namoyish etishi aniqlangan;
12 oy davomida qat’iy nazorat ostida perindopril+amlodipin+2NGKTini birgalikda qo‘llash orqali AQB barqarorlashishi, NT-proBNP ning me’yoriy darajaga tushishi kuzatilgan, bu esa NAG bor bemorlarda SYuEning rivojlanishini oldini olishi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashning muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan №19 sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: davolashning qat’iy nazorati fonida (Perindopril+amlodipin), 2NGKTi zarur bo‘lganda, NAG bilan og‘rigan bemorlarning bir qismida sistolik va diastolik qon bosimining sezilarli darajada pasayishini ta’minlashi aniqlanganligi Samarkand davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 26 fevraldagi 7-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Nazoratsiz arterial gipertoniyani davolashning yangi imkoniyatlari” uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 14.03.2025 yildagi 36-son va SamDTU ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 03.04.2025 yildagi 55-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: nazoratsiz arterial gipertenziya diagnostikasiga va semizlikning inson salomatligiga ta’siriga zamonaviy yondashuv nazoratsiz arterial gipertenziyaning erta tashxis qo‘yilishiga va og‘ir asoratlar rivojlanishining oldini olishga imkon yaratgan. Iqtisodiy samaradorligi: nazoratsiz arterial gipertenziyani tashxislash va davolash algoritmidan ambulatoriya bosqichida dori vositalarini iste’mol qilishni kamaytirish orqali har bir bemor uchun tejalgan mablag‘ o‘rtacha 924 ming so‘mni, an’anaviy davolashda esa o‘rtacha 1325 ming so‘mni tashkil etdi. Bu 1,3 barobar ko‘p (401 ming so‘m). Bunday tejamkorlik statsionar davolanish muddatini qisqartirishga asoslangan bo‘lib, bu tibbiy xizmatlar uchun xarajatlarni tejashga asoslangan. Terapiyani qat’iy nazorat qilish fonida minimal dozalarda (AAFi+KKB) ikkiga bir, 2NGKTi qo‘shilishi zarur bo‘lganda, nazoratsiz arterial gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda sistolik va diastolik qon bosimining tez sezilarli pasayishini ta’minlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: standart terapiyaga 2NGKTi qo‘shilishi EKG va ExoKGda chap qorincha zo‘riqishi bilan kechadigan og‘ir gipertrofiyasini regressiyasiga va NT-proBNP me’yoriy ko‘rsatkichlargacha o‘zgarishi sababli SYuE rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamayishi aniqlanganligi Samarkand davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 26 fevraldagi 7-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Nazoratsiz arterial gipertoniyani davolashning yangi imkoniyatlari” uslubiy navsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 14.03.2025 yildagi 36-son va SamDTU ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 03.04.2025 yildagi 55-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar asosida yig‘indilar olinadi, ular asosida arterial gipertenziya va semirishning davomiyligiga qarab yurakning u yoki bu morfologik parametrlarining qiymatini hisoblashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: 2NGKTi bilan AAFi+KKB yordamida qon bosimini pasaytirish jiddiy yurak-qon tomir kasalliklari, yurak ishemik kasalligi, insult, yurak etishmovchiligi va barcha sabablarga ko‘ra o‘lim xavfini sezilarli darajada kamaytishga, asosan qon bosimidan qat’i nazar, aholining turli kichik guruhlarida shunga o‘xshash proporsional pasayishiga olib keladi.
uchinchi ilmiy yangilik: AQB darajasi va yurak-qon tomir xavfi, komorbidlikdan kelib chiqqan holda boshlang‘ich terapiya sifatida kombinirlangan fiksatsiyalangan antigipertenziv terapiya (perindopril+amlodipin+2NGKTi) ni qo‘llash AQB darajasini pasayishiga, nishon a’zolarning kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish orqali aniq ijobiy dinamikani namoyish etishi aniqlanganligi Samarkand davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 26 fevraldagi 7-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Nazoratsiz arterial gipertenziya kasalligini tashxislash usullarini takomillashtirish” uslubiy navsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 14.03.2025 yildagi 36-son va SamDTU ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 03.04.2025 yildagi 55-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: olib borilayotgan izlanishlar asosida amaliy sog‘liqni saqlash muassasalariga nazoratsiz arterial gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda SYuE ni rivojlanishi erta bosqichlarida davolash bo‘yicha tavsiyalar berildi, nazoratsiz arterial gipertenziya fonida SYuE ni oldini oluvchi dori vositasi sifatida 2NGKTi qo‘shish kerakligi ta’kidlandi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarning hayotiga xavf soluvchi, erta nogironlik va o‘limga olib keluvchi yurak-qon tomir asoratlarining kamayishiga, ushbu bemorlarda gospitalizatsiya muddatlarining qisqarishiga va umumiy iktisodiy harajatlarning bir yid davomida kamayishiga qon bosimini pasaytirishda perindopril va amlodipinning fiksatsiyalangan kombinatsiyachisiga 2NGKTi ni qo‘shish katta amaliy ahamiyatga ega.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: 12 oy davomida qat’iy nazorat ostida perindopril+amlodipin+2NGKTini birgalikda qo‘llash orqali AQB barqarorlashishi, NT-proBNP ning me’yoriy darajaga tushishi kuzatilgan, bu esa NAG bor bemorlarda SYuEning rivojlanishini oldini olishi aniqlanganligi Samarkand davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 26 fevraldagi 7-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Nazoratsiz arterial gipertoniyani davolashning yangi imkoniyatlari” uslubiy navsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 14.03.2025 yildagi 36-son va SamDTU ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 03.04.2025 yildagi 55-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy ahamiyati: Mehnatga layoqatli yoshdagi odamlarda NAG ni korreksiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari SYuE va og‘ir asoratlarning rivojlanishini oldini olishga, shuningdek, YuQTK va insultdan o‘lim foizini kamaytirishga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: perindopril va amlodipinning fiksatsiyalangan kombinatsiyasining 2NGKTi bilan qo‘llash yurak-qon tomir asoratlari chastotasining kamayishiga, samarador davolash orqali sog‘liqni saqlash resurslaridan oqilona foydalanishga va bir yilda nazoratsiz AG bor bemorlarda gospitalizatsiya harajatlarini qisqartirish imkonini beradi.