G‘aniev Shaxruz Rajabovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muhandis-energetik kadrlarni tayyorlashda mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasini takomillashtirish (elektr ta’minoti asoslari fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (energetika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5006.
Ilmiy rahbar: Raxmonov Ikromjon Usmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/10.12.2019.T.03.03 raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Taslimov Abduraxim Dexkanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Elektr ta’minoti asoslari” fani misolida muhandis-energetik kadrlarni tayyorlashda mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muhandis-energetik kadrlarni tayyorlashda mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasi talabalar bilim darajasini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan topshiriqlar asosida, Case Study, Debate, Role-Playing, Brainstorming, Project-Based Learning, Flipped Classroom, Gamification kabi zamonaviy interfaol pedagogik usullarni va Revit, Digital Twin, MATLAB/Simulink, BIM 360, VR/AR, Unity/IoT, AutoCAD kabi ilg‘or raqamli texnologiyalarni o‘zaro muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
mustaqil ta’limni tashkil etishning didaktik jihatlari bo‘lajak muhandislarda muhandislik jarayonlarini baholash va qarorlar qabul qilish kompetensiyalari, texnik tizimlarni loyihalashni ta’minlash hamda muhandislik bilimlarining fundamentalligi tamoyiliga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
mustaqil ta’limni samarali tashkil etish nazariy va amaliy bilimlarni uyg‘unlashtirish, to‘g‘ri qaror qabul qilishga qaratilgan dasturlar vositasida talabalarning individual va guruhiy ehtiyojlarini hisobga olish, geymifikatsiyadan foydalanish, baholashning shaffof mezonlarni joriy etish, qayta aloqa va refleksiya mexanizmlarini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
mustaqil ta’limni samarali tashkil etishning didaktik modeli maqsadli, mazmunli, faoliyat, tashkiliy, baholash, motivatsion va texnologik komponentlari asosida talabalarning kasbiy kompetensiya va mustaqil o‘quv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mustaqil ta’lim topshiriqlarini qulay interfeysga ega bo‘lgan dasturiy mahsulot ko‘rinishida taqdim etish orqali yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muhandis-energetik kadrlarni tayyorlashda mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
muhandis-energetik kadrlarni tayyorlashda mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasi talabalarning o‘zlashtirish darajasini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan topshiriqlarni shakllantirish asosida pedagogik interfaol usullar (Case Study, Debate, Role-Playing, Brainstorming) va raqamli texnologiyalarni (AutoCAD, Revit, VR, AR) o‘zaro muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Elektr ta’minoti asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat texnika universitetining 2025-yil 24-fevraldagi 01/9-05-134-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 02-2025-0010 raqamli guvohnoma). Natijada bo‘lajak muhandis-energetik kadrlarni tayyorlashda “Elektr ta’minoti asoslari” fanidan mustaqil ta’lim samaradorligini oshirishga erishilgan;
mustaqil ta’limni samarali tashkil etishda nazariy va amaliy bilimlarni uyg‘unlashtirish, to‘g‘ri qaror qabul qilishga qaratilgan dasturlar vositasida talabalarning individual va guruhiy ehtiyojlarini hisobga olish, geymifikatsiyadan foydalanish, baholashning shaffof mezonlarni joriy etish, qayta aloqa va refleksiya mexanizmlarini ta’minlash asosida takomillashtirilganga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Elektr ta’minoti asoslari” fanidan mustqail ta’limni tashkil etishda mobil ilovani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk markazining 2024-yil 12-dekabrdagi 45269,45270-son guvohnomalari). Natijada mobil ilovani yaratishda ““Elektr ta’minoti asoslari” fanidan mustaqil ta’limni sun’iy intellekt asosida tashkil etish dasturi” hamda ““Elektr ta’minoti asoslari” fanidan mustaqil ta’lim natijasini sun’iy neyron tarmoq asosida baholash dasturi” yordamida nazariy va amaliy bilimlarni uyg‘unlashtirish imkoniyatini kengaytirishga erishilgan;
mustaqil ta’limni samarali tashkil etishda didaktik model maqsadli, mazmunli, faoliyat, tashkiliy, baholash, motivatsion va texnologik komponentlari asosida talabalarning kasbiy kompetensiya va mustaqil o‘quv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar “Elektr ta’minoti asoslari” fanidan mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish uchun ishlab chiqilgan qulay interfeysga ega bo‘lgan mobil ilova dasturi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 3-apreldagi 4/17-4/1-1988-son ma’lumotnomasi). Natijada mustaqil ta’lim topshiriqlarini veb sahifa, video, audio va matn ko‘rinishida o‘zlashtirish imkoniyati yaratilib, mustaqil ta’lim olishini faollashtirish uchun uning didaktik imkoniyatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
tadqiqot natijalari asosidan kelib chiqib, bo‘lajak muhandislarda muhandislik jarayonlarini baholash va qarorlar qabul qilish kompetensiyalari, texnik tizimlarni loyihalashni ta’minlash hamda muhandislik bilimlarining fundamentalligi tamoyiliga ustuvorlik berish ko‘rinishida taqdim etishni takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan IOT-2021-23 raqamli “Sanoat korxonalarining energiya iste’moli monitoringi uchun avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot yaratish” innovatsion loyihasi (2021-2023 yy.) amaliy tadqiqotida foydalanilgan (Toshkent davlat texnika universitetining 2025-yil 13-yanvardagi 04-22-32-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot natijalaridan foydalanish asosida loyiha doirasida ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotning energiyasamaradorligi hamda tashkiliy-texnik tadbirlani tanlashga oid bo‘limini shakllantirish imkoniyati yaratilgan.