Toshmirzaeva Sharofat Mirbabaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ona tili darslarida sinonimlarni o‘zlashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8791
Ilmiy rahbar: Xolmanova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Yusupova Shohida Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Hamroev G‘ofir Xasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat milliy pedagogika universiteti. Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili darslarida sinonimlar ma’nosini o‘zlashtirish omillari va usullarini aniqlash, ulardan samarali foydalanishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat .
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ona tili darsliklarida sinonimlarga oid nazariy tavsiflarning sinonimiya hodisasi mohiyatini qay darajada aks ettirishi, shuningdek, bu tavsiflarda qo‘llanilgan metodologik yondashuvlar aniqlangan; sinonimiya hodisasini o‘zlashtirishda valentlik nazariyasi, kontekstual yondashuv va imlo, morfologiya, sintaksis hamda uslubiyat bo‘limlarining o‘zaro integratsiyalashuvi orqali semantik tafovutlarni anglash va qo‘llash samaradorligi ilmiy asosda dalillangan;
tajriba-sinov ishlari asosida sinonimlar mavzusi 5-sinfdan 9-sinfgacha bo‘lgan bosqichda 4K modeli asosida tizimli ravishda o‘rgatilgan, bu yondashuv orqali sinonimlarni o‘zlashtirish kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qiluvchi tamoyillar aniqlanib, ularning ma’no ifodasiga, graduonimiya (ma’no darajasi) bo‘yicha farqlanishiga va uslubiy xususiyatlariga ko‘ra tahlil qilinib asoslangan;
sinonimlarni o‘zlashtirish metodologiyasi ishlab chiqilib, unda matn bilan ishlash jarayoni, ochiq va yopiq test turlari hamda antonim hamda omonim birliklar bilan qiyoslovchi topshiriqlar asosida tekshirilib, sinonimlar lug‘ati tuzishning afzalliklari nazariy va amaliy jihatdan isbotlangan;
sinonimlarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq kognitiv omillar aniqlangan; o‘quvchilarning idroki, tafakkuri, konseptosferasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan shevalar, eskirgan qatlam so‘zlari, neologizmlar ishtirokidagi mental sinonimiya qatorlari mavjudligi, sinonimlarni tezaurus va kollokatsiyalarda o‘rganishning o‘quvchilar uchun amaliy ahamiyati ilmiy asosda dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ona tili darslarida sinonimlarni o‘zlashtirishga bag‘ishlangan tadqiqot natijalari asosida:
tajriba-sinov ishlari asosida sinonimlar mavzusi 5-sinfdan 9-sinfgacha bo‘lgan bosqichda 4K modeli asosida tizimli ravishda o‘rgatilgani, bu yondashuv orqali sinonimlarni o‘zlashtirish kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qiluvchi tamoyillar, 4K modeli singdirilgan matn, lug‘at va testlar bilan ishlash; antonim, omonimlar bilan qiyoslovchi topshiriqlar qo‘llash va ma’nodoshlikni tilshunoslikning boshqa bo‘limlari bilan bog‘liq holda o‘rganishlariga; sinflar kesimida choraklik lug‘atlar tuzish va bu lug‘atlarda ma’nodoshlarning sheva, eskirgan qatlam, neologizmlardagi muqobillaridan – mental sinonimlardan foydalanishlariga; sinonim so‘zlarni graduonomiya asosida baholashlariga tajribalar asosida erishilganiga oid ilmiy xulosalardan Toshkent shahri, Andijon, Sirdaryo viloyati umumta’lim maktablaridagi tajriba-sinovlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 28-martdagi 01/11-6-246-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertant yaratgan darslik, uslubiy qo‘llanma, hammualliflikdagi “O‘qituvchi kitobi”da mavzu takomillashtirilgan;
ona tili darsliklarida sinonimlarga oid nazariy tavsiflarning sinonimiya hodisasi mohiyatini qay darajada aks ettirishi, shuningdek, bu tavsiflarda qo‘llanilgan metodologik yondashuvlar aniqlangani, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”, Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asaridagi sinonimlarni qo‘llash bilan bog‘liq masalalar; XX asr boshidagi jadid maktablari va ularda ona tili o‘qitishning yangicha usullari; sinonimlar tarixiy-arxaik muqobillarining qo‘llanishiga oid tahlilliy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Vaqt mashinasi” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 9-apreldagi 01-30/222-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”, Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asaridagi sinonimlarni qo‘llash bilan bog‘liq masalalarga oid ma’lumotlar bilan ilmiy saviyasi oshgan;
sinonimlarni o‘zlashtirish metodologiyasi ishlab chiqilib, unda matn bilan ishlash jarayoni, ochiq va yopiq test turlari hamda antonim hamda omonim birliklar bilan qiyoslovchi topshiriqlar asosida tekshirilgani, sinonimlar lug‘ati tuzishning afzalliklari nazariy va amaliy jihatdan isbotlanganiga doir xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan(Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 16-maydagi 01/4-2007-son ma’lumotnomasi). Natijada, sinonimlarni o‘zlashtirish metodologiyasi ishlab chiqilib, uch yondashuv: sinonimlar ma’nosini o‘zlashtirishda valentlikdan foydalanish masalasining ilgari surilgani; sinonimlarni o‘zlashtirish 5-sinfdan 9-sinfgacha oddiydan murakkabga qaratilgan topshiriqlar tajribasi asosida ko‘rib chiqilganiga oid ma’lumotlar platforma materiallarini boyitgan;
sinonimlarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq kognitiv omillar aniqlangani; o‘quvchilarning idroki, tafakkuri, konseptosferasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan shevalar, eskirgan qatlam so‘zlari, neologizmlar ishtirokidagi mental sinonimiya qatorlari mavjudligi, sinonimlarni tezaurus va kollokatsiyalarda o‘rganishning o‘quvchilar uchun amaliy ahamiyati haqidagi ilmiy xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan(Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 16-maydagi 01/4-2007-son ma’lumotnomasi). Natijada, sinonimlarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq kognitiv omillar; o‘quvchilarning idroki, tafakkuri, konseptosferasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan shevalar, eskirgan qatlam so‘zlari, neologizmlar ishtirokidagi mental sinonimiya qatorlariga oid xulosalar elektron platforma materiallarini boyitishga xizmat qilgan.