Ashurova Ulg‘o‘zi Isroil qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonga ko‘chirilgan koreyslar: tarix va tahlil (1937-1980-yillarda Surxondaryo viloyati misolida), 07.00.01 – “O‘zbekiston tarixi” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tar2100.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Qabulov Eshbolta Atamuratovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Tar.12.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor; Bobojonova Dilorom Bobojonovna, tarix fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston SSRga deportatsiya qilingan koreyslarning 1937 – 1980-yillarda Surxondaryo oblastidagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tadqiqotda koreyslarning Uzoq Sharqqa ko‘chib kelish sabablari, dastlabki mintaqaviy joylashuvi, XX asrning 30-yillaridan ularga nisbatan kamsituvchi siyosat yuritilishi, xususan, O‘zbekiston SSRga majburiy deportatsiya qilinishi hamda uning asl sabablari va ko‘chirishning amalga oshirilishi bilan bog‘liq jarayonlar aniq tarixiy dalillar asosida ochiqlangan;
koreys diasporasining Surxondaryo hududlariga ilk deportatsiyasi 
1938-yilda amalga oshirilgan bo‘lsa-da, asosiy ko‘chishlar 1950-yillarning o‘rtalaridan jadallashganligi, ko‘chirib keltirilgan oilalar uchun odatda botqoq va o‘zlashtirilmagan erlar ajratilganligi, vohaga ko‘chirilgan koreyslarning xo‘jalikda sholichilik va sabzavotchilik bilan shug‘ullanganligi, uy-joylarning etishmasligi tufayli koreys oilalarning aksariyati tashlandiq kulbalar, er to‘la va otxonalarda yashaganligi, biroq mahalliy aholi tomonidan ko‘rsatilgan amaliy yordam va insoniy ko‘maklar muhojir koreyslarning voha hayotiga moslashuvida muhim omil bo‘lganligi aniqlangan;
vohadagi koreys diasporasi qishloq xo‘jaligida: qandlavlagi, kartoshka, piyoz va poliz ekinlaridan rekord darajada hosil olganligi, ayniqsa respublika qishloq xo‘jaligida yangi ekin turi bo‘lgan kanop (kenaf) etishtirishni ilk bor boshlab berganligi, agrar sohada koreys dehqonlarining omilkorligi muhim o‘rin tutganligi aniq misollar asosida dalillangan;
vohaga ko‘chirilgan koreyslar mahalliy aholi bilan ayrim sohalarda (ishlab chiqarishda, ta’limda) o‘zaro ta’sirga kirishgan bo‘lsa-da, ammo ularning assimilyasiya jarayoni cheklanganligi, shu bois ular o‘zlarining etnik va madaniy xususiyatlarini ma’lum darajada saqlab qolganligi, koreys bolalari uchun ona tilidagi maktablarning tashkil etilmaganligi sababli ular farzandlarini rus maktablariga berishi, bu esa diasporaning o‘z ona tilini unutilishiga sabab bo‘lganligi bilan bog‘liq holatlar ochiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo oblastiga ko‘chirilgan koreyslarning 1937 – 1980-yillardagi tarixiy taqdirini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Tadqiqotda koreyslarning Uzoq Sharqqa ko‘chib kelish sabablari, dastlabki mintaqaviy joylashuvi, XX asrning 30-yillaridan ularga nisbatan kamsituvchi siyosat yuritilishi, xususan, O‘zbekiston SSRga majburiy deportatsiya qilinishi hamda uning asl sabablari va ko‘chirishning amalga oshirilishi bilan bog‘liq jarayonlar masalasiga doir ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 8-yanvardagi 01-44-10-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar deportatsiya bosqichlarining tarixiy sabablari, koreys aholisining joylashtirilishidagi mintaqaviy farqlar va yangi yashash hududlariga moslashishdagi muammolarni keng jamoatchilikka etkazishga xizmat qilgan; 
Koreys diasporasining Surxondaryo hududlariga ilk deportatsiyasi 
1938-yilda amalga oshirilgan bo‘lsa-da, asosiy ko‘chishlar 1950-yillarning o‘rtalaridan jadallashganligi, ko‘chirib keltirilgan oilalar uchun odatda botqoq va o‘zlashtirilmagan erlar ajratilganligi, vohaga ko‘chirilgan koreyslarning xo‘jalikda sholichilik va sabzavotchilik bilan shug‘ullanganligi, uy-joylarning etishmasligi tufayli koreys oilalarning aksariyati tashlandiq kulbalar, er to‘la va otxonalarda yashaganligi, biroq mahalliy aholi tomonidan ko‘rsatilgan amaliy yordam va insoniy ko‘maklar muhojir koreyslarning voha hayotiga moslashuvida muhim omil bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 8-yanvardagi 01-44-10-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarda Surxondaryodagi koreys diasporasining vohaga qay tarzda ko‘chib kelganligi va dastlabki moslashuv jarayonlari bo‘yicha xolisona ilmiy qarash shakllangan.
Vohadagi koreys diasporasi qishloq xo‘jaligida: qandlavlagi, kartoshka, piyoz va poliz ekinlaridan rekord darajada hosil olganligi, ayniqsa respublika qishloq xo‘jaligida yangi ekin turi bo‘lgan kanop (kenaf) etishtirishni ilk bor boshlab berganligi, agrar sohada koreys dehqonlarining omilkorligi muhim o‘rin tutganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “30 iyul – Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O‘zbekiston barchamiz uchun yagona qalb, yagona vatandir” mavzusida ma’naviy – ma’rifiy targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 7-apreldagi 10/178-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’naviy targ‘ibot manbalari boyitilib, keng jamoatchilikka qishloq xo‘jaligida koreyslar tomonidan ilgari surilgan anʼanaviy va zamonaviy usullar, ularning mehnat intizomi, dehqonchilikda omilkorligiga oid xolisona ma’lumotlar shakllantirilgan.
Vohaga ko‘chirilgan koreyslar mahalliy aholi bilan ayrim sohalarda (ishlab chiqarishda, ta’limda) o‘zaro ta’sirga kirishgan bo‘lsa-da, ammo ularning assimilyasiya jarayoni cheklanganligi, shu bois ular o‘zlarining etnik va madaniy xususiyatlarini ma’lum darajada saqlab qolganligi, koreys bolalari uchun ona tilidagi maktablarning tashkil etilmaganligi sababli ular farzandlarini rus maktablariga berishi, bu esa diasporaning o‘z ona tilini unutilishiga sabab bo‘lganligi bilan bog‘liq jihatlardan “30 iyul – Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O‘zbekiston barchamiz uchun yagona qalb, yagona vatandir” mavzusida ma’naviy – ma’rifiy targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 7-apreldagi 10/178-son ma’lumotnomasi). Natijada keng jamoatchilikda voha koreyslarining madaniy hayotiga doir xolisona fikrlar shakllantirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish