Karabaev Sanjar Abdusamatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sog‘liqni saqlash sohasida davlat xususiy sheriklik asosidagi investisiya loyihalarini moliyalashtirishni takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Iqt783.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Narboy Ganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdikarimova Dinara Rustamxanovna, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik asosidagi investisiya loyihalarini moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy va amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sog‘liqni saqlash sohasida DXSh loyihasi ulushli moliyalashtirish qiymatini O‘zbekiston Respublikasi suveren xalqaro obligatsiyalarining avvalgi tartibga solish davri uchun o‘rtacha foiz stavkasi sifatida aniqlash taklif qilingan;
umumiy qiymati 10 million AQSh dollarigacha bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari konsepsiyasini vakolatli davlat organi bilan kelishilganidan so‘ng, besh ish kuni ichida davlat sherigi tomonidan tasdiqlash asosida moliyalashtirish mexanizmi taklif etilgan;
sog‘liqni saqlash sohasida DXSh loyihalari imtiyozli kreditlashni tijorat banklari investor tomonidan kiritiladigan investisiyalar umumiy hajmining 80 foizidan kam bo‘lmagan miqdorida xorijiy investisiya kiritish sharti bilan amalga oshirishi zarurligi asoslangan;
sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sherikchilik loyihalarini kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasi miqdoridagi foiz stavkasiga tijorat bankining 2 foizdan ko‘p bo‘lmagan marjani qo‘shgan holda taqdim etish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish va moliyalashtirishga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik tahlili asosida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Sog‘liqni saqlash sohasida davlat xususiy sheriklik asosidagi investisiya loyihalarini moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sog‘liqni saqlash sohasida DXSh loyihasi ulushli moliyalashtirish qiymatini O‘zbekiston Respublikasi suveren xalqaro obligatsiyalarining avvalgi tartibga solish davri uchun o‘rtacha foiz stavkasi sifatida aniqlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2019-yil 21-oktyabrda tasdiqlangan “Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi bo‘yicha uslubiy qo‘llanma”da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 14-avgustdagi 05-28/18774-son ma’lumotnomasi). Natijada sog‘liqni saqlash sohasida DXSh loyihasi ulushli moliyalashtirish qiymatini aniqlash metodologiyasi takomillashtirilgan;
umumiy qiymati 10 million AQSh dollarigacha bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari konsepsiyasini vakolatli davlat organi bilan kelishilganidan so‘ng, besh ish kuni ichida davlat sherigi tomonidan tasdiqlash asosida moliyalashtirish mexanizmi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktyabrdagi 720-son “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 3-ilovasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 14-avgustdagi 05-28/18774-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat sherigi tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish, xususiy sherikni tanlash, moliyalashtirish va loyihani amalga oshirish mexanizmi takomillashtirilgan;
sog‘liqni saqlash sohasida DXSh loyihalari imtiyozli kreditlashni tijorat banklari investor tomonidan kiritiladigan investisiyalar umumiy hajmining 80 foizidan kam bo‘lmagan miqdorida xorijiy investisiya kiritish sharti bilan amalga oshirishi zarurligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-apreldagi PQ-4290-son “Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 14 avgustdagi 05-28/18774-son ma’lumotnomasi). Natijada DXSh asosida tijorat banklari tomonidan investisiya loyihalarini moliyalashtirish metodologiyasi takomillashtirilgan.;
sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sherikchilik loyihalarini kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasi miqdoridagi foiz stavkasiga tijorat bankining 2 foizdan ko‘p bo‘lmagan marjani qo‘shgan holda taqdim etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktyabrdagi 720-son “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 3-ilovasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 14-avgustdagi 05-28/18774-son ma’lumotnomasi). Natijada tijorat banklari tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirish mexanizmi takomillashtirilgan;
O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish va moliyalashtirishga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik tahlili asosida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishga doir idoraviy hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 14-avgustdagi 05-28/18774-son ma’lumotnomasi). Natijada sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish va moliyalashtirishda oid ko‘rsatkichlarni muvofiqlashtirish metodologiyasi takomillashtirilgan;