Nurmatov Doniyor Xamidjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uyqu arteriyalarida gemodinamik ahamiyatli stenoz mavjud bemorlarni olib borishning kardiologik jihatlari”  14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2022.1.PhD/Tib2412.
Ilmiy rahbar: Yulbarisov Abdurasul Abdujalilovich, tibbiyot fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar:  Zokirov Nodir Uzievich, tibbiyot fanlar doktori, professor; Suyumov Azamat Sayfullaevich, tibbiyot fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: uyqu va koronar tomirlar qo‘shma aterosklerotik zararlanishi mavjud bemorlarda kardiologik yondashuvni takomillashtirish orqali erta tashxislash va davolash natijalarini mukammallashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uyqu arteriyalarida gemodinamik ahamiyatli aterosklerotik torayish mavjud bemorlarda koronar tomirlar aterosklerotik zararlanishining uchrashi va qon aylanish holatiga ta’sir etuvchi qo‘shimcha xavf omillar va amaliyotga muxtojlilik darajasi aniqlangan; 
uyqu arteriyasida revaskulyarizatsiya amaliyotiga ko‘rsatma mavjud, koronar arteriyalarning asimptom aterosklerotik torayishi bo‘lgan bemorlarni bosqichli davolash samaradorligining prognostik mezonlari aniqlangan;
uyqu arteriyalarida gemodinamik ahamiyatli aterosklerotik torayish mavjud bemorlarda koronar qon tomirlarining o‘tkazuvchanligini tiklash va amaliyotlar bosqichlarni belgilashda yurakni MRT stress perfuziya tekshiruvi eng maqbul usul ekanligi aniqlangan;
uyqu va koronar arteriyalarini qo‘shma zararlanishida birinchi bosqich¬da yurakni MRT stress perfuziyasida tasdiqlangan koronar arteriyalarning aterosklerotik torayishini endovaskulyar stentlash usulidan foydalanish klinik va gemodinamik jihatdan samarasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:                                          
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashning Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbiqi bo‘yicha №12/30-sonli xulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: uyqu arteriyalarida gemodinamik ahamiyatli aterosklerotik torayish mavjud bemorlarda koronar tomirlar aterosklerotik zararlanishining uchrashi va qon aylanish holatiga ta’sir etuvchi qo‘shimcha xavf omillar va amaliyotga muxtojlilik darajasi aniqlangan bo‘lib, ushbu tashxislash va davolash algoritmi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi 04.04.2025 yil, 01-24696 sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uyqu arteriyalarida gemodinamik ahamiyatli stenoz mavjud bemorlarda asimptom yurak ishemik kasalligini erta tashxislash va davolash algoritmi” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 25.04.2025 yildagi 81-I/CH-sonli buyrug‘i va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyatidagi filialining 13.06.2025 yildagi 74-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: Taklif etilayotgan tavsiyalarning tibbiy samaradorligi shundan iboratki, ularda keltirilgan ma’lumotlarga (usulning o‘rtacha sezgirligi 95% dan ortiq) va ularning patologiyaning turli jihatlaridagi informatsion qiymatiga asoslanib, uyqu va koronar arteriyalarning qo‘shma zararlanishida bemorlarni erta tashxislash va optimal davolash usulini tanlash mumkin. Iqtisodiy samaradorligi: uyqu arteriyasida gemodinamik ahamiyatli stenoz mavjud kardiologik asimptom bo‘lgan bemorlarni epidemiologik va profilaktik tadbirlar orqali oldindan aniqlash, kasallik va uning asoratlarini davolash uchun sarflanadigan sarf-xarajatlar, bosh miya qon aylanishi buzilishidan keyingi og‘ir nogironliklar uchrashlarini kamaytirishga erishiladi. Bemorlar yil davomida bosh miya qon aylanish etishmovchiligi klinik sindromlari bilan o‘rtacha 2-3 marotaba statsionar davo oladi va statsionarda konservativ davo va tekshiruv usullari bajarish uchun ketadigan ehtimoliy xarajat 27000000 so‘mni tashkil etadi, ham bemorning xarajatlari bu miqdordan kamida 2 baravar oshadi. Shu munosabat bilan, eng maqbul usulni tanlash bemorlarning potensial xarajatlarini 2 yoki undan ko‘p marta kamaytirishga imkon beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: uyqu arteriyasida revaskulyarizatsiya amaliyotiga ko‘rsatma mavjud, koronar arteriyalarning asimptom aterosklerotik torayishi bo‘lgan bemorlarni bosqichli davolash samaradorligining prognostik mezonlari aniqlangan bo‘lib, ushbu tashxislash va davolash algoritmi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi 04.04.2025 yil, 01-24696 sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uyqu arteriyalarida gemodinamik ahamiyatli stenoz mavjud bemorlarda asimptom yurak ishemik kasalligini erta tashxislash va davolash algoritmi” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 25.04.2025 yildagi 81-I/CH-sonli buyrug‘i va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyatidagi filialining 13.06.2025 yildagi 74-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: Uyqu arteriyasida gemodinamik ahamiyatli stenoz mavjud kardiologik asimptom bo‘lgan bemorlarni erta tashxislash va optimal davolash usullari bo‘yicha taklif qilingan tavsiyalarning ijtimoiy samaradorligi bemorlarni davolash samaradorligini maqbullashtirish va yaxshilashda ifodalanadi, bu ularning hayot sifatiga ta’sir qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Statistik ma’lumotlarga ko‘ra qo‘shma aterosklerotik torayishlar bilan kasallangan bemorlarda braxiotsefal arteriyalar stenoz sababli rivojlanadigan bosh miya qon aylanish etishmovchiliklari va yurak tomonidan kuzatiladigan asoratlar sababli yil davomida o‘rtacha 2-3 marotaba statsionar davo olish shart hisoblansa, bu esa har bir kasallangan va uning asoratlari bilan davolanayotgan bemorlar oilasiga va albatta davlat uchun sezilarli darajada moddiy jihatidan zarar sifatida ta’sir qiladi. Tekshiruv va jarrohlik amaliyotlari bilan davolanish narxi o‘rtacha 58000000 so‘mni tashkil etishini hisobga olsak, eng maqbul usulni tanlash bemorlarning potensial xarajatlarini 2 yoki undan ko‘p marta kamaytirishga imkon beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: uyqu arteriyalarida gemodinamik ahamiyatli aterosklerotik torayish mavjud bemorlarda koronar qon tomirlarining o‘tkazuvchanligini tiklash va amaliyotlar bosqichlarni belgilashda yurakni MRT stress perfuziya tekshiruvi eng maqbul usul ekanligi aniqlangan bo‘lib, ushbu tashxislash va davolash algoritmi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi 04.04.2025 yil, 01-24696 sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uyqu arteriyalarida gemodinamik ahamiyatli stenoz mavjud bemorlarda asimptom yurak ishemik kasalligini erta tashxislash va davolash algoritmi” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 25.04.2025 yildagi 81-I/CH-sonli buyrug‘i va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyatidagi filialining 13.06.2025 yildagi 74-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: Ishlab chiqilgan kardiologik yondoshuv va tashxislash va davo algoritmini qo‘llash usulining eng maqbul yo‘lini tanlash diagnostika jarayonini ham, davolash taktikasini natijalari ko‘rsatkichini ham yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: Bemorlar yil davomida bosh miya qon aylanish etishmovchiligi klinik sindromlari bilan o‘rtacha 2-3 marotaba statsionar davo oladi va statsionarda konservativ davo va tekshiruv usullari bajarish uchun ketadigan ehtimoliy xarajat 27000000 so‘mni tashkil etadi, ham bemorning xarajatlari bu miqdordan kamida 2 baravar oshadi. Shu munosabat bilan, eng maqbul usulni tanlash bemorlarning potensial xarajatlarini 2 yoki undan ko‘p marta kamaytirishga imkon beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: uyqu va koronar arteriyalarini qo‘shma zararlanishida birinchi bosqich¬da yurakni MRT stress perfuziyasida tasdiqlangan koronar arteriyalarning aterosklerotik torayishini endovaskulyar stentlash usulidan foydalanish klinik va gemodinamik jihatdan samarasi aniqlangan bo‘lib, ushbu tashxislash va davolash algoritmi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi 04.04.2025 yil, 01-24696 sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uyqu arteriyalarida gemodinamik ahamiyatli stenoz mavjud bemorlarda asimptom yurak ishemik kasalligini erta tashxislash va davolash algoritmi” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 25.04.2025 yildagi 81-I/CH-sonli buyrug‘i va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyatidagi filialining 13.06.2025 yildagi 74-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: Invaziv bo‘lmagan diagnostika usullaridan oqilona foydalanish bemorlar uchun sezilarli noqulaylik tug‘diradigan invaziv usullarni tayinlash zaruratini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: Statistik ma’lumotlarga ko‘ra qo‘shma aterosklerotik torayishlar bilan kasallangan bemorlarda braxiotsefal arteriyalar stenoz sababli rivojlanadigan bosh miya qon aylanish etishmovchiliklari va yurak tomonidan kuzatiladigan asoratlar sababli yil davomida o‘rtacha 2-3 marotaba statsionar davo olish shart hisoblansa, bu esa har bir kasallangan va uning asoratlari bilan davolanayotgan bemorlar oilasiga va albatta davlat uchun sezilarli darajada moddiy jihatidan zarar sifatida ta’sir qiladi. Tekshiruv va jarrohlik amaliyotlari bilan davolanish narxi o‘rtacha 58000000 so‘mni tashkil etishini hisobga olsak, eng maqbul usulni tanlash bemorlarning potensial xarajatlarini 2 yoki undan ko‘p marta kamaytirishga imkon beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish