Aripova Malika Dilshadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 infeksiyasining bolalar va o‘smirlarda qandli diabet 1 turi rivojlanishi va kechishiga ta’siri», 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3119.
Ilmiy rahbar: Xaydarova Feruza Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Yo.X.To‘rakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik Yo.X.To‘rakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.10.01.
Rasmiy opponentlar: Raximova Gul`nara Nishanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tadjiev Botir Mirxashimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 infeksiyasini boshdan kechirgan bolalar va o‘smirlarda 1-tur qandli diabetning namoyon bo‘lishi va kechishining patogenetik mexanizmlarini, oshqozon osti bezi β-hujayralarining (CD95) apoptozi rolini aniqlash, davolash-tashxislashtirish yondashuvlarini takomillashtirish uchun kasallikning salbiy kechishi xavfini baholashning bashorat modelini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 dan keyingi davrda bolalarda og‘ir diabetik ketoatsidozning yuqori chastotada rivojlanishi, yaqqol giperglikemiya hamda insulinning yuqori boshlang‘ich dozalarini tayinlash zarurati bilan tavsiflanadigan QD1 boshlanishining klinik va metabolik xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor COVID-19 dan keyin QD1 debyuti kuzatilgan bolalarda postkovid QD1 patogenezida immun faollashuv va endotelial disfunksiyaning ishtirokini tasdiqlaydigan immun yallig‘lanish markerlari (IL-6), apoptoz molekulalari (CD95), endotelial adgeziya molekulalari (ICAM-1, VCAM-1) darajalari bilan metabolik buzilishlar og‘irligi o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlangan;
ilk bor postkovid davrda bolalarda QD1 ning salbiy kechishini bashorat qiluvchi ko‘rsatkichlar sifatida immunologik va qon tomir markerlari (IL-6, CD95, VCAM-1) kombinatsiyasidan foydalanish xavf guruhlarini erta aniqlash va bemorlarga individual yondashuv asosida davolash choralarini belgilash imkoniyatlarini kengaytirishi isbotlangan;
COVID-19 ni o‘tkazgan QD1 bilan og‘rigan bolalarni dinamik kuzatish algoritmiga postkovid sindromining tarkibiy qismlari sifatida yallig‘lanish va qon tomir buzilishlarini erta aniqlash usullarini kiritish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 dan keyingi davrda bolalarda og‘ir diabetik ketoatsidozning yuqori chastotada rivojlanishi, yaqqol giperglikemiya hamda insulinning yuqori boshlang‘ich dozalarini tayinlash zarurati bilan tavsiflanadigan QD1 boshlanishining klinik va metabolik xususiyatlari aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 2 fevralda tasdiqlangan “COVID-19 infeksiyasi sharoitida bolalar va o‘smirlarda qandli diabet 1-tipi hamda boshqa endokrinopatiyalarni boshqarish va davolash bo‘yicha tavsiyalar” nomli uslubiy tavsiyanima mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati filiali bo‘yicha 29.03.2025-yildagi 38-son va Qashqadaryo viloyati filiali bo‘yicha 12.03.2025-yildagi 81-I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashining 17.11.2025-yildagi 29-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 ni boshidan o‘tkazgan bolalarda 1-tip qandli diabetning og‘ir shakllarini erta aniqlash va oldini olishni takomillashtirishda, klinik amaliyotga ilmiy asoslangan diagnostik va prognostik yondashuvlarni joriy etishda namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 40000 so‘m byudjat mablag‘lari taklif etilayotgan algoritmdan foydalanish orqali (nazorat qilish 16000 so‘mni tashkil qiladi (8 ta test-tasma 2000 so‘mdan)) og‘ir metabolik asoratlar chastotasini pasaytirish, bolalar orasida nogironlikni kamaytirish, kasalxonaga yotoq kunlarini qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19 dan keyin QD1 debyuti kuzatilgan bolalarda postkovid QD1 patogenezida immun faollashuv va endotelial disfunksiyaning ishtirokini tasdiqlaydigan immun yallig‘lanish markerlari (IL-6), apoptoz molekulalari (CD95), endotelial adgeziya molekulalari (ICAM-1, VCAM-1) darajalari bilan metabolik buzilishlar og‘irligi o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 2 fevralda tasdiqlangan “COVID-19 infeksiyasi sharoitida bolalar va o‘smirlarda qandli diabet 1-tipi hamda boshqa endokrinopatiyalarni boshqarish va davolash bo‘yicha tavsiyalar” nomli uslubiy tavsiyanima mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati filiali bo‘yicha 29.03.2025-yildagi 38-son va Qashqadaryo viloyati filiali bo‘yicha 12.03.2025-yildagi 81-I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashining 17.11.2025-yildagi 29-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 dan keyingi davrda 1-tur qandli diabeti boshlanayotgan bolalarda kasallik boshlanishining klinik jihatdan salbiy variantlarini o‘z vaqtida aniqlash orqali o‘lim va og‘ir nogironlik asoratlari xavfini kamaytirishdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 40000 so‘m byudjat mablag‘lari taklif etilayotgan algoritmdan foydalanish orqali (nazorat qilish 16000 so‘mni tashkil qiladi (8 ta test-tasma 2000 so‘mdan)) og‘ir metabolik asoratlar chastotasini pasaytirish, bolalar orasida nogironlikni kamaytirish, kasalxonaga yotoq kunlarini qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor postkovid davrda bolalarda QD1 ning salbiy kechishini bashorat qiluvchi ko‘rsatkichlar sifatida immunologik va qon tomir markerlari (IL-6, CD95, VCAM-1) kombinatsiyasidan foydalanish xavf guruhlarini erta aniqlash va bemorlarga individual yondashuv asosida davolash choralarini belgilash imkoniyatlarini kengaytirishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 2 fevralda tasdiqlangan “COVID-19 infeksiyasi sharoitida bolalar va o‘smirlarda qandli diabet 1-tipi hamda boshqa endokrinopatiyalarni boshqarish va davolash bo‘yicha tavsiyalar” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati filiali bo‘yicha 29.03.2025-yildagi 38-son va Qashqadaryo viloyati filiali bo‘yicha 12.03.2025-yildagi 81-I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashining 17.11.2025-yildagi 29-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan sxemalar yordamida insulin terapiyasini o‘z vaqtida tuzatish koronavirus infeksiyasining glikemiya ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sirini oldini olish va sog‘ayish vaqtini qisqartirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 40000 so‘m byudjat mablag‘lari taklif etilayotgan algoritmdan foydalanish orqali (nazorat qilish 16000 so‘mni tashkil qiladi (8 ta test-tasma 2000 so‘mdan)) og‘ir metabolik asoratlar chastotasini pasaytirish, bolalar orasida nogironlikni kamaytirish, kasalxonaga yotoq kunlarini qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 ni o‘tkazgan QD1 bilan og‘rigan bolalarni dinamik kuzatish algoritmiga postkovid sindromining tarkibiy qismlari sifatida yallig‘lanish va qon tomir buzilishlarini erta aniqlash usullarini kiritish zarurati asoslanganligi bo‘yicha takliflar Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 2 fevralda tasdiqlangan “COVID-19 infeksiyasi sharoitida bolalar va o‘smirlarda qandli diabet 1-tipi hamda boshqa endokrinopatiyalarni boshqarish va davolash bo‘yicha tavsiyalar” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati filiali bo‘yicha 29.03.2025-yildagi 38-son va Qashqadaryo viloyati filiali bo‘yicha 12.03.2025-yildagi 81-I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashining 17.11.2025-yildagi 29-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan sxemalardan foydalangan holda insulin terapiyasini o‘z vaqtida tuzatish koronavirus infeksiyasining glikemiya ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sirini oldini olish va sog‘ayish muddatini qisqartirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 40000 so‘m byudjet mablag‘lari taklif etilayotgan algoritmdan foydalanish orqali (nazorat qilish 16000 so‘mni tashkil qiladi (8 ta test-tasma 2000 so‘mdan)) og‘ir metabolik asoratlar chastotasini pasaytirish, bolalar orasida nogironlikni kamaytirish, kasalxonaga yotoq kunlarini qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi.