Daniyarov Kuatbay Dauirxanovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.      Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish sharoitida tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Iqt349.
Ilmiy maslahatchi: Zaynalov Jahongir Rasulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
 Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xaydarov Nizomiddin Xamroevich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Karimov Norboy G‘anievich;  iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent Gadoev Suxrob Jumaqulovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish sharoitida tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ijobiy kredit va soliq tarixiga ega hamda kichik biznesga ko‘maklashish markazlari yordamida loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini kengaytirish uchun kreditlar ajratishda ularga garov talabi 50 foizga kamaytirilgan tartibda berish taklif etilgan;
tadbirkorlik sub’ektlarining ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va “yashil” iqtisodiyot yo‘nalishidagi mikroloyihalariga tijorat banklari tomonidan 500 mln so‘mgacha ajratilgan kreditlarni qayta moliyalashtirishni ajratilgan kreditning foiz stavkasini 6 foizgacha, biroq Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkagacha kamaytirish taklif etilgan;
tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yo‘nalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan va barcha shartlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan tadbirkorlik sub’ektlari uchun foyda solig‘i stavkasi 2 foiz va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilash taklif etilgan;
olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlarga ajratilgan kreditlarning mos ravishda 1,5 mlrd so‘mdan  5 mlrd so‘mgacha bo‘lgan qismini Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkasigacha qayta moliyalashtirish orqali kompensatsiya to‘lab berish taklif etilgan;
tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlarni qayta moliyalashtirish va tadbirkorlik sub’ektlarini «chempion» tadbirkor toifasiga olib chiqish uchun 300 milliard so‘mgacha byudjet ssudasini ajratib borish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish sharoitida tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ijobiy kredit va soliq tarixiga ega hamda kichik biznesga ko‘maklashish markazlari yordamida loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini kengaytirish uchun kreditlar ajratishda ularga garov talabi 50 foizga kamaytirilgan tartibda berish taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 1 fevraldagi 02-06/9-02/114-sonli dalolatnomasi). Natijada, tadbirkorlar uchun kredit olish shartlari engillashadi, bu esa o‘z navbatida ularning faoliyatini kengaytirish, ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qilgan.
tadbirkorlik sub’ektlarining ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va “yashil” iqtisodiyot yo‘nalishidagi mikroloyihalariga tijorat banklari tomonidan 500 mln so‘mgacha ajratilgan kreditlarni qayta moliyalashtirishni ajratilgan kreditning foiz stavkasini 6 foizgacha, biroq Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkagacha kamaytirish taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 1 fevraldagi 02-06/9-02/114-sonli dalolatnomasi). Natijada, mikroloyihalar uchun kreditlar arzonlashadi va tadbirkorlik sub’ektlarining ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hamda “yashil” iqtisodiyot yo‘nalishidagi loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari kengayagan.
tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yo‘nalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan va barcha shartlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan tadbirkorlik sub’ektlari uchun foyda solig‘i stavkasi 2 foiz va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilash taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 1 fevraldagi 02-06/9-02/114-sonli dalolatnomasi). Natijada, engil sanoat, tikuv-trikotaj va charm-poyabzal tarmoqlari tez rivojlanadi, mahalliy mahsulotlar bozori kengayadi, eksport salohiyati oshadi, aholi bandligi va ish o‘rinlari soni ko‘paygan.
olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlarga ajratilgan kreditlarning mos ravishda 1,5 mlrd so‘mdan 5 mlrd so‘mgacha bo‘lgan qismini Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkasigacha qayta moliyalashtirish orqali kompensatsiya to‘lab berish taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 1 fevraldagi 02-06/9-02/114-sonli dalolatnomasi). Natijada, olis va borish qiyin hududlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning moliyaviy yukini kamaytirish, kreditlar qiymatini arzonlashtirish va ularning iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qilgan.
tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlarni qayta moliyalashtirish va tadbirkorlik sub’ektlarini «chempion» tadbirkor toifasiga olib chiqish uchun 300 milliard so‘mgacha byudjet ssudasini ajratib borish taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 1 fevraldagi 02-06/9-02/114-sonli dalolatnomasi). Natijada, tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning kredit yukini engillashtirish va “chempion” tadbirkor toifasiga ko‘tarilish imkoniyatlarini kengaytirish orqali tadbirkorlik faolligini va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish