Marufova Munira Egamqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogik diagnostika vositasida tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining axloqiy sifatlarini rivojlantirish tizimini takomillashtirish”, 13.00.08 –Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD.Ped2788
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha talim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini kayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna Pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.07.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraximova Dilfuza Alievna - pedagogika fanlari doktori, professor; Nosirova Ra’no Xamidovna - pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogik diagnostika vositasida tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining axloqiy sifatlarini rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogik diagnostika vositasida tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining axloqiy sifatlarini rivojlantirish tizimining didaktik imkoniyatlari aniqlanib, axloqiy rivojlanishni muntazam kuzatish, tahlil qilish va korreksiyalashga xizmat qiluvchi faol diagnostik-monitoring mexanizmi “Montessori learning”, “Waldorf learning” va “Reggio Emilia learning” yondashuvlari asosida ishlab chiqilgan;
pedagogik diagnostika asosida tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining axloqiy sifatlarini rivojlantirish modeli yangilanib, guruh ichida ehtiyojga ko‘ra differensial ta’sir ko‘rsatish, ota-onalar bilan diagnostik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bolalarning axloqiy qadriyatlarga ongli munosabatini shakllantirishga qaratilgan kognitiv–emotsional–behavorial uchlikka asoslangan kompleks struktura sifatida takomillashtirilgan;
tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining axloqiy sifatlarini rivojlantirish metodikasi pedagogik diagnostika asosida qayta ishlab chiqilib, maktabgacha ta’lim muhitining estetik, psixologik va ijtimoiy omillarini uyg‘unlashtirgan integrativ tarbiyaviy model, tarbiyalanuvchilarda axloqiy dunyoqarash, rolli o‘yinlar, axloqiy vaziyatlar, refleksiv tahlil va ijodiy-topshiriqli ijtimoiy-emotsional savodxonlik hamda “pedagogik harakat ruletkasi” orqali takomillashtirilgan;
pedagogik diagnostika asosida tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining axloqiy sifatlarini rivojlantirish metodikasining samaradorligi ertak terapiya, art-terapiya, rolli o‘yinlar, munozara, axloqiy vaziyatli topshiriqlar va individual rivojlanish traektoriyalarini integratsiyalash orqali bolalarning axloqiy xulqini barqaror rivojlantirishga xizmat qiluvchi “Emergent” (past), “Adaptive” (o‘rta) va “Internalized” (yuqori) mezonlari asosida amalga oshirilib, bolalarning axloqiy tasavvurlari, emotsional–qadriyavtli munosabati va amaliy xulq-harakat barqarorligi optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik diagnostikadan foydalanish metodikasini maktabga tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilarining axloqiy sifatlarini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
pedagogik diagnostika vositasida tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining axloqiy sifatlarini rivojlantirish tizimining didaktik imkoniyatlari aniqlanib, axloqiy rivojlanishni muntazam kuzatish, tahlil qilish va korreksiyalashga xizmat qiluvchi faol diagnostik-monitoring mexanizm “Metodik tizimda kompyuter immitatsion modellari asosidagi virtual resurslarni yaratish va imkoniyati cheklangan yoshlar ta’limida joriy etish" nomli innovatsion loyiha grant doirasidagi topshiriqlarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 4-iyuldagi 03-297-sonli ma’lumotonmasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining axloqiy sifatlarini rivojlantirishga erishilgan;
pedagogik diagnostika asosida tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining axloqiy sifatlarini rivojlantirish, guruh ichida ehtiyojga ko‘ra differensial ta’sir ko‘rsatish, ota-onalar bilan diagnostik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bolalarning axloqiy qadriyatlarga ongli munosabatini shakllantirishga qaratilgan kognitiv–emotsional–behavorial uchlikka asoslangan kompleks strukturaviy modeldan “Maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagogik diagnostikadan foydalanish” nomli ta’lim platformasi (O‘zbekiston Respublikasining Dasturiy mahsulotlar davlat reestrida 01.02.2022 y. ro‘yxatdan o‘tkazilgan. № DGU14405 raqamli guvoxnoma olingan)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2023 yil 4-iyuldagi 03-297-sonli ma’lumotonmasi). Natijada maktabga tayyorlov guruhlari didaktik jarayonlaridagi ta’limi tarbiyaviy jarayonlarga tatbiq qilindi;
tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining axloqiy sifatlarini rivojlantirish metodikasi pedagogik diagnostika asosida qayta ishlab chiqilib, maktabgacha ta’lim muhitining estetik, psixologik va ijtimoiy omillarini uyg‘unlashtirgan integrativ tarbiyaviy model, tarbiyalanuvchilarda axloqiy dunyoqarash, rolli o‘yinlar, axloqiy vaziyatlar, refleksiv tahlil va ijodiy-topshiriqli ijtimoiy-emotsional savodxonlik hamda “pedagogik harakat ruletkasi” asosida “Maktabgacha ta’limda pedagogik diagnostika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirildi. (Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 6-sentyabrdagi 333-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik diagnostikadan foydalanish metodikasi yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishda va tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining axloqiy sifatlarini rivojlantirishda foydalanilgan.
pedagogik diagnostika asosida tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining axloqiy sifatlarini rivojlantirish metodikasining samaradorligi ertak terapiya, art-terapiya, rolli o‘yinlar, munozara, axloqiy vaziyatli topshiriqlar va individual rivojlanish traektoriyalarini integratsiyalash orqali bolalarning axloqiy xulqini barqaror rivojlantirishga xizmat qiluvchi “Emergent” (past), “Adaptive” (o‘rta) va “Internalized” (yuqori) mezonlardan tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining axloqiy sifatlarini ravojlanganlik darajasini baholashda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2023 yil 4-iyuldagi 03-297-sonli ma’lumotonmasi). Natijada MTT didaktik jarayonlari samaradorligini oshirishga erishildi, maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida insoniy va yuksak axloqiy kategoriyalarining darajalari aniqlandi.