Abdusherozov Abdullo Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari va ularning bajarilishini ta’minlash yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3733
Ilmiy rahbar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti .
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti , DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Usmonov Qahramonjon Akbaralievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lovchilarning majburiyatlari va ularning bajarilishini ta’minlash yo‘llariga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar soliq majburiyatlarining bajarilishini ta’minlash maqsadida norasmiy band bo‘lgan aholining daromadlarini legallashtirish orqali ijtimoiy soliqni 12 foizdan 1 foiz miqdorida qo‘llash taklif etilgan;
kameral soliq tekshiruvlari natijasida qo‘shimcha hisoblangan soliq summalarini soliq organining tegishli qarori kuchga kirgan sanadan boshlab 6 oy davomida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash taklif etilgan;
soliq to‘lovchilarning majburiyatlarining bajarilishini ta’minlashda soliq ma’muriyatchiligiga axborot texnologiyalarini joriy etish darajasini oshirish lozimligi asoslab berilgan;
soliq intizomini mustahkamlash maqsadida qo‘shilgan qiymat solig‘i zanjirida aniqlangan uzilishlarni aniqlash natijalariga asoslanib sof tushumning 0,2-0,4 foizi miqdorida jarima belgilash taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lovchilarning majburiyatlari va ularning bajarilishini ta’minlash yo‘llarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy izlanishlar asosida:
soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar soliq majburiyatlarining bajarilishini ta’minlash maqsadida norasmiy band bo‘lgan aholining daromadlarini legallashtirish orqali ijtimoiy soliqni 12 foizdan 1 foiz miqdorida qo‘llanilishi taklifi 22-dekabr 2022-yildagi “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi №O‘RQ-813 asosida Soliq kodeksi (2023)ning 4802-moddasida inobatga olingan (O‘zbeksiton Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 30-maydagi 16/1-64229-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, ijtimoiy soliqni 5-toifadagi tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subektlari (yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasa, byudjet tashkiloti va davlat korxonasi, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) 12 foizdan 1 foiz miqdorida qo‘llanilishi mamlakatimizning ayrim hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirish chog‘ida orqali daromadlarni ochiqlashga erishilgan;
kameral soliq tekshiruvlari natijasida qo‘shimcha hisoblangan soliq summalarini soliq organining tegishli qarori kuchga kirgan sanadan boshlab 6 oy davomida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash mexanizmini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 28-dekabr 2023-yildagi “Soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-891-sonli Qonunida inobatga olingan va Soliq kodeksi (2024) SK 100-moddasida) inobatga olingan (O‘zbeksiton Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 30-maydagi 16/1-64229-sonli ma’lumotnomasi). Natijada soliq to‘lovchilarning soliq to‘lovlari yuzasidan soliq intizomiga rioya etuvchilar ulushining o‘sishi, soliq organlarining soliq intizomi yangi talablari asosida soliq to‘lovchilarga to‘lanib beriladigan jarima va ustamalari hamda faoliyat samaradorligidan oladigan rag‘batlari orqali qo‘shimcha manfaatdorliklari paydo bo‘lishi ta’minlandi;
soliq to‘lovchilarning majburiyatlarining bajarilishini ta’minlashda soliq ma’muriyatchiligiga axborot texnologiyalarini joriy etish darajasini oshirish lozimligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24-mart 2022-yildagi “Jahon banki ishtirokida “Soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №PQ-178-sonli Qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, 22-dekabr 2022-yildagi “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi №O‘RQ-813-sonli Qonunida inobatga olingan (O‘zbeksiton Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 30-maydagi 16/1-64229-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi natijasida, qo‘shilgan qiymat solig‘i zanjirini dasturiy mahsulot yordamida tahlil qilgan holda asossiz hisobga olingan yoki qoplab berish so‘ralgan soliq summalari aniqlangan va ularning undirilishi ta’minlangan, elektron hisobvaraq-fakturalar aylanmasida mahsulotlarning identifikatsiya kodlari to‘liq va to‘g‘ri ko‘rsatilishini ta’minlash orqali mahsulot (tovar va xizmatlar) yagona elektron katalogida jami kodlar 454,5 mingdan oshdi. Shundan, mahsulotlar uchun – 453 726 ta, xizmatlar uchun – 853 ta soliq bazasining kengaytirilishiga erishilgan;
soliq intizomini mustahkamlash maqsadida qo‘shilgan qiymat solig‘i zanjirida aniqlangan uzilishlarni aniqlash natijalariga asoslanib sof tushumning 0,2-0,4 foizi miqdorida jarima belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-martdagi “Jahon banki ishtirokidagi “Soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-178-sonli Qarori”da inobatga olingan (O‘zbeksiton Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 30-maydagi 16/1-64229-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi natijasida qo‘shilgan qiymat solig‘i zanjirini dasturiy mahsulot yordamida tahlil qilgan holda asossiz hisobga olingan yoki qoplab berish so‘ralgan soliq summalarini aniqlash va ularning undirilishini ta’minlash, samarasiz soliq imtiyozlarini bekor qilish orqali, elektron hisobvaraq-fakturalar aylanmasida mahsulotlarning identifikatsiya kodlari to‘liq va to‘g‘ri ko‘rsatilishini ta’minlash vositasida soliq bazasini kengaytirish orqali, ayrim tovarlarni markirovkalash tizimini kengaytirish yo‘li bilan tovarlarning yakuniy iste’molchigacha bo‘lgan harakatlanish zanjirini to‘liq nazoratga olish orqali qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirishda yo‘qotishlarning keskin kamayishiga erishildi.