Sindarov Fazliddin Kaxramonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Kapital bozorida samarali qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllantirish yo‘llari”, 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5069.
Ilmiy rahbar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01. 
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizamiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xalqaro Nordik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kapital bozorida samarali qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllantirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “investisiya portfelining samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ko‘p mezonli, dinamik va riskka moslashtirilgan funksional sifatida talqin qilinib, likvidlik etarliligi, kapitalni saqlab qolish qobiliyati, diversifikatsiya samarasi omillarini hisobga oluvchi investisiya qarorlarini optimallashtirish va resurslarni qayta taqsimlash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;   
aksiyadorlik tijorat banklari aktivlaridan iborat qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllantirishda ROE ≥ 11,95 %, ROA ≥ 2,14 %, P/E ≥ 5,88 va P/B ≥ 1,19 meʼyorlarini samaradorlik ko‘rsatkichlari sifatida qo‘llash orqali investisiya qarorlarini qabul qilish taklifi asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalardan iborat portfelni shakllantirishda maksimal riskka moslashtirilgan samaradorlik ko‘rsatkichi aniqlangan nuqtadagi portfelning standart chetlanishi bazaviy qiymat sifatida qabul qilinib, portfel riski 0.9σ^*≤σ_portfel≤1.1σ^* oraliqda shakllantirish orqali samaradorligi  〖SR〗_portfel≥0.9〖SR〗^* dan yuqori bo‘lgan investisiya portfelini shakllantirish taklifi asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalaridan iborat investisiya portfelining daromadiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida 2028-yilga qadar prognoz ssenariysi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kapital bozorida samarali investisiya portfelini shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy amaliy va uslubiy taklif hamda tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “investisiya portfelining samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini ko‘p mezonli, dinamik va riskka moslashtirilgan funksional sifatida talqin qilinib, likvidlik etarliligi, kapitalni saqlab qolish qobiliyati, diversifikatsiya samarasi omillarini hisobga oluvchi investisiya qarorlarini optimallashtirish va resurslarni qayta taqsimlash nuqtai nazaridan takomillashtirish bo‘yicha nazariy va uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Portfel menejmenti” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024-yil 24-maydagi 150-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida talabalarda kapital bozorida samarali investisiya portfelini shakllantirish jarayonida mazkur tushunchalarga to‘g‘ri yondashish, ularning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik hamda xususiyatlarini to‘liq hisobga olish imkoni yaratilgan;
aksiyadorlik tijorat banklari aktivlaridan iborat qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllantirishda ROE ≥ 11,95 %, ROA ≥ 2,14 %, P/E ≥ 5,88 va P/B ≥ 1,19 meʼyorlarini samaradorlik ko‘rsatkichlari sifatida qo‘llash orqali investisiya qarorlarini qabul qilish taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATB ning 2025-yil 20-oktyabrdagi 09-3-21/1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida bankning fond bozorida shakllantirayotgan investisiya portfeli barqaror daromadlilik va yuqori rentabellikni ta’minlab, kapitalni samarali joylashtirish va uzoq muddatli qiymat yaratish imkoniyatlarini kengaytirgan;
aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalardan iborat portfelni shakllantirishda maksimal riskka moslashtirilgan samaradorlik ko‘rsatkichi aniqlangan nuqtadagi portfelning standart chetlanishi bazaviy qiymat sifatida qabul qilinib, portfel riski 0.9σ^*≤σ_portfel≤1.1σ^* oraliqda shakllantirish orqali samaradorligi  〖SR〗_portfel≥0.9〖SR〗^* dan yuqori bo‘lgan investisiya portfelini shakllantirish taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan aksiyalardan iborat portfel shakllantirish davomida yuqori samarali portfellar to‘plamini baholashda qo‘llanilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATB ning 2025-yil 20-oktyabrdagi 09-3-21/1-sonli ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida portfeldan kutilayotgan daromad va risk nisbatlari optimal darajada muvozanatlashib, barqaror daromadli va yuqori samarali investisiya imkoniyatlarini baholash imkonini bergan;
aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalaridan iborat investisiya portfelining daromadiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida 2028-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ssenariysi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB  tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATB ning 2025-yil 20-oktyabrdagi 09-3-21/1-sonli ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida investisiya portfelining daromad salohiyati oshib, 2025-2028-yillar davomida barqaror va prognoz qilinadigan daromad oqimlari shakllanib, uzoq muddatli moliyaviy barqarorlik va foydalilik darajasi ta’minlash imkoni yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish