Sotimov Yunusbek Turg‘unboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “ Kichik sanoat zonalarning investision jozibadorligini oshirish yo'nalishlari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3785.
Ilmiy rahbar: Buzrukxonov Sarvarxon Munavvarxonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshpulatov Davron Akromovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik sanoat zonalarning investisoin jozibadorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarlar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kichik sanoat zonalarida er maydonlari va bino-inshootlarni elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishda sotib olish to‘lovlarini 24 oy muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berish taklif etilgan;
kichik sanoat zonalar ishtirokchilarining bojxona imtiyozlari qo‘llanilgan holda import qilinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar kichik sanoat zonalar direksiyasi tomonidan murojaat kelib tushganidan boshlab 7 ish kunida tasdiqlash va elektron ravishda Davlat bojxona qo‘mitasiga taqdim etish taklif etilgan;
kichik sanoat zonalari hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investisiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash uchun 150,0 mln AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘larning xalqaro moliya institutlari hisobidan jalb etilishini ta’minlash taklif etilgan;
kichik sanaot zonalarning investision jozibadorligiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarning ekonometrik modellar asosida investisiyalar hajmini oshirishning 2030-yilga qadar pragnoz ko'rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik sanoat zonalarning investisoin jozibadorligini oshirish yo'nalishlari yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik sanoat zonalarida er maydonlari va bino-inshootlarni elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishda sotib olish to‘lovlarini yigirma to‘rt oy muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berish taklifi 2023-2025 yillarga moʻljallangan investisiya dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025 yil 26 iyundagi 04-77-2-00678-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, bu tizimning muvaffaqiyatli ishlashini ta’minlash uchun yuridik jihatdan to‘g‘ri va aniq shartlar ishlab chiqilishi, hamda monitoring va nazorat tizimlarini kuchaytirish zarur. Bu tadbirkorlarning o‘z majburiyatlarini bajarishlarini ta’minlash va tizimning samarali ishlashini kafolatlashga yordam bergan.
kichik sanoat zonalar ishtirokchilarining bojxona imtiyozlari qo‘llanilgan holda import qilinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar kichik sanoat zonalar direksiyasi tomonidan murojaat kelib tushganidan boshlab etti ish kunida tasdiqlash va elektron ravishda Davlat bojxona qo‘mitasiga taqdim etish taklifi 2023-2025 yillarga moʻljallangan investisiya dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025 yil 26 iyundagi 04-77-2-00678-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, ushbu tizimning samarali ishlashini ta’minlash uchun, elektron tizimning xavfsizligi, ishlash tezligi va to‘g‘riligini nazorat qilish zarur. Shuningdek, tadbirkorlar uchun tushunarli va qulay yo‘riqnomalar taqdim etish muhimdir.
kichik sanoat zonalari hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investisiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash uchun 150,0 mln AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘larning xalqaro moliya institutlari hisobidan jalb etilishini ta’minlash taklifi 2023-2025 yillarga moʻljallangan investisiya dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025 yil 26 iyundagi 04-77-2-00678-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, loyihalar mamlakatning iqtisodiy barqarorligini oshirishga, xorijiy savdo imkoniyatlarini kengaytirishga ham yordam bergan.
kichik sanaot zonalarning investision jozibadorligiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarning ekonometrik modellar asosida investisiyalar hajmini oshirishning 2030-yilga qadar pragnoz ko'rsatkichlari ishlab chiqish taklifi (Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025 yil 26 iyundagi 04-77-2-00678-son ma’lumotnomasi). Natijada, Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, 2028 yilga qadar kichik sanoat zonalarining investision jozibadorligini oshirish uchun ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari, iqtisodiy o‘sish va barqaror rivojlanish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.