Tangriev Izzat Raxmatullaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Raqamli iqtisodiyot sharoitida bank xizmatlari jozibadorligini oshirish yo‘nalishlari»,
08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5074
Ilmiy rahbar: Gadoev Erkin Fayzievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12 I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Alimardonov Ilxom Muzrobshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Axmedov Akbarali Sultonmurodovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent,
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida bank xizmatlari jozibadorligini oshirish yo‘nalishlari maqsadlarini asoslash hamda mijozga yo‘naltirilgan banklar raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan transformatsiya vositalarini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
masofaviy xizmat ko‘rsatishga asoslangan mobil ilova va veb sahifa orqali yuridik shaxslarga masofadan hisob-varaq ochish, boshqarish va to‘lovlarni amalga oshirish, kartoteka hisobini yuritish va kuzatib borish, platformani korxonaning buxgalteriya dasturlari va raqamli hujjat aylanmasi tizimi bilan integrasiya qilish orqali bank xizmatlari jozibadorligini oshirish taklifi asoslangan;
tijorat banki mijozlari uchun hisob-fakturalar almashinuvi hamda xujjatlarni
MyID orqali tasdiqlash tizimini joriy qilish orqali bank xizmatlari ko‘rsatish jarayonining avtomatlashtirish va bankning operatsion xarajatlarini qisqartirish taklifi ishlab chiqilgan;
tijorat banklari tomonidan bank xizmatlari, dasturiy mahsulotlar hamda to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilishni kengaytirish orqali raqamli bank tizimini amaliyotga joriy qilish taklifi ishlab chiqilgan;
mijozga masofadan bitta ilova orqali boshqa banklardagi mavjud hisobvaraqlarini ko‘rish, hujjatlar elektron almashinuvi, onlayn ravishda mablag‘lar rasmiylashtirish va mablag‘larni ishlatishni amalga oshirishni joriy qilish orqali tijorat banki tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatishni yanada qulaylashtirish taklifi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida bank xizmatlari jozibadorligini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
masofaviy xizmat ko‘rsatishga asoslangan mobil ilova va veb sahifa orqali yuridik shaxslarga masofadan hisob-varaq ochish, boshqarish va to‘lovlarni amalga oshirish, kartoteka hisobini yuritish va kuzatib borish, platformani korxonaning buxgalteriya dasturlari va raqamli hujjat aylanmasi tizimi bilan integrasiya qilish orqali bank xizmatlari jozibadorligini oshirish taklifi “Agrobank” ATB amaliyotiga joriy etilgan (“Agrobank” ATBning 2025-yil 10-dekabrdagi 14-14/1021-1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mobil ilova orqali 2024 – yilda 172 mingta hamda 2025 – yil 1 – dekabr holatiga 179 mingdan ko‘proq yuridik shaxalarga xizmat ko‘rsatish imkoni yaratilgan;
mijozlarning bankka ishonchi o‘ziga xos ravishda meʼyorlanadigan, hisoblanadigan integral indeks sifatida namoyon etuvchi “isteʼmolchi ishonchi” indeksi hamda bank krediti
va depozit shartlarini iqtisodiy mazmunan shaffof tarzda aks ettiruvchi “ochiq risk pasporti” tizimini joriy etish taklifi “Agrobank” ATB amaliyotlariga joriy etilgan (“Agrobank” ATBning 2025-yil 10-dekabrdagi 14-14/1021-1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan
2023-2025-yillar mobaynida mobil ilova va veb-sahifa orqali mijozlarga masofaviy ko‘rsatilgan xizmatlar o‘sishga erishilib, raqamli bank xizmatlarining jozibadorligi va ko‘lamining oshishiga, ommabobligi va tezkorligini ta’minlashga, xizmat ko‘rsatish jarayonining soddalashishiga
va osonlashishiga imkon yaratilgan;
mijozning tijorat banki bilan munosabatlari o‘zgarishini uning bank uchun strategik qiymati orqali hisobga oluvchi “mijoz qiymati koeffisienti”ni belgilash hamda mazkur ko‘rsatkich yuqori bo‘lgan mijozlar uchun nisbatan qulay komissiyalar va tabaqalashtirilgan foiz stavkalarini avtomatik ravishda qayta hisoblash va tarif paketini yangilab borish taklifi “Agrobank” ATB amaliyotiga joriy etilgan (“Agrobank” ATBning 2025-yil 10-dekabrdagi
14-14/1021-1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan 2024 yil uchun jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish reglamenti ishlab chiqilib, 2021-2025-yillarda masofadan bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi tizimlardan foydalanuvchilarning soni 2021-yilga nisbatan 2025-yilda 3,2 barobarga o‘sishiga erishilgan;
tijorat banklari tomonidan bank xizmatlari ko‘rsatishda dasturiy mahsulotlar hamda to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilishni kengaytirish, raqamli bank tizimini amaliyotga joriy qilish imkoniyatlarini ifodalovchi ekonomertik model asosida “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi “Agrobank” ATB amaliyotiga joriy etilgan (“Agrobank” ATBning 2025-yil 10-dekabrdagi 14-14/1021-1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tijorat banklari tomonidan bank xizmatlari ko‘rsatishda dasturiy mahsulotlar hamda to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilishni kengaytirish, raqamli bank tizimini amaliyotga joriy qilish asosida istiqbol parametrlarining o‘zgarishi va muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.