Kesimov Davron Bobomurodovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xususiy tibbiy xizmatlarni rivojlantirish va iqtisodiy samaradorligini oshirish (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4776
Ilmiy rahbar: Ergashev Raxmatulla Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.11.03
Rasmiy opponentlar: Ergashev Erkin Iroqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdulloev Asliddin Junaeydulloevich , iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xususiy tibbiy xizmatlarni rivojlantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tibbiy xizmatlar uchun to‘lovlarni ko‘rsatilgan xizmatlarning sifatiga bog‘lash orqali natija uchun iqtisodiy javobgar qilishga asoslangan davlat–sug‘urta–xususiy tibbiy xizmat munosabatlarini amaliy rivojlantirish taklifi ilmiy asoslangan;
xususiy tibbiy xizmatlarga sug‘urta to‘lovining bir kishi uchun mo‘ljallangan bazaviy miqdorini markaz hududlarida o‘zgarishsiz saqlanib, markaz atrofi hududlarida o‘rta, olis va chekka hududlarda esa yuqori darajasini belgilash orqali investisiyaviy jozibadorlikni oshirish imkoniyatlari ilmiy asoslangan;
ijtimoiy natija ko‘rsatkichlari (patsient qoniqishi, klinik natijalar va profilaktik qamrov)ni baholash asosida xususiy sherikning investisiya manfaatlarini kamida besh yil muddatga ta’minlovchi va davlat ulushi 50 foizdan oshmagan davlat-xususiy sherikchilik shaklidagi moliyalashtirish samaradorligi ilmiy asoslangan;
Qashqadaryo viloyatida xususiy tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi muassasalar sonining oshishiga aholi daromadlari va tibbiy xizmatlarga talab o‘sishi, sohada davlat-xususiy sherikchilikning kengayishi hamda raqamli tibbiyot rivoji hisobga olinib 2030-yilgacha prognoz parametrlari ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xususiy tibbiy xizmatlar sohasini rivojlantirish va samaradorligini oshirishda tibbiy xizmatlar bozori amal qilish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
tibbiy xizmatlar uchun to‘lovlarni ko‘rsatilgan xizmatlarning sifatiga bog‘lash orqali natija uchun iqtisodiy javobgar qilishga asoslangan davlat–sug‘urta–xususiy tibbiy xizmat munosabatlarini amaliy rivojlantirish bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi faoliyatida qoʻllanilgan. (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 19-yanvardagi 04-04/781-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish tibbiy xizmatlar to‘lovini sifat va davolash natijasiga bog‘lash orqali Qashqadaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimining iqtisodiy samaradorligi, institutsional javobgarligi va xizmatlar sifati sezilarli darajada oshirildi; 
xususiy tibbiy xizmatlarga sug‘urta to‘lovining bir kishi uchun mo‘ljallangan bazaviy miqdorini markaz hududlarida o‘zgarishsiz saqlanib, markaz atrofi hududlarida o‘rta, olis va chekka hududlarda esa yuqori darajasini belgilash orqali investisiyaviy jozibadorlikni oshirish imkoniyatlari ilmiy asoslanganligi bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi faoliyatida qoʻllanilgan. (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 19-yanvardagi 04-04/781-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi sug‘urta to‘lovlarini hududlar kesimida differensiallashtirish orqali Qashqadaryo viloyatida xususiy tibbiyot uchun investisiyaviy muhit yaxshilandi, tibbiy xizmatlarning hududiy qamrovi kengaydi va sog‘liqni saqlash tizimining umumiy samaradorligi oshirildi;
ijtimoiy natija ko‘rsatkichlari (patsient qoniqishi, klinik natijalar va profilaktik qamrov)ni baholash asosida xususiy sherikning investisiya manfaatlarini kamida besh yil muddatga ta’minlovchi va davlat ulushi 50 foizdan oshmagan davlat-xususiy sherikchilik shaklidagi moliyalashtirish samaradorligi ilmiy asoslanganligi bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi faoliyatida qoʻllanilgan. (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil                              19-yanvardagi 04-04/781-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi asosida ijtimoiy natijalarga asoslangan va investisiya manfaatlarini kafolatlovchi DXSh moliyalashtirish modeli orqali Qashqadaryo viloyatida tibbiy xizmatlar sifati oshirildi, xususiy kapital jalbi kuchaydi hamda davlat moliyaviy majburiyatlari optimallashtirildi;
Qashqadaryo viloyatida xususiy tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi muassasalar sonining oshishiga aholi daromadlari va tibbiy xizmatlarga talab o‘sishi, sohada davlat-xususiy sherikchilikning kengayishi hamda raqamli tibbiyot rivoji hisobga olinib 2030-yilgacha prognoz parametrlari ko‘rsatkichlari  bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi faoliyatida qoʻllanilgan. (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 19-yanvardagi 04-04/781-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi asosida 2030-yilgacha xususiy tibbiy xizmatlar rivojini belgilovchi ilmiy asoslangan prognoz parametrlarining ishlab chiqilishi Qashqadaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimini strategik rejalashtirish, investisiyalarni jalb etish va davlat–xususiy sheriklikni kengaytirish samaradorligini oshirdi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish