Ibragimov Bobir Mansurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kompyuter dasturlari vositasida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy malakalarini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa ta’limi) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8187.
Ilmiy rahbar: Panjiev Qurbonniyoz Berdievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.11/2025.27.12.San.02.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, (DSc), dotsent; Yuldoshev Umid Yuldoshevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining kompyuter dasturlari vositasida kasbiy malakalarini takomillashtirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining kompyuter dasturlari vositasida kasbiy  malakalarini takomillashtirishning musiqiy-ijodiy faoliyat samaradorligi kompyuter dasturlari vositasida o‘zaro qayta aloqaga kirishish barqarorligi yuqori darajasi doimiyligini ta’minlashning prakseologik uzviyligini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining kompyuter dasturlari vositasida kasbiy malakalarini takomillashtirishda singdirilgan refleksiv mexanizmlari cholg‘u va xonandalik asarlarini nota muharriri dasturlarida nota matniga tushurishning individual ta’lim traektoriyasini va faol musiqiy terapiyani barqaror qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining kompyuter dasturlari vositasida kasbiy malakalarini takomillashtirishning modeli kreativ tendensiyalar sifatlarini pedagogik muhit va individual-psixologik xususiyatlariga refleksiv moslashtirish hamda ularning ijodkorlik darajasining diagnostik strategiyasi kollobrativligini refleksiv ta’minlash asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining kompyuter dasturlari vositasida bosqichma- bosqich takomillashtirishligini ierarxik tartibda tuzilgan diagnostik o‘quv maqsadlari orqali nazariy-empirik jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining kompyuter dasturlari vositasida kasbiy malakalarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining kompyuter dasturlari vositasida kasbiy  malakalarini takomillashtirishning musiqiy-ijodiy faoliyat samaradorligi kompyuter dasturlari vositasida o‘zaro qayta aloqaga kirishish barqarorligi yuqori darajasi doimiyligini ta’minlashning prakseologik uzviyligini aniqlash asosida takomillashtirishga oid xulosa va takliflardan “Sibelius 8.0 nota muharriri dasturida ishlash metodikasi” elektron axborot ta’lim resursini yaratishda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 11-apreldagi 02-11-17-1215-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarda kasbiy musiqiy malakalarini takomillashtirish jarayonining pedagogik imkoniyatlaridan foydalanish va amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari oshirilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining kompyuter dasturlari vositasida kasbiy malakalarini takomillashtirishda singdirilgan refleksiv mexanizmlari cholg‘u va xonandalik asarlarini nota muharriri dasturlarida nota matniga tushurishning individual ta’lim traektoriyasini va faol musiqiy terapiyani barqaror qo‘llash asosida aniqlashtirilgan takliflar bo‘yicha “Notirovanie” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2025-yil 12-martdagi 01-04/15-61-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini komyuter dasturlari vositasida kasbiy malaklarini individual takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining kompyuter dasturlari vositasida kasbiy malakalarini takomillashtirishning modeli kreativ tendensiyalar sifatlarini pedagogik muhit va individual-psixologik xususiyatlariga refleksiv moslashtirish hamda ularning ijodkorlik darajasining diagnostik strategiyasi kollobrativligini refleksiv ta’minlash asosida takomillashtirilgan takliflar negizida “Notalashtirish” o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 22-yanvardagi 02/01-01-28-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining kompyuter dasturlari vositasida kasbiy malakalarini takomillashtirishga oid eksperimental taqqoslash va uning samaradorligini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining kompyuter dasturlari vositasida bosqichma- bosqich takomillashtirishligini ierarxik tartibda tuzilgan diagnostik o‘quv maqsadlari orqali nazariy-empirik jihatdan isbotlangan takliflar asosida “Notirovanie” o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 22-yanvardagi 02/01-01-28-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda kompyuter dasturlari vositasida nota muharriri dasturida ishlash malakalarini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish