Abduvalieva Xayrinso Abdurusul qizining
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi: “Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning musiqiy madaniyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (folklor san’ati misolida)”.
Ixtisoslik shifri: 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4671.
Ilmiy rahbar: Berdalieva Gulasal Abdukunduzovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy kengash faoliyati: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti (IK raqami: PhD.01/2025.27.12.Ped.07.01).
Rasmiy opponentlar:
Abdurahimova Dilfuza Alievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Bahriev Ahmad Rahmatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning musiqiy madaniyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishni folklor san’ati misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
folklor san’ati vositasida maktabgacha katta yoshdagi bolalarning musiqiy madaniyatini rivojlantirish metodikasi musiqiy tajribani ritmik-harakatlarga bog‘liq hissiy qabul qilishning kognitiv jarayonlarga uyg‘unlashuviga ko‘ra didaktik-immersiv muhitda estetik idrok va musiqiy sezgirlikni tolerant darajada muvozanatlashuvi asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarning musiqiy madaniyatini baholash jarayoni bolaning estetik hissiyotlari va emotsional reaksiyalarini folklor kontekstida miniatyur dramatizatsiyasiga ko‘ra ritm va melodik ko‘nikmalarni musiqiy koordinatsiyaga ijodiy refleksiyalash asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarning musiqiy madaniyatini shakllantirish modeli etnomadaniy hamda musiqiy kompetensiyalarni parallel rivojlantirish muhimligiga ko‘ra musiqiy intonatsion va ekspressiv obrazlarni didaktik simulyasiyasi orqali kontekstual uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
folklor san’ati vositasida bolalarning musiqiy madaniyatini rivojlantirish metodikasi o‘zbek milliy madaniyati elementlarini milliy qahramonlarda musiqiy aks ettiruvchi didaktik texnologiyalarni qo‘llashga ko‘ra tovushlarni badiiy va ijtimoiy kontekstda ritmik hislar orqali idrok qilishning makoniy-tovush darajasida sintezlashuvi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Folklor san’ati vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy madaniyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar, shu jarayonning samaradorligi Sirdaryo, Jizzax, Buxoro viloyatlari maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan tajriba-sinov natijalarida o‘z aksini topgan:
folklor san’ati vositasida maktabgacha katta yoshdagi bolalarning musiqiy madaniyatini rivojlantirish metodikasi musiqiy tajribani ritmik-harakatlarga bog‘liq hissiy qabul qilishning kognitiv jarayonlarga uyg‘unlashuviga ko‘ra didaktik-immersiv muhitda estetik idrok va musiqiy sezgirlikni tolerant darajada muvozanatlashuvi asosida takomillashgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 22-dekabr №03-825-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim-tarbiya jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilgan va pedagogik jarayon ishtirokchilarining intellektual faoliyat intensivligini oshirishga uslubiy ta’minotini qamrab olgan qo‘llanma nashr etilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarning musiqiy madaniyatini baholash jarayoni bolaning estetik hissiyotlari va emotsional reaksiyalarini folklor kontekstida miniatyur dramatizatsiyasiga ko‘ra ritm va melodik ko‘nikmalarni musiqiy koordinatsiyaga ijodiy refleksiyalash asosida takomillashtirilgan (Maktabgacha ta’lim muassasalari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining 2023-yil 14-sentyabr №01/03/1-08-59-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, takomillashtirilgan mualliflik yondashuvlaridan Maktabgacha ta’lim muassasalari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti o‘quv-uslubiy materiallarini tayyorlashda foydalanilgan, “Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar musiqiy ta’limini shakllantirishning metodik asoslari” deb nomlangan uslubiy qo‘llanma tayyorlangan hamda mazkur uslubiy qo‘llanma maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarning musiqiy madaniyatini shakllantirish modeli etnomadaniy hamda musiqiy kompetensiyalarni parallel rivojlantirish muhimligiga ko‘ra musiqiy intonatsion va ekspressiv obrazlarni didaktik simulyasiyasi orqali kontekstual uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan. Ushbu asosda takomillashtirishga oid targ‘ibot materiallari hamda “Bolalar musiqiy ta’limi” nomli mobil ilova yaratilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 17-noyabr №02-11/1281-sonli dalolatnomasi). Natijada, mobil ilova maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy madaniyatini rivojlantirishga doir metodikalarni o‘rganishga xizmat qilgan. Shuningdek, tadqiqot natijalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot tadbirlarini olib borishda foydalanib kelinmoqda;
folklor san’ati vositasida bolalarning musiqiy madaniyatini rivojlantirish metodikasi o‘zbek milliy madaniyati elementlarini milliy qahramonlarda musiqiy aks ettiruvchi didaktik texnologiyalarni qo‘llashga ko‘ra tovushlarni badiiy va ijtimoiy kontekstda ritmik hislar orqali idrok qilishning makoniy-tovush darajasida sintezlashuvi asosida takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 22-dekabr №03-825-sonli ma’lumotnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2023-yil 29-noyabr №02-01/1672-sonli dalolatnomasi). Natijada, tayyorlangan o‘yin-uslubiy materiallarining mazmuni boyishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish