Xatamova Sarvinoz Muyitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali bosh miya ishemiyasida kognitiv buzilishlar rivojlanishida gipergomotsisteinemiyaning roli” 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3565.
Ilmiy rahbar: Xaydarova Dildora Kadirovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.02.
Rasmiy opponentlar: Jurabekova Aziza Toxirovna, tibbiyot fanlari doktori; Aliqulova Nigora Abduqadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qirg‘iziston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Turli darajadagi bosh miya surunkali ishemiyasida qon tarkibidagi gomotsistein ko‘rsatkichiga ko‘ra kognitiv tizim o‘zgarishini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bosh miya surunkali ishemiyasida gomotsistein darajasi va klinik-nevrologik simptomlar o‘rtasida ishonchli korrelyasiya aniqlanib, gomotsisteinning kasallik patogenezidagi roli asoslangan;
gomotsistein darajasi va kognitiv funksiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlik ilmiy jihatdan aniqlangan va uning ahamiyati isbotlangan;
gomotsistein darajasi bilan EEGda patologik to‘lqinlar o‘rtasida ishonchli musbat korrelyasiya aniqlanib, bu gomotsisteinning neyrofiziologik o‘zgarishlarga ta’sirini isbotlagan;
surunkali bosh miya ishemiyasida kognitiv buzilishlarni diagnostika va davolash uchun gomotsistein darajasini hisobga olgan holda, surunkali bosh miya ishemiyasida kognitiv buzilishlar mavjud bemorlarning individual davolash rejalarini tuzish va samaradorligini oshirishga qaratilgan algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bosh miya surunkali ishemiyasida kasalligida kognitiv buzilishlar mavjud bemorlarda klinik-nevrologik, neyropsixologik, neyrovizual tekshiruvlar dinamikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik. bosh miya surunkali ishemiyasida gomotsistein darajasi va klinik-nevrologik simptomlar o‘rtasida ishonchli korrelyasiya aniqlanib, gomotsisteinning kasallik patogenezidagi roli asoslanganligi bo‘yicha «Surunkali bosh miya ishemiyasida kognitiv buzilishlar rivojlanishida gipergomotsisteinemiyaning o‘rnini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi ishlab chikilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspertlar kengashining 2025 yil 28 martdagi25-m/089-son ma’lumotnomasi)bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Navoiy Viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi (30.04.2025 yildagi 30-son buyruq), Kogon shaxar tibbiyot birlashmasi(17.06.2025yildagi 1670-2-208-TV/2025-son) klinik amaliyotiga tadbiq etilgan.(SSV huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 7oktyabrdagi qarori asosida 26/12-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: gomotsistein darajasi va klinik-nevrologik simptomatika o‘rtasida ishonchli korrelyasiya aniqlanishi erta tashxislash va kognitiv buzilishlarni oldindan aniqlash imkoniyatini yaratadi, bemorlarda nogironlikka olib keluvchi kechikishlarni kamaytiradi, reabilitatsiya samarasini oshiradi va aholida mehnat faolligi saqlanishiga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: gomotsistein nazorati va shu asosda terapiya tanlanishi orqali ortiqcha tekshiruvlar va dori sarfi kamayib, 1 bemor uchun davolash xarajatlari o‘r tacha 1,3 mln so‘mga qisqardi. Xulosa: Gomotsisteinning BMSI patogenezidagi roli ilmiy asoslangani klinik nevrologiyada patogenetik yondashuvni kuchaytirib, kognitiv buzilishlarni erta aniqlash, individual terapiyani tanlash va davolash natijalarini yaxshilash imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik. gomotsistein darajasi va kognitiv funksiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlik ilmiy jihatdan aniqlangan va uning ahamiyati isbotlanganligi bo‘yicha «Surunkali bosh miya ishemiyasida kognitiv buzilishlar rivojlanishida gipergomotsisteinemiyaning o‘rnini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi ishlab chikilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspertlar kengashining 2025 yil 28 martdagi25-m/089-son ma’lumotnomasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Navoiy Viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi (30.04.2025 yildagi 30-son buyruq), Kogon shaxar tibbiyot birlashmasi(17.06.2025 yildagi 1670-2-208-TV/2025-son) klinik amaliyotiga tadbiq etilgan.(SSV huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 7oktyabrdagi qarori asosida 26/12-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: gomotsistein darajasi kognitiv funksiyalar bilan bog‘liq ekanligi isbotlanishi kognitiv buzilishlarni erta aniqlash imkonini yaratib, nogironlikning oldini olish va bemorlarning hayot sifati hamda ijtimoiy moslashuvini saqlashga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: kognitiv buzilishlarni erta bashorat qilish orqali ortiqcha MRT/EEG, davolash davomiyligi va dori sarfi kamayib, 1 bemor uchun o‘rtacha 1,1–1,3 mln so‘mgacha byudjet tejalishi ta’minlandi. Xulosa: Ushbu yangilik kognitiv buzilishlarni patogenetik baholashni aniqlashtirib, individual terapiyani to‘g‘ri tanlash va davolash samaradorligini oshirishga xizmat qildi.
uchinchi ilmiy yangilik. gomotsistein darajasi bilan EEGda patologik to‘lqinlar o‘rtasida ishonchli musbat korrelyasiya aniqlanib, bu gomotsisteinning neyrofiziologik o‘zgarishlarga ta’sirini isbotlanganligi bo‘yicha «Surunkali bosh miya ishemiyasida kognitiv buzilishlar rivojlanishida gipergomotsisteinemiyaning o‘rnini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi ishlab chikilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspertlar kengashining 2025 yil 28 martdagi25-m/089-son ma’lumotnomasi)bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Navoiy Viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi (30.04.2025 yildagi 30-son buyruq), Kogon shaxar tibbiyot birlashmasi(17.06.2025 yildagi 1670-2-208-TV/2025-son) klinik amaliyotiga tadbiq etilgan.(SSV huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 7oktyabrdagi qarori asosida 26/12-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: gomotsistein darajasining EEG patologik to‘lqinlari bilan bog‘liqligi aniqlanishi neyrodegenerativ jarayonlarni erta fazada aniqlash va og‘irlashishdan oldin profilaktik chora ko‘rish imkonini yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: EEG-bosqichli monitoring va gomotsistein nazoratiga asoslangan yondashuv ortiqcha instrumental tekshiruvlar va davo muddatini qisqartiradi, natijada 1 bemor uchun o‘rtacha 1,0–1,2 mln so‘m iqtisodiy tejamkorlik berib, 100 bemorda yillik 100–120 mln so‘m foyda keltirdi. Xulosa: gomotsisteinning neyrofiziologik o‘zgarishlarga ta’siri ilmiy tasdiqlandi va bu EEG-markerlar asosida individual terapiyani tanlash, reabilitatsiya samaradorligini oshirish va kasallikni og‘irlashtirmasdan to‘xtatish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. surunkali bosh miya ishemiyasida kognitiv buzilishlarni diagnostika va davolash uchun gomotsistein darajasini hisobga olgan holda, surunkali bosh miya ishemiyasida kognitiv buzilishlar mavjud bemorlarning individual davolash rejalarini tuzish va samaradorligini oshirishga qaratilgan algoritm ishlab chiqilganligi bo‘yicha «Surunkali bosh miya ishemiyasida kognitiv buzilishlar rivojlanishida gipergomotsisteinemiyaning o‘rnini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi ishlab chikilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspertlar kengashining 2025 yil 28 martdagi 25-m/089-son ma’lumotnomasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Navoiy Viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi (30.04.2025 yildagi 30-son buyruq), Kogon shaxar tibbiyot birlashmasi(17.06.2025 yildagi 1670-2-208-TV/2025-son)klinik amaliyotiga tadbiq etilgan.(SSV huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 7oktyabrdagi qarori asosida 26/12-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: gomotsistein darajasiga asoslangan individual davolash algoritmi kognitiv buzilishlarni erta to‘xtatish, nogironlikni kamaytirish va bemorning hayot sifatini saqlashga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: algoritm qo‘llanilganda ortiqcha tekshiruvlar, dori sarfi va reabilitatsiya davomiyligi kamayib, 1 bemor uchun o‘rtacha 1,2–1,4 mln so‘m iqtisodiy tejamkorlik berdi. Xulosa: Yaratilgan algoritm surunkali bosh miya ishemiyasida kognitiv buzilishlarga patogenetik yondashuvni ta’minlab, davolash samaradorligini oshirdi va individual terapiyani tanlashni aniqlashtirdi.