Avezbaeva Jamila Muxtarbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Integrativ yondashuv asosida nasriy asarlarni o‘qitish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2. PhD/Ped 8587
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdullaev Xamro Dauletbaevich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Yuldasheva Shaxlo Shukrullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Hamroev Gʻofir Hasanovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nasriy asarlarni integrativ yondashuv asosida o‘qitishda o‘quvchilarning adabiy-estetik tafakkuri va matnni interpretatsiya qilish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi, xalqaro baholash mezonlariga moslashuvchan pragmatik o‘quv topshiriqlari ustida ishlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nasriy asarlarni o‘qitishda integrativ yondashuv (adabiyot va boshqa san’at turlari, fanlararo aloqalar) asosida matnni interpretatsiya qilish va muallif konsepsiyasini anglashga yo‘naltirilgan pragmatik o‘quv topshiriqlar tizimi ishlab chiqilib, o‘quvchilarning tahlil qilish mahorati va o‘qish savodxonligini intensiv oshirishdagi samaradorligi aniqlangan;
adabiy ta’limda amaldagi o‘quv topshiriqlarining xalqaro baholash mezonlariga mosligini o‘rganish asosida o‘quvchilarning matn va matndan tashqaridagi (kontekstual) ma’lumotlarni qiyoslash, matn osti ma’nolarini kalit so‘zlar yordamida aniqlash ko‘nikmalarini shakllantirishda integrativ xarakterdagi o‘quv topshiriqlarining metodik imkoniyatlari va didaktik ahamiyati ochib berilgan;
nasriy matnlar tahlili orqali o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash, mushohada qilish va nazariy bilimlarni amalda qo‘llash malakasini tizimli oshirishga xizmat qiluvchi o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishning integrativ modeli pragmatik o‘quv topshiriqlariga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan;
adabiyot darslarida o‘quvchilarning o‘qib tushunish kompetensiyasini shakllantirish vositasi sifatida nasriy asarlarni o‘qitishning metod, usul va texnologiyalari integrativ yondashuv (san’at turlari, fanlararo aloqa, matnlararo tahlil) tamoyili asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integrativ yondashuv asosida nasriy asarlarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nasriy asarlarni o‘qitishda integrativ yondashuv (adabiyot va boshqa san’at turlari, fanlararo aloqalar) asosida matnni interpretatsiya qilish va muallif konsepsiyasini anglashga yo‘naltirilgan pragmatik o‘quv topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, o‘quvchilarning tahlil qilish mahorati va o‘qish savodxonligini intensiv oshirishga oid takliflardan 10–11-sinf adabiyot darslarida o‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish va baholash jarayonida foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 16-sentyabrdagi 01/11-11-631-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablari adabiyot darslari uchun o‘quvchilarning matnni tahlil qilish mahoratini oshiruvchi topshiriqlar tizimi takomillashtirilgan.
adabiy ta’limda amaldagi o‘quv topshiriqlarining xalqaro baholash mezonlariga mosligini o‘rganish asosida o‘quvchilarning matn va matndan tashqaridagi (kontekstual) ma’lumotlarni qiyoslash, matn osti ma’nolarini kalit so‘zlar yordamida aniqlash ko‘nikmalarini shakllantirishda integrativ xarakterdagi o‘quv topshiriqlarining metodik imkoniyatlari va didaktik ahamiyatiga oid ilmiy metodik xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpogʻiston filiali tomonidan amalga oshirilgan “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpogʻiston filialining 2025-yil 25-martdagi 122-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihada badiiy asarlar tahlili orqali yoshlarni ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashning metodik ta’minoti qismi boyitilgan;
nasriy matnlar tahlili orqali o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash, mushohada qilish va nazariy bilimlarni amalda qo‘llash malakasini tizimli oshirishga xizmat qiluvchi o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishning integrativ modeli pragmatik o‘quv topshiriqlariga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan metodik tavsiyalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpogʻiston filiali tomonidan olib borilgan F3-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfavit va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpogʻiston filialining 2025-yil 25-martdagi 123-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning adabiyot darslarida integrativ xarakterdagi o‘quv topshiriqlarini yaratish metodikasi qismi takomillashtirilgan.
adabiyot darslarida o‘quvchilarning o‘qib tushunish kompetensiyasini shakllantirish vositasi sifatida nasriy asarlarni o‘qitishning metod, usul va texnologiyalari integrativ yondashuv (san’at turlari, fanlararo aloqa, matnlararo tahlil) tamoyili asosida takomillashtirish natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanali ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanalining 2025-yil 4-iyundagi 05-22/329-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ta’limiy va adabiy-badiiy yo‘nalishdagi teleko‘rsatuvlarning ssenariylari takomillashtirilib, mazmuniy saviyasi va ta’limiy ahamiyati oshirilgan.