Nigmatullaeva Muxabbat Akbarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fertil yoshdagi ayollarda arterial gipertenziyaning o‘ziga xos klinik kechish xususiyatlarini o‘rganish va ularni oldini olishni takomillashtirish» 14.00.05 – Ichki kasalliklar va 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4063
Ilmiy rahbarlar: Tilloeva Shaxlo Shavkatovna, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Raxmatova Dilbar Baxriddinovna, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nurbaev Farmon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirsaydullaev Mirmaxmud Mirshaxidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qursk davlat tibbiyot univestiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fertil yoshdagi ayollarda arterial gipertenziyaning xos klinik ko‘rinishlarini o‘rganish va kardiometabolik xavfni kamaytirishga qaratilgan samarali profilaktik chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
endotelin-1 klinik alomatlar hali namoyon bo‘lmagan hollarda ham arterial gipertenziyaga moyil bemorlarni aniqlashda ishonchli biomarker sifatida ko‘rsatilgan bo‘lib, fertil yoshdagi ayollarda tana vazni indeksi darajasi, aterogen o‘zrgarishlar va endotelial disfunksiya belgilari o‘rtasida kardiometabolik xavfning erta indikatori sifatida aniq miqdoriy korrelyasiyalari ilmiy asoslangan;
fertil yoshdagi ayollarda arterial qon bosimining oshishi ortiqcha tana vaznini ko‘proq uchrashi va endotelin-1 darajasining yuqoriligi bilan tavsiflanib, arterial gipertenziyaning yoshga bog‘liq profilini aniqlashda uning ahamiyati isbotlangan;
fertil yoshdagi ayollarda sistolik arterial qon bosimining buzilishlari diastolik arterial qon bosimi buzilishlariga nisbatan ustun ekanligi, pul`s bosimidagi o‘zgarishlar esa yosh va arterial qon bosimining sutkalik profili turlari bilan bog‘liq ekanligi aniqlangan hamda ushbu holat arterial gipertenziyani oldini olishni muvofiqlashtirishda ahamiyatliligi aoslangan;
antropometrik ko‘rsatkichlar va lipid almashinuvi parametrlaridan tashqari, endotelin-1 darajasi hamda sutkalik arterial qon bosimi monitoringi natijalari asosida fertil yoshdagi ayollarda arterial gipertenziyani baholash uchun kompleks profilaktik algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fertil yoshdagi ayollarda arterial gipertenziyaning o‘ziga xos klinik kechish xususiyatlarini o‘rganish va ularni oldini olishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan:
birinchi ilmiy yangilik:. endotelin-1 klinik alomatlar hali namoyon bo‘lmagan hollarda ham arterial gipertenziyaga moyil bemorlarni aniqlashda ishonchli biomarker sifatida ko‘rsatilgan bo‘lib, fertil yoshdagi ayollarda tana vazni indeksi darajasi, aterogen o‘zrgarishlar va endotelial disfunksiya belgilari o‘rtasida kardiometabolik xavfning erta indikatori sifatida aniq miqdoriy korrelyasiyalari ilmiy asoslangan. Bu bo‘yicha “Fertil yoshdagi ayollarda arterial gipertenziya profilaktikasini optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiya tasdiqlandi (Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi, 2025 yil 28 mart, № 25-m/085). Mazkur tavsiyalar amaliyotga Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (yo‘lllanma xat №409, 07.05.2025 y.) va Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (yo‘llanma xat №01/380, 22.05.2025 y.) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik Kengashning 2025 yil 15 avgustdagi 23-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: endotelin-1 darajasini baholash orqali klinik belgilar mavjud bo‘lmagan holatlarda ham arterial gipertenziya rivojlanish xavfini erta aniqlash imkoni yaratiladi. Bu yurak-qon tomir asoratlarini kamaytirishga, ayollarning mehnat va reproduktiv salohiyatini saqlab qolishga va sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan iqtisodni kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: bir nafar bemor hisobiga 1400000 so‘m tejaladi, yiliga 500 nafar ayol qamrovi va 70 % samaradorlik ko‘rsatkichi hisobga olinganda, umumiy iqtisodiy samara 490000000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: ushbu usulni amaliyotga joriy etish orqali arterial gipertenziyani erta aniqlash va oldini olish hisobiga sog‘liqni saqlash tizimi yiliga 490 mln so‘m miqdorida mablag‘ tejash imkoniga ega bo‘ladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: fertil yoshdagi ayollarda arterial qon bosimining oshishi ortiqcha tana vaznini ko‘proq uchrashi va endotelin-1 darajasining yuqoriligi bilan tavsiflanib, arterial gipertenziyaning yoshga bog‘liq profilini aniqlashda uning ahamiyati isbotlangan. Bu bo‘yicha “Fertil yoshdagi ayollarda arterial gipertenziya profilaktikasini optimallashtiri” nomli uslubiy tavsiya tasdiqlandi (Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi, 2025 yil 28 mart, № 25-m/085). Mazkur tavsiyalar amaliyotga Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (yo‘lllanma xat №409, 07.05.2025 y.) va Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (yo‘llanma xat №01/380, 22.05.2025 y.) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik Kengashning 2025 yil 15 avgustdagi 23-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: fertil yoshdagi ayollarda arterial gipertenziyaning yoshga oid profilini aniqlash xavf guruhini o‘z vaqtida shakllantirish va erta profilaktik choralarni amalga oshirish imkonini beradi. Bu esa gipertenziya va unga bog‘liq asoratlar tarqalishini kamaytirish, hayot sifatini oshirish hamda ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini saqlab qolishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: bir nafar bemor hisobiga 80000 so‘m tejaladi, yiliga 1000 nafar ayol qamrovi va 85% amalga oshirish koeffisienti hisobga olinganda, iqtisodiy samara 68000000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: ko‘rsatilgan biomarker va klinik ko‘rsatkichlarni muntazam profilaktik monitoring qilish orqali yiliga taxminan 68 mln so‘m mablag‘ tejaladi hamda gipertoniya holatlarining rivojlanish chastotasi sezilarli darajada kamayadi.
uchinchi ilmiy yangilik: fertil yoshdagi ayollarda sistolik arterial qon bosimining buzilishlari diastolik arterial qon bosimi buzilishlariga nisbatan ustun ekanligi, pul`s bosimidagi o‘zgarishlar esa yosh va arterial qon bosimining sutkalik profili turlari bilan bog‘liq ekanligi aniqlangan hamda ushbu holat arterial gipertenziyani oldini olishni muvofiqlashtirishda ahamiyatliligi aoslangan. Bu bo‘yicha “Fertil yoshdagi ayollarda arterial gipertenziya profilaktikasini optimallashtiri” nomli uslubiy tavsiya tasdiqlandi (Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi, 2025 yil 28 mart, № 25-m/085). Mazkur tavsiyalar amaliyotga Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (yo‘lllanma xat №409, 07.05.2025 y.) va Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (yo‘llanma xat №01/380, 22.05.2025 y.) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik Kengashning 2025 yil 15 avgustdagi 23-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sistolik va pul`s bosimidagi buzilishlarni SAQBM ma’lumotlarini tahlil qilishda hisobga olish fertil` yoshdagi ayollarda qon tomirlardagi o‘zgarishlarni erta aniqlash va maqsadli profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini beradi, bu esa arterial gipertenziyaning rivojlanish xavfini kamaytiradi hamda mehnat qobiliyati va hayot sifati saqlanishiga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: erta profilaktik korreksiya takroriy tekshiruvlar va davolashga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirishga imkon beradi. Bir bemorga 30000 so‘m iqtisod qilinishi, yillik qamrov 1000 nafar ayol va joriy etish koeffisienti 70% bo‘lgan holda, yillik iqtisodiy samara 21000000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: sistolik va pul`s arterial bosimini hisobga olish gipertenziv holatlar chastotasini kamaytiradi hamda yillik iqtisodiy samara taxminan 21 mln so‘mni tashkil etadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: antropometrik ko‘rsatkichlar va lipid almashinuvi parametrlaridan tashqari, endotelin-1 darajasi hamda sutkalik arterial qon bosimi monitoringi natijalari asosida fertil yoshdagi ayollarda arterial gipertenziyani baholash uchun kompleks profilaktik algoritm ishlab chiqilgan. Bu bo‘yicha “Fertil yoshdagi ayollarda arterial gipertenziya profilaktikasini optimallashtiri” nomli uslubiy tavsiya tasdiqlandi (Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi, 2025 yil 28 mart, № 25-m/085). Mazkur tavsiyalar amaliyotga Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (yo‘lllanma xat №409, 07.05.2025 y.) va Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (yo‘llanma xat №01/380, 22.05.2025 y.) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik Kengashning 2025 yil 15 avgustdagi 23-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan sutkalik arterial bosim monitoringi algoritmi fertil yoshdagi ayollarda arterial gipertenziya va uning asoratlarini erta aniqlash imkonini yaratadi, kasallanish va ixtisoslashgan tibbiy yordamga murojaat qilish holatlarini kamaytirishga xizmat qiladi, sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan yukni pasaytirib, ushbu kategoriya bemorlarning hayot sifatini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: yurak-qon tomir kasalliklari va ularning asoratlarini davolashning o‘rtacha qiymati 6000000 so‘mni tashkil etgan holda, 300 nafar bemor tekshirilganda va asoratlar xavfi 84 % gacha kamaygani hisobga olinsa, umumiy iqtisodiy samara 1512000000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: arterial bosimni nazorat qilish algoritmining joriy etilishi eng yuqori tibbiy iqtisodiy samarani ta’minlab, sog‘liqni saqlash tizimi uchun yiliga taxminan 1,5 milliard so‘mni tejash imkonini beradi.