Vaydullaev Ilyos Hamidulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat korxonalarida industry 4.0 konsepsiyasini joriy etishning istiqbolli yo‘nalishlari”, 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4615
Ilmiy rahbar: Sindarov Sherzod Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti:
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.03
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidasror Saidaxmedovich, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mo‘minov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes
va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida bilimlarni boshqarish tamoyillari asosida Industry 4.0 texnologiyalarini joriy etish uchun innovatsion strategik rejalashtirish vositalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “Industry 4.0 konsepsiyasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni raqamli texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayonlari, ta’minot zanjirlari va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasiga chuqur integratsiya qilish orqali sanoat tarmoqlarida resurslardan foydalanish samaradorligini keskin oshirishni bilimlar kapitalini shakllantirish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
sanoat korxonalarida raqamli ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlari katta ma’lumotlar tahliliga asoslangan strategik rejalashtirishning yangi modeli hamda raqamli texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayonlariga chuqur integratsiya qilish orqali energiya sarfidan tejam (ES = 6-8%), resurslardan foydalanish koeffisientining o‘sishi (FK = 11%), etkazib berish ishonchliligi yaxshilanishi (EI = 20%)ning miqdoriy chegaralari asoslangan;
sanoat korxonalarida raqamli rivojlanish platformasini joriy etish orqali raqamli tahlil jarayonini avtomatlashtirish hamda korxonalar faoliyatini iqtisodiy, texnik va texnologik jihatdan kompleks baholashni ta’minlash asosida platforma ma’lumotlarni qayta ishlash tezligini
2,5 baravar, tahlil aniqligini esa 3 barobarga oshirish taklifi ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston sanoatida raqamli o‘sishning istiqbolli yo‘nalishlariga ta’sir etuvchi asosiy omillarni ekonometrik modellashtirish hamda raqamli transformatsiya ssenariylari ishlab chiqish asosida iqtisodiy samaradorligi dinamikasining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida Industry 4.0 texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “Industry 4.0 konsepsiyasi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini raqamli texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayonlari, ta’minot zanjirlari va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasiga chuqur integratsiya qilish orqali sanoat tarmoqlarida resurslardan foydalanish samaradorligini keskin oshirishni bilimlar kapitalini shakllantirish nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Sanoat-4.0 va ijtimoiy soha-5.0” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024-yil 27-dekabrdagi 448-08-son buyrug‘iga asosan). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda sanoat tarmoqlarida resurslardan foydalanish samaradorligini keskin oshirishni bilimlar kapitalini shakllantirish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “Industry 4.0 konsepsiyasi” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
sanoat korxonalarida raqamli ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlari katta ma’lumotlar tahliliga asoslangan strategik rejalashtirishning yangi modeli hamda raqamli texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayonlariga chuqur integratsiya qilish orqali energiya sarfidan tejam (ES = 6-8%), resurslardan foydalanish koeffisientining o‘sishi (FK = 11%), etkazib berish ishonchliligi yaxshilanishi (EI = 20%)ning miqdoriy chegaralarini asoslash bo‘yicha ilmiy taklif O‘zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalari vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalari vazirligining 
2025-yil 16-oktyabrdagi 33-8/7457-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sanoat korxonalarida raqamli ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlarida katta ma’lumotlar tahliliga asoslangan strategik rejalashtirishning yangi modeli qo‘llash  orqali samaradorlikni oshirish imkoni yaratilgan;
sanoat korxonalarida raqamli rivojlanish platformasini joriy etish orqali raqamli tahlil jarayonini avtomatlashtirish hamda korxonalar faoliyatini iqtisodiy, texnik va texnologik jihatdan kompleks baholashni ta’minlash asosida platforma ma’lumotlarni qayta ishlash tezligini 
2,5 baravar, tahlil aniqligini esa 3 barobarga oshirish taklifi “O‘zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalari vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalari vazirligining 2025-yil 16-oktyabrdagi 33-8/7457-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sanoat korxonalarida raqamli rivojlanish platformasini joriy etish orqali platforma ma’lumotlarni qayta ishlash tezligi va tahlil aniqligini oshirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston sanoatida raqamli o‘sishning istiqbolli yo‘nalishlariga ta’sir etuvchi asosiy omillarni ekonometrik modellashtirish hamda raqamli transformatsiya ssenariylari ishlab chiqish asosida iqtisodiy samaradorligi dinamikasining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalari vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalari vazirligining
2025-yil 16-oktyabrdagi 33-8/7457-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sanoatda raqamli o‘sish hamda raqamli transformatsiya ssenariylari asosida iqtisodiy samaradorlikning istiqboldagi parametrlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni baholash va ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish