Mardonov Xurshed Azamqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Burun halqum murtagi gipertrofiyasining rivojlanishi va kechishining klinik-morfologik va genetik jixatlari» 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib 4463.
Ilmiy rahbar: Djuraev Jamolbek Abdukaxarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib 01.06. 
Rasmiy opponentlar: Arifov Sayfutdin Saidazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamadieva Gul`mira Amantaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: I.K.Axunbaev nomidagi Qirg‘iz davlat tibbiyot akademiyasi (Qirg‘iziston).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi:
burun xalqum murtagi gipertrofiyasi rivojlanishi va kechishida klinik-morfologik hamda genetik omillarning ahamiyatini o‘rganish va bashoratlash algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
burun xalqum murtagi gipertrofiyasining darajasi oshib borishi bilan nafas olish qiyinlashishi (82%), eshituv nayi ventilyasiyasi buzilishi (67%) va yallig‘lanish belgilari (74%) uchrashi endoskopik ko‘rsatkichlar asosida gipetrofiya darajasini baxolashda ob’ektivlikni 25–30% ga oshirishi isbotlangan;
KNKT natijalari asosida limfoid to‘qima zichligi (HU) ortishi asosan gipertrofiyaning II darajasida +65 HU, III darajada esa +95 HU hamda to‘qimada fibroz va yallig‘lanish elementlarining kuchayishiga mos ravishda zichlik ortib borishi aniqlangan;
burun xalqum murtagi gipertrofiyasida limfoid to‘qima strukturasidagi yallig‘lanish va fibroz jarayonlarining darajasiga mos ravishda (II darajada proliferativ o‘zgarishlar va mikrofollikulalar shakllanishi, III darajada esa fibroz, plazmatik va makrofag infil`tratsiyasi hamda stroma qayta tuzilishi) kuchayishi aniqlangan;
MBL2 va IL-1β genlarining genotipik polimorfizmlari burun xalqum murtagi gipertrofiyasi rivojlanishi bilan yaqqol bog‘liq (bemor bolalarda “noxush” TT genotip chastotasi MBL2 uchun — 26,7% (p<0,05) hamda IL-1β uchun — 28,9% (p<0,05)) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 fevraldagi 12-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan, Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarni amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2025-yil 27-fevraldagi 20-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinik shifoxonasiga 2025-yil 19-feraldagi 25-sonli buyruqlari):
birinchi ilmiy yangilik: burun xalqum murtagi gipertrofiyasining darajasi oshib borishi bilan nafas olish qiyinlashishi (82%), eshituv nayi ventilyasiyasi buzilishi (67%) va yallig‘lanish belgilari (74%) uchrashi endoskopik ko‘rsatkichlar asosida gipetrofiya darajasini baxolashda ob’ektivlikni 25–30% ga oshirishi isbotlangan, bu bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2025-yil 27-fevraldagi 20-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinik shifoxonasiga 2025-yil 19-feraldagi 25-sonli buyruqlari asosida amaliyotga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: burun halqum murtagi gipertrofiyasi kasalligida darajalariga ko‘ra, har bir aniqlangan darajasi uchun endoskopik tekshiruv natijalari tahlil qilingan hamda o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: burun halqum murtagi gipertrofiyasi kasalligining qaytalanishida II,III darajalariga ko‘ra, har bir aniqlangan darajasi uchun asoratlari inobatga olinib kasallikni erta aniqlash orqali samaradorlikka erishildi. Xulosa: burun halqum murtagi gipertrofiyasi kasalligining qaytalanishida nafas olish qiyinlashish, eshituv nayi ventilyasiyasi buzilishi, yallig‘lanish belgilari uchrashini o‘z vaqtida aniqlash 1150000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: KNKT natijalari asosida limfoid to‘qima zichligi (HU) ortishi asosan gipertrofiyaning II darajasida +65 HU, III darajada esa +95 HU hamda to‘qimada fibroz va yallig‘lanish elementlarining kuchayishiga mos ravishda zichlik ortib borishi aniqlangan. Natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2025-yil 27-fevraldagi 20-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinik shifoxonasiga 2025-yil 19-feraldagi 20-sonli buyruqlari asosida mazkur shifoxonalarning amaliyotiga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: burun halqum murtagi gipertrofiyasi kasalligining rivojlanishida hamda uni tashxislash jarayonida fibroz va yallig‘lanish ko‘rsatkichlari inobatga olgan holda tashxislash amalga oshirildi. Iqtisodiy samaradorligi: burun halqum murtagi gipertrofiyasining rivojlanishi hamda klinik kechishiga ta’sir qiluvchi asosiy sabablardan biri limfoid to‘qima zichligi (HU) qiyosiy ko‘rsatkichlari baholandi. Xulosa: KNKT da limfoid to‘qima zichligi (HU) ortishi hamda burun halqum murtagida  fibroz va yallig‘lanish elementlarining kuchayishiga mos ravishda ortib borishini o‘rganish orqali ularning asosiy va nazorat guruhlari o‘rtasida taqsimlanishidagi farqlarni ko‘rsatdi, bu kasallikning klinik kechishida ahamiyati yuqoriligi sababli amaliyotga joriy qilinishi davlat byudjetidan xarajatlar miqdorini 1250000 so‘mga kamaytirdi.
uchinchi ilmiy yangilik: burun xalqum murtagi gipertrofiyasida limfoid to‘qima strukturasidagi yallig‘lanish va fibroz jarayonlarining darajasiga mos ravishda (II darajada proliferativ o‘zgarishlar va mikrofollikulalar shakllanishi, III darajada esa fibroz, plazmatik va makrofag infil`tratsiyasi hamda stroma qayta tuzilishi) kuchayishi aniqlangan. Natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2025-yil 27-fevraldagi 20-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinik shifoxonasiga 2025-yil 19-feraldagi 20-sonli buyruqlari asosida mazkur shifoxonalarning amaliyotiga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: Burun halqum murtagi limfoid to‘qima strukturasidagi o‘zgarishlar gipertrofiyaning rivojlanishi va yuzaga kelish xavfini sezilarli oshirishi, uning klinik kechishi va asoratlarni kelib chiqishidagi roli aniqlanganishi tekshirish natijalari asosida tashxislashni to‘g‘ri baholashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikni klinik kechishi va bashoratlash samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganish asosida sarf-hrajatlar 1230000 so‘mga iqtisod qilindi. Xulosa: burun xalqum murtagi gipertrofiyasini rivojlanishi, uning klinik kechishi va asoratlarni kelib chiqishini oldini olish davlat byudjeti mablag‘larini 1520000 so‘mga sarflanishini kamaytiradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: MBL2 va IL-1β genlarining genotipik polimorfizmlari burun xalqum murtagi gipertrofiyasi rivojlanishi bilan yaqqol bog‘liq (bemor bolalarda “noxush” TT genotip chastotasi MBL2 uchun — 26,7% (p<0,05) hamda IL-1β uchun — 28,9% (p<0,05)) aniqlangan. Natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2025-yil 27-fevraldagi 20-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinik shifoxonasiga 2025-yil 19-feraldagi 20-sonli buyruqlari asosida mazkur shifoxonalarning amaliyotiga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: burun halqum murtagi gipertrofiyasi bilan kasalangan bolalarda genetik tekshiruvlar asosida, davolash samaradorligini oshirish, nafas olish qiyinchiliklarini bartaraf etish, bemorlarning umr ko‘rish davriyligini uzaytirish, tushuntirish va davolash profilaktik yordam sifatini oshirish, bemorlarning hayot sifatini 35 foizga yaxshilash va bashoratlash hamda shu orqali ushbu xastalikni qaytalanishini kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni tashxislash hamda bashoratlash samaradorligi davlat byudjetidan xarajatlar 824000 so‘mga tejaldi. Xulosa: yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik mazkur kasallikni tashxislash hamda bashoratlash samaradorligi davlat byudjetidan xarajatlar miqdorini 1050000 so‘mni tejash imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish