Mutalipova Feruzabonu Muxammatbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘quvchilarda agressiv xulq–atvor shakllanishining psixologik profilaktikasi (Kichik maktab yoshi davri misolida)» 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/P51210.
Ilmiy rahbar: Odiljonova Aziza Abduxakimovnaning psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Ismoilova Nurjahon Zuhriddinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Rasulova Feruza Fayzullaevna psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsenti.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘quvchilarda agressiv xulq–atvor shakllanishining psixologik profilaktikasi bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda agressiv xulq-atvorning shakllanishida gender farqlarining internalizatsiyasiga ko‘ra “bilvosita og‘zaki agressiya”, “xavotir”, “ichki agressiya”, “shaxsiy identifikatsiya”, “ijtimoiy rollarni qabul qilish” omillarining integral ta’siri aniqlangan;
agressiv xulq-atvorning shakllanishida individual shaxsiy xususiyatlar, emotsional va ijtimoiy holatlarni farqlanishiga ko‘ra “impulsivlik”, “egosentrizm”, “xavotirlanish”,“ijtimoiy maqom”,“guruhdagi qabul qilinish darajasi”, o‘quvchilarning ijtimoiy rad etilishi orqali yashirin agressiya o‘rtasidagi bog‘liqlik dalillangan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda agressiv xulq-atvoridagi namoyishkorona va yashirin agressiyalarni profilaktika qilishda bola psixoemotsional sohasining ijtimoiy determinantlarga bog‘liqligiga asoslanib “e’tiborsiz qoldirilgan” va “rad etilgan” vaziyatlarda “frustratsion”, “kompensator” va “himoya mexanizmlari” bilan ishlash ta’siri aniqlangan
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda agressiv xulq-atvorni kamaytirishda “kognitiv”, “emotsional”, “konativ” jihatlarga psixoprofilaktik ta’sir etish muhimligiga ko‘ra “jismoniy va og‘zaki agressiya” ko‘rsatkichlarini bolani sotsiometrik statusiga bog‘liq ravishda kamaygani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: o‘quvchilarda agressiv xulq–atvor shakllanishining psixologik profilaktikasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda agressiv xulq-atvorning shakllanishiga ta’sir etishida, gender farqlarining internalizatsiyasiga ko‘ra «bilvosita og‘zaki agressiya», «xavotir», «ichki agressiya», «shaxsiy identifikatsiya», «ijtimoiy rollarni qabul qilish» omillari empirik jihatdan aniqlangan ma’lumotlari asosida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi RM-402-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiya. Differensiyal psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-maydagi RM-402a-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik maktab yoshi davridagi o‘quvchilarning agressiv xulq-atvori shakllanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillarni aniqlashga erishilgan.
agressiv xulq-atvorning shakllanishida individual shaxsiy xususiyatlar, emotsional va ijtimoiy holatlarni hududlar o‘rtasida «impulsivlik», «egosentrizm», «xavotirlanish», «ijtimoiy maqom», «guruhdagi qabul qilinish darajasi», o‘quvchilarning ijtimoiy rad etilishi orqali yashirin agressiya o‘rtasidagi bog‘liqlik dalillangan ma’lumotlar asosida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi RM-402-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiya. Differensiyal psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-maydagi RM-402a-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshga oid psixologik xususiyatlar va agressiv xulq-atvor o‘rtasidagi bog‘liqlikni empirik asosda tahlil qilish samaradorligi oshgan.
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda agressiv xulq-atvorni profilaktika qilishda proektiv metodikalarni mahalliy sharoitda qo‘llash orqali «passiv-agressiv holatlar», «ichki raqobat», «ijtimoiy rad etilish»ning agressiyaga ta’siri aniqlangan ma’lumotlari asosida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitet huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi RM-402-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiya. Differensiyal psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-maydagi RM-402a-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik maktab yoshidagi bolalarda agressivlikni namoyon etuvchi emotsional mexanizmlarni aniqlashga erishilgan.
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda agressiv xulq-atvorni kamaytirishda «kognitiv», «emotsional», «konativ» jihatlarini psixoprofilaktik dastur orqali «jismoniy va og‘zaki agressiya» ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada kamaygani dalillangan ma’lumotlar asosida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi RM-402-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiya. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-maydagi RM-402a-son ma’lumotnomasi). Natijada agressiv xulq-atvorning oldini olishga qaratilgan psixoprofilaktika dasturini ishlab chiqish va uning samaradorligini baholashga erishilgan.