Yoqubova Xayotxon Abduqaxxor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yoshlarda fidoyilik  sifati  shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari» 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/P1143.
Ilmiy rahbar: Saipova Malohat Latipovna psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.R.03.02. 
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Dustqobilovich psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Abdullaeva Shoira Xamidovna psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yoshlarda fidoyilik sifatining shakllanishiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni tadqiq etish asosida fidoyilikni rivojlantirishga qaratilgan psixologik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarda fidoyilik xususiyati namoyon bo‘lishining jinsiy, yosh va  hududiy farqlariga ko‘ra fidoyilikka xos psixologik xususiyatlarning ijtimoiy faollik va maqsadga yo‘nalganlik bilan bog‘liqligi tufayli emotsional intellektning alttruistik yordam bilan determinatsiyalashganligi psixologik peridiktor ekanligi dalillangan;
yoshlarda fidoyilikning rivojlanishi prosotsial xulq ko‘rinishlaridan – anonim yordam va emotsional yordam, altruistik yordamning differensial farqlariga asoslanib boshqalarni qabul qilish sifatlari orqali shaxslararo munosabatlardagi adaptiv xususiyatlarda namoyon bo‘lishi aniqlangan; 
yoshlarda fidoyilik sifatining shakllanishiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlar empatiya, ijtimoiy hamkorlik darajasi, qadriyatlar tizimiga ko‘ra o‘zaro funksional bog‘liqligi va ta’sir mexanizmi orqali ijtimoiy adaptiv xislatining integral xususiyatlari asosda tasdiqlangan;
yoshlarda fidoyilikni rivojlantirishga yo‘nalirilgan model kognitiv (empatiya, boshqalarni tushunish va prognoz qila bilish), emotsional  (hamdardlik bildirish, fidoyilikdan zavqlanish), motivatsion soha (ichki motivatsiya, o‘ziga ishonch va konstruktiv baholash, hayot mazmuni)larning o‘zaro uyg‘un rivojlanishi muhimligiga asoslanib prosotsial xulqning ijtimoiy determinantlarini tasniflash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yoshlarda fidoyilik  xislati  shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
yoshlarda fidoyilik xususiyati namoyon bo‘lishining jinsiy, yosh va  hududiy farqlariga ko‘ra fidoyilikka xos psixologik xususiyatlarning ijtimoiy faollik va maqsadga yo‘nalganlik bilan bog‘liqligi tufayli emotsional intellektning alttruistik yordam bilan determinatsiyalashganligi psixologik peridiktor ekanligi dalillangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025 yil 18-yanvardagi  PM 89-sonli buyrug‘iga binoan ilmiy yangilikni «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 18-yanvardagi  PM 89-sonli ma’lumotnomasi). Natijada fidoyilik xususiyatining shakllanish jarayoni shaxsning ijtimoiy faolligi, maqsadga yo‘naltirilganligi hamda  qadriyatlari bilan uzviy integratsiyada kechishi hamda bu jarayonning yoshga oid psixologik omillar bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlashtirilgan;
yoshlarda fidoyilikning rivojlanishi prosotsial xulq ko‘rinishlaridan – anonim yordam va emotsional yordam, altruistik yordamning differensial farqlariga asoslanib boshqalarni qabul qilish sifatlari orqali shaxslararo munosabatlardagi adaptiv xususiyatlarda namoyon bo‘lishi aniqlangan malumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 18-yanvardagi  PM 89-sonli buyrug‘iga binoan ilmiy yangilik  sifatida «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 yil 18-yanvardagi  PM 89-sonli ma’lumotnomasi). Natijada fidoyilikning ijtimoiy-psixologik rivojlanishini prosotsial harakatlar orqali ifodalanishi, bu holat esa shaxsning boshqalar manfaati yo‘lida ongli va bevosita harakatga tayyorligini aks ettiruvchi barqaror tendensiya ekanligi aniqlashtirilgan;
yoshlarda fidoyilik sifatining shakllanishiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlar empatiya, ijtimoiy hamkorlik darajasi, qadriyatlar tizimiga ko‘ra o‘zaro funksional bog‘liqligi va ta’sir mexanizmi orqali ijtimoiy adaptiv xislatining integral xususiyatlari asosda tasdiqlangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 18-yanvardagi  PM 89-sonli buyrug‘iga binoan ilmiy yangilik sifatida «Shaxs psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 18-yanvardagi  PM 89-sonli ma’lumotnomasi). Natijada fidoyilik xislatining shakllanishi bevosita shaxsning ijtimoiy-psixologik rivojlanish darajasi, fuqarolik pozisiyasi va axloqiy qadriyatlar tizimi bilan uzviy bog‘liqlikda kechishi, shuningdek, bu omillar orqali yoshlarda ijtimoiy mas'uliyat hissi, maqsadga yo‘naltirilganlik va vatanparvarlik motivlarining shakllanishi mumkinligi ilmiy jihatdan isbotlangan;
yoshlarda fidoyilikni rivojlantirishga yo‘nalirilgan model kognitiv (empatiya, boshqalarni tushunish va prognoz qila bilish), emotsional  (hamdardlik bildirish, fidoyilikdan zavqlanish), motivatsion soha (ichki motivatsiya, o‘ziga ishonch va konstruktiv baholash, hayot mazmuni)larning o‘zaro uyg‘un rivojlanishi muhimligiga asoslanib prosotsial xulqning ijtimoiy determinantlarini tasniflash orqali takomillashtirilgan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025- yil 18-yanvardagi  PM 89-sonli buyrug‘iga binoan ilmiy yangilik tarzida «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 18-yanvardagi  PM 89-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarda fidoyilik xislatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan modelning komponentlari o‘zaro funksional integratsiyada amal qilishi, shuningdek, ushbu yondashuv fidoyilik xislatining shakllanishida kompleks ta’sir ko‘rsatuvchi psixologik mexanizm sifatida samarali ishlashi aniqlashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish