Botirova Nasiba Toxirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tuproqqa asosiy ishlov berish usul va muddatlarida Serhosil biopreparatini qo‘llashning g‘o‘zadagi samaradorligi (Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari misolida)”, 06.01.01 – Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Qx1456
Ilmiy rahbar: Karabaev Ikramjon Turaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy–tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy–tadqiqot instituti, DSc.08/2025.27.12.Qx.01.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Odiljon Olimjonovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor; Karimov Sharofiddin Abdukarimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida tuproqqa turli usul va muddatlarda asosiy ishlov berish hamda Serhosil biopreparatini qo‘llashning g‘o‘za hosildorligiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘za g‘alla (1:1) almashlab ekish tizimida kuzgi bug‘doydan bo‘shagan maydonlarni turli usul va muddatlarda asosiy ishlov berishni tuproq unumdorligiga ta’siri aniqlangan;
kuzgi bug‘doyning hosilini yig‘ishtirib olingandan so‘ng, yozda erga 28-30 sm chuqurlikda diskali omoch yordamida haydov o‘tkazilganda yozda oddiy omoch yordamida haydov o‘tkazilganga nisbatan tuproqning xajm massasi haydov (0-30 sm) qatlamda 0,012 g/sm3 gacha, haydov osti (30-50 sm) qatlamda esa 0,005 g/sm3 gacha kamayishi, g‘ovakligini esa qatlamlarga mos ravishda 0,5-0,2% gacha ortib borishi, tuproqning suv o‘tkazuvchanligi 23,9 m3/ga gacha, tuproqning agronomik jihatdan qulay zarrachalar miqdori (A.J.Q.Z) esa 1,0-0,6 % gacha yuqori bo‘lgani aniqlangan;
kuzgi bug‘doydan so‘ng diskali omoch yordamida 28-30 sm chuqurlikda haydov qilinganda barcha ildiz-ang‘iz qoldiqlarini to‘liq ko‘milishi va qoldiqlarni erta bahorga kelib chirish jarayonini jadal o‘tishi hamda ekish oldidan chigitni Serhosil biopreparati bilan 33 l/t me’yorda ishlov berish natijasida boshqa ishlov berish usullari qo‘llanilganga nisbatan tuproqni haydov (0-30 sm) hamda haydov osti (30-50 sm) qatlamlaridagi gumus miqdori 0,001-0,009 % gacha ortgani aniqlangan;
yozgi muddatda diskali omoch yordamida 28-30 sm chuqurlikda haydov qilinib, erta bahorda ekish oldidan chigitni Serhosil biopreparati bilan 33 l/t me’yorda hamda g‘o‘zaning 3-4 chin barg va shonalash davrida 10 l/ga me’yordan barg orqali oziqlantirilganda chigitlarni unib chiqish darajasi boshqa ishlov berish usullari qo‘llanilganga nisbatan 3,1-12,9 % gacha, o‘simlikni bo‘yi 3,9-18,3 sm gacha, hosil shohlar soni 0,3-1,5 donagacha, shonalar soni 0,4-1,1 donagacha, ko‘saklar soni 1,0-2,2 donagacha, shundan ochilgani 0,9-1,7 donagacha yuqori bo‘lgani aniqlangan;
yozgi muddatda diskali omoch yordamida 28-30 sm chuqurlikda haydov qilinib, ekish oldidan chigitni Serhosil biopreparati bilan 33 l/t me’yorda ishlov berilib, g‘o‘zaning Buxoro-102 navini parvarishlashda 3-4 chin barg va shonalash davrida 10 l/ga me’yordan barg orqali oziqlantirilganda an’anaviy usullarni hamda Serhosil biopreparati qo‘llash natijasida qo‘shimcha 3,8-12,0 s/ga gacha paxta hosili, sof foyda 1,8-6,2 mln. so‘mgacha, rentabellik darajasini esa 8,2-32,0% gacha yuqori bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida, g‘o‘za hosildorligiga kuzgi bug‘doydan so‘ng erga asosiy ishlov berish usul va muddatlari hamda Serhosil biopreparatini ta’siri bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
fermer xo‘jaliklari uchun “Tuproqqa turli usul va muddatlarda ishlov berish fonida Serhosil biopreparatini g‘o‘zada qo‘llash bo‘yicha” mavzusida tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 23-maydagi 02/020-2801-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanoma Toshkent viloyatining paxtachilik va g‘allachilik fermer xo‘jaliklari va klasterlarda g‘o‘za va g‘o‘za majmuidagi ekinlarni parvarishlashda ekish oldidan erga ishlov berishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
tipik bo‘z tuproqlari sharoitida ishlab chiqilgan erga asosiy ishlov berish usul va muddatlari hamda Serhosil biopreparatini qo‘llashni g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri texnologiyasi Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida 50 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 23-maydagi 02/020-2801-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida kuzgi bug‘doydan bo‘shagan maydonlarni yozda sug‘orib, yozgi muddatda diskali omoch yordamida 28-30 sm chuqurlikda xaydov o‘tkazilib, Serhosil biopreparatini ekishdan oldin chigitga 33 l/t me’yorda hamda g‘o‘zaning 3-4 chin barg va shonalash davrida 10 l/ga me’yordan barg orqali oziqlantirilganda, g‘o‘zadan qo‘shimcha 4-5 s/ga hosil olinib, rentabellik darajasi 17,9 % gacha ortishiga erishilgan;
yozgi muddatda diskali omoch yordamida 28-30 sm chuqurlikda xaydov o‘tkazilib, Serhosil biopreparatini ekishdan oldin chigitga 33 l/t me’yorda hamda g‘o‘zaning 3-4 chin barg va shonalash davrida 10 l/ga me’yordan barg orqali oziqlantirish agrotexnologiyasi Piskent tumanida 53 gektar, jami Toshkent viloyati bo‘yicha 103 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 23-maydagi 02/020-2801-son ma’lumotnomasi). Natijada, barcha o‘tmishdosh ekinlar ildiz-ang‘iz qoldiqlarini to‘liq ko‘milishi hamda Serhosil biopreparatini ekishdan oldin chigitga 33 l/t me’yorda hamda g‘o‘zaning 3-4 chin barg va shonalash davrida 10 l/ga me’yordan barg orqali qo‘llash natijasida g‘o‘zadan qo‘shimcha 3,2-3,8 s/ga paxta hosil olinib, rentabellik darajasi 16,7 % gacha ortishiga erishilgan.