Yuldasheva Madina Tohir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda fiskal vositalardan foydalanishning yo‘llari”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3800
Ilmiy rahbar: Isaev Faxriddin Ikromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01 
Rasmiy opponentlar: Mo‘minova Ma’suda Baxtiyorovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdurahmonov Ilyos Xurshidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda soliq ma’muriyatchiligining samaradorligini baholash va takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
qishloq xo‘jaligi ekinlarining normativ hosildorligiga nisbatan yuqori natijaga erishgan xo‘jaliklarga uch baravargacha kamaytiruvchi, past natijaga erishgan xo‘jaliklar uchun esa uch baravargacha oshiruvchi koeffisientlar orqali differensial soliq solishni joriy etish taklifi asoslangan;
xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lgan dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jaligi korxonalariga 50 foiz miqdorida er solig‘i bo‘yicha maqsadli soliq engilliklarini joriy etish taklif etilgan;
ichki bozorda ishlab chiqarilmaydigan yashil texnologiyalarni import qilishda QQSga 0 foizlik stavka joriy etish orqali chiqindilarni qayta ishlash, utilizatsiya va muqobil energiya ishlab chiqarish sohalariga xorijiy investisiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb etish taklif etilgan;
yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda atrof-muhitning ifloslanishini kamaytirish yo‘nalishida 2026 yilga qadar chiqindilarni saralash va qayta ishlash korxonalari faoliyatini foyda va ijtimoiy soliqqa tortish stavkasini 1%ga qadar pasaytirish taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda fiskal vositalardan foydalanish yo‘llari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
qishloq xo‘jaligi ekinlarining normativ hosildorligiga nisbatan yuqori natijaga erishgan xo‘jaliklarga uch baravargacha kamaytiruvchi, past natijaga erishgan xo‘jaliklar uchun esa uch baravargacha oshiruvchi koeffisientlar orqali differensial soliq solishni joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investisiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-18-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025 yil 12 iyuldagi 16/1-80283-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq yukining adolatli taqsimlanishini ta’minlash, yuqori samaradorlik ko‘rsatgan xo‘jaliklarni iqtisodiy rag‘batlantirish, past samaradorlikka ega sub’ektlarni resurslardan samarali foydalanishga va ekologik talablarga rioya qilishga majburlash imkoni yaratilgan;
xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lgan dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jaligi korxonalariga 50 foiz miqdorida er solig‘i bo‘yicha maqsadli soliq engilliklarini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investisiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-18-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025 yil 12 iyuldagi 16/1-80283-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ekologik toza va xalqaro standartlarga mos mahsulot ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar sonining ortishi, ichki bozorda organik mahsulotlar ulushini ko‘payishi, eksport imkoniyatlarining kengayishi, qishloq hududlarida iqtisodiy faollik va bandlikning oshishi, mamlakat brendining xalqaro bozorda mustahkamlanishi imkoni yaratilgan;
ichki bozorda ishlab chiqarilmaydigan yashil texnologiyalarni import qilishda QQSga 0 foizlik stavka joriy etish orqali chiqindilarni qayta ishlash, utilizatsiya va muqobil energiya ishlab chiqarish sohalariga xorijiy investisiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 24 martdagi “Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-56-son Farmoni bilan Soliq kodeksining 246-moddasining 6-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025 yil 12 iyuldagi 16/1-80283-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yashil texnologiyalar importining arzonlashuvi, innovatsion uskunalarni joriy etishning tezlashuvi, chiqindilarni qayta ishlash va muqobil energiya ishlab chiqarish quvvatlarining ortishi, tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligining oshishi imkoni yaratilgan;
yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda atrof-muhitning ifloslanishini kamaytirish yo‘nalishida 2026 yilga qadar chiqindilarni saralash va qayta ishlash korxonalari faoliyatini foyda va ijtimoiy soliqqa tortish stavkasini 1%ga qadar pasaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 24 martdagi “Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-56-son Farmoni bilan Soliq kodeksining 426-moddasi ikkinchi qismi 11-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025 yil 12 iyuldagi 16/1-80283-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida chiqindilar aylanishi tizimini to‘liq qamrab olish, qayta ishlash sohasiga xususiy investisiyalarni jalb qilish, ekologik infratuzilmani rivojlantirish, aholi uchun sog‘lom va toza muhit hosil qilish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish