Norov Murodjon Maxmudovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa sanoatida raqamli  xizmatlarni rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5683
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Shohijahon Xudoyor o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.11.03
Rasmiy opponentlar:
Jo‘raev Farrux Do‘smurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor;
Matyoqubova Dilfuza  Olimboevna, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
 Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Turizm xizmatlarida raqamli marketingni qo‘llash orqali daromadni oshirishda mintaqaviy turizm muammolar echimlari yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat korxonalarida raqamli xizmat ko‘rsatish tezkorligi (X1), ishonchliligi (X2), qulayligi (X3) va raqamli xavfsizlik (X4) ko‘rsatkichlarini integral baholashga asoslangan sifat parametrlari koeffisienti (Kₛₚ)ning optimal chegarasi (Kₛₚ ≥ 0,80) ni ta’minlash orqali boshqaruv qarorlarining samaradorligini oshirish imkoniyatlari ilmiy asoslangan;
elektron axborot tizimlari orqali amalga oshirilgan operatsiyalarga sarflangan vaqt ulushiga asoslangan koeffisient orqali sanoat korxonalarida raqamlashuv darajasining meyoriy chegaralarini baholash taklifi ilmiy asoslangan;
sanoat korxonalarida elektron operatsiyalarga sarflangan vaqt ulushi koeffisienti (Kₑᵥᵤ)ning Kₑᵥᵤ ≥ 0.50 darajaga etishi raqamli xizmatlarni qarorlar qabul qilish jarayonida asosiy omilga aylantirishi ilmiy asoslangan;
Qashqadaryo viloyatida raqamli xizmatlar bozori faoliyatini tavsiflovchi xizmatlar hajmi, foydalanuvchilar soni, onlayn tranzaksiyalar ulushi va daromad ko‘rsatkichlari asosida 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa sanoatida raqamli xizmatlarni rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sanoat korxonalarida raqamli xizmat ko‘rsatish tezkorligi (X1), ishonchliligi (X2), qulayligi (X3) va raqamli xavfsizlik (X4) ko‘rsatkichlarini integral baholashga asoslangan sifat parametrlari koeffisienti (Kₛₚ)ning optimal chegarasi (Kₛₚ ≥ 0,80) ni ta’minlash orqali boshqaruv qarorlarining samaradorligini oshirish imkoniyatlari bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish va amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 30-sentyabrdagi 07-07/8445-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sanoat korxonalarida raqamli xizmatlar sifati Kₛₚ ≥ 0,80 darajasiga etkazilib, boshqaruv qarorlarining tezkorligi va samaradorligi oshirildi hamda Qashqadaryo viloyati sanoat korxonalarining raqamli raqobatbardoshligi kuchaytirildi. 
elektron axborot tizimlari orqali amalga oshirilgan operatsiyalarga sarflangan vaqt ulushiga asoslangan koeffisient orqali sanoat korxonalarida raqamlashuv darajasining meyoriy chegaralarini baholash bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish va amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 30-sentyabrdagi 07-07/8445-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida elektron axborot tizimlari orqali bajarilgan operatsiyalar vaqt ulushiga asoslangan koeffisient yordamida sanoat korxonalarida raqamlashuv darajasi ob’ektiv baholandi, me’yoriy chegaralar aniqlandi va boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish imkoniyati yaratildi;
sanoat korxonalarida elektron operatsiyalarga sarflangan vaqt ulushi koeffisienti (Kₑᵥᵤ)ning Kₑᵥᵤ ≥ 0.50 darajaga etishi raqamli xizmatlarni qarorlar qabul qilish jarayonida asosiy omilga aylantirishi bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish va amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 30-sentyabrdagi 07-07/8445-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida pudratchi kompaniyalar, onlayn bozor va riteylerlar o‘rtasida integratsiyalashgan tizimni shakllantirish orqali raqamli xizmatlar bozori logistikasini takomillashtirish va etkazib berish tezlashadi hamda raqamli xizmatlar bozorini rivojlantirishga imkoni yaratilgan.
Qashqadaryo viloyatida raqamli xizmatlar bozori faoliyatini tavsiflovchi xizmatlar hajmi, foydalanuvchilar soni, onlayn tranzaksiyalar ulushi va daromad ko‘rsatkichlari asosida 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilganligi bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish va amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 30-sentyabrdagi 07-07/8445-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyatida raqamli xizmatlar bozorining o‘rta muddatli rivojlanish istiqbollari aniq belgilandi, boshqaruv qarorlarini oldindan rejalashtirish hamda investisiya va hududiy rivojlanish siyosatini asoslash imkoniyati yaratildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish