Aymuxammedova Tumaris Kakajanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ta’limning universal dizayni sharoitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi (qoraqalpoq maktablari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (qoraqalpoq tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped9939.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Seytkasimov Dauletnazar Beknazarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Hamroev G‘ofir Hasanovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Pazilova Meruert Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ta’limning universal dizayni sharoitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish ko‘nikmalarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ta’limning universal dizayni sharoitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish ko‘nikmalari differensial ehtiyojlarini hisobga olgan holda moslashuvchan didaktik integratsiyalarning sikllik jihatiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish ko‘nikmalarini shakllantirishda kontekstga asoslanish, interfaollik, tizimlilik va moslashuvchanlik tamoyillariga tayangan holda Cooperative Learning, o‘yin texnologiyalari, interfaol vositalar orqali nutqiy va kognitiv ko‘nikmalarining produktivlik darajasini oshirish imkoniyatlari yoritib berilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish ko‘nikmalarini inklyuziv yondashuvga moslashtirilgan tamoyil asosida diagnostik, formativ va yakuniy baholash parametrlari «Ona tili va o‘qish savodxonligi» darslarida dialogli suhbatlar, ijodiy topshiriqlar va guruh muhokamalari orqali nutqiy va ijtimoiy ko‘nikmalar (rolli o‘yinlar, viktorinalar) va ijodiy topshiriqlar (ertak to‘qish) orqali nutqiy faollik, gap tuzish va lug‘at boyligini samarali qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
ta’limning universal dizayni sharoitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish ko‘nikmalarini kontekstuallik, interfaollik, tizimlilik va adaptivlik tamoyillariga asoslangan didaktik modelini metodologik polimorfizm (o‘yin texnologiyalari, rolli o‘yinlar, loyiha faoliyati vositalarining intensivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’limning universal dizayni sharoyitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘quv-bilish ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasiga oid tadqiqot natijalari asosida:
ta’limning universal dizayni sharoyitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘quv-bilish ko‘nikmalari differensial ehtiyojlarini hisobga olgan holda moslashuvchan didaktik integratsiyalarning sikllik jihatiga ustuvorlik berishga doir fikrlardan «Pedagogikalıq táliymatlar tariyxı» nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-son buyrug‘i asosida berilgan 277-309-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, Ona tili va oʻqish savodxonligi darslari orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish ko‘nikmalarini rivojlantirishning lingvodidaktik komponentlari aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv, bilish ko‘nikmalarini shakllantirishda kontekstga asoslanish, interaktivlik, tizimlilik va moslashuvchanlik tamoyillariga tayangan holda Cooperative Learning, o‘yin texnologiyalari, interaktiv vositalar orqali nutqiy va kognitiv ko‘nikmalarining produktivlik darajasini oshirish imkoniyatlariga oid takliflardan A1-XT-0-92997 raqamli «Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning muammolari» nomli amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 1-avgustdagi 323-son ma’lumotnomasi). Natijada ona tili darslari orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish ko‘nikmalarini inklyuziv yondashuvga moslashtirilgan tamoyil asosida diagnostik, formativ va yakunlovchi baholashni parametrlar «Ona tili va o‘qish savodxonligi» darslarida dialogli suhbatlar, ijodiy vazifalar va guruh muhokamalari orqali nutqiy va ijtimoiy ko‘nikmalar (ro‘lli o‘yinlar, viktorinalar) va ijodiy topshiriqlar (ertak to‘qish) orqali nutqiy faollik, gap tuzish va lug‘at boyligi samarali qo‘llashhga doir takliflardan «Pedagogikalıq táliymatlar tariyxı» nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-son buyrug‘i asosida berilgan 277-309-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, til malakalarini integrativ egallash imkonini beruvchi texnologiyalari takomillashtirilgan;
ta’limning universal dizayni sharoyitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘quv bilish ko‘nikmalarini kontekstuallik, interaktivlik, tizimiylik va adaptivlik tamoyillarga asoslangan didaktik modelini metodologik polimorfizm (o‘yin texnologiyalari, rolli o‘yinlar, loyiha faoliyati vositalarning intensivligini ta’minlashga doir ko‘nikma strategiyalarini rivojlantirish modelga ustuvorlik berishga oid takliflardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanalining «Xalıq penen sáwbet», «Kúnniń teması», «Kúsh bilimde», «Dáwir nápesi» eshittirishlarini, «Xabar» informatsion axborot dasturini tayyorlashda foydalanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanalining 2025-yil 10-oktyabrdagi №05/22-551-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, «Ona tili va o‘qish savodxonligi» darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish yo‘llari takomillashtirilgan.