Jo‘raeva Kamola Sayfiddinovnananing
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Zamonaviy xalqaro munosabatlarda Kaspiy mintaqasaning geosiyosiy muammolari 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyoting siyosiy muammolari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021/4 PhD/Ss300
Ilmiy rahbar: Sayfullaev Durbek Baxtiyarovich, Tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02
Rasmiy opponentlar:
Ubaydullaeva Saodat Fatxullaevna, siyosiy fanlar doktori, dotsent
Nazirov Muxtor Maxmudovich, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zamonaviy xalqaro munosabatlarga Kaspiy dengizi mintaqasida kechayotgan geosiyosiy jarayonlarning ta’siri hamda uning markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari jumladan, O‘zbekiston uchun ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Markaziy Osiyo va Kaspiy bo‘yi mamlakatlarining xalqaro-siyosiy, mintaqalararo jarayonlarda ishtiroki, davlatlararo munosabatlarda transport va iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirishning “Markaziy Osiyo–Kaspiy mintaqasi” mintaqalararo hamkorlik formatini shakllanish va rivojlanishi nazariy jihatdan asoslangan;
Markaziy Osiyo davlatlarining Kaspiy bo‘yi davlatlari bilan kompleks va uzoq muddatli hamkorligida energetika, transport logistika integratsiyasi, savdo iqtisodiy sherikchilik va madaniy gumanitar aloqalarning barqaror strukturasiga ta’sir etuvchi omillar va shart sharoitlar aniqlangan;
Markaziy Osiyo Kaspiybo‘yi mamlakatlarining manfaatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan “Markaziy Osiyo–Kaspiy mintaqasi” mintaqalararo hamkorlik formatini shakllantirishning hamda barqaror xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish va savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirishning 2030-yilgacha mo‘ljallangan konseptual jihatlari dalillangan;
Markaziy Osiyo va Kaspiybo‘yi mamlakatlarining siyosiy diplomatik, xalqaro transport yo‘laklarini shakllanish jarayonlari va savdo-iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirish, barqaror savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirishning dolzarb masalalarini Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari formati doirasida muntazam muhokama qilib borish taklifi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Markaziy Osiyo va Kaspiy bo‘yi mamlakatlarining xalqaro-siyosiy, mintaqalararo jarayonlarda ishtiroki, davlatlararo munosobatlarda transport va iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirishning “Markaziy Osiyo–Kaspiy mintaqasi” mintaqalararo hamkorlik formatini shakllantirish va rivojlantirish borasidagi tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “O‘zbekiston Respublikasining parlament diplomatiyasi konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2023-yil 18-sentyabrdagi 77-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonning Kaspiybo‘yi davlatlari bilan o‘zaro munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini tizimli o‘rganish va tahlil qilish, shuningdek, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlashning asosiy yo‘nalishlarini aniqlashga xizmat qilgan.
Markaziy Osiyo Kaspiybo‘yi mamlakatlarining manfaatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan “Markaziy Osiyo–Kaspiy mintaqasi” mintaqalararo hamkorlik formatini shakllantirishning hamda barqaror xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish va savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish borasidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 17.09.2025-yildagi 16/383-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonning Kaspiybo‘yi davlatlari bilan o‘zaro munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini tizimli o‘rganish va tahlil qilish, shuningdek, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlashning asosiy yo‘nalishlarini aniqlashga xizmat qilgan.
Markaziy Osiyo va Kaspiybo‘yi mamlakatlarining siyosiy diplomatik, xalqaro transport yo‘laklarini shakllanish jarayonlari va savdo-iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirish, barqaror savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirishning dolzarb masalalarini Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari formati doirasida muntazam muhokama qilib borish takliflaridan Kaspiy mintaqasi davlatlari bilan munosabatlarni rivojlantirishga bag‘ishlangan ilmiy-tahliliy hujjatlarni tayyorlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2024-yil
9-oktyabrdagi 05/1022-son ma’lumotnomasi). Natijada, Kaspiy dengizi bo‘yi davlatlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirishning strategik yo‘nalishlarini aniqlash, transport-logistika aloqalari samaradorligini oshirish borasidagi ilmiy-tahliliy materiallar bazasining boyishiga xizmat qilgan.
Markaziy Osiyo davlatlarining Kaspiy bo‘yi davlatlari bilan kompleks va uzoq muddatli hamkorligida energetika, transport logistika integratsiyasi, savdo iqtisodiy sherikchilik va madaniy gumanitar aloqalarning barqaror strukturasiga ta’sir etuvchi omillar va shart sharoitlar aniqlangani haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2024-yil 9-oktyabrdagi 05/1022-son ma’lumotnomasi). Natijada, Kaspiy dengizi bo‘yi davlatlari bilan savdo iqtisodiy sherikchilik va madaniy gumanitar aloqalar borasidagi ilmiy-tahliliy materiallar salmog‘i ortishiga xizmat qilgan.