Ibragimova Nazokat Muxtarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qorqalpog‘iston Respublikasi A2 darajadagi o‘quvchilarini ijtimoiy-lingvistik kompetensiyasini shakllantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7451
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Axmedova Layloxon Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Seytkasimov Dauletnazar Beknazarovich , pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Sobirova Gulnoza Sadikovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat chet tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi A2 darajasidagi 7–9-sinf o‘quvchilarining ijtimoiy-lingvistik kompetensiyasini shakllantirish metodikasini rolli o‘yin texnologiyasi asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va qoraqalpoq tillari ijtimoiy-lingvistik nuqtai nazardan taqqoslanishi asosida A2 darajasidagi o‘quvchilarda ingliz tilini o‘rganishda yuzaga keladigan intralingvistik va interlingvistik interferensiya holatlari aniqlanib, klassifikatsiya qilindi, ularning sabablari belgilandi, shuningdek, nutq strategiyalari, xushmomillik normalari va murojaat shakllari bo‘yicha aniqlangan farqlar hisobga olingan holda ijtimoiy-lingvistik kompetensiyani shakllantirish metodikasi takomillashtirilgan.
ijtimoiy-lingvistik kompetensiyaning asosiy komponentlarini (muloqot registrini tanlash, nutqiy etiket, bazaviy nutqiy aktlar, maqom va rolni hisobga olish, yozma registr va boshqalar) egallash darajasini aks ettiruvchi uch bosqichli baholash tizimi ishlab chiqilgan va ushbu kompetensiyaning shakllanganlik darajasini aniqlash mezonlari takomillashtirilgan.
A2 darajasidagi o‘quvchilar uchun shartli-nutq va tabiiy-nutq xarakterga ega bo‘lgan vazifalar va mashqlar tizimi (analitik, tanib bilish, klassifikatsiya, taqqoslash, transformatsiya va h.k.) rolli o‘yin texnologiyasi elementlari bilan (nazorat qilinadigan, yarim nazorat qilinadigan, erkin va epizodik rolli vaziyatlar) ijtimoiy-lingvistik kompetensiyani shakllantirishga qaratilib bosqichma-bosqich taqsimlangan holda ishlab chiqilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘quvchilarining madaniy-lisoniy xususiyatlarini hisobga olgan holda ingliz tilini o‘qitishda ijtimoiy-lingvistik kompetensiyani shakllantirishga xizmat qiluvchi rolli o‘yinlar asosidagi topshiriq va mashqlar tizimidan foydalanishga doir didaktik tamoyillar, o‘qitish bosqichlari hamda o‘quv faoliyatini tashkil etish mexanizmlarini o‘z ichiga olgan, nazariy jihatdan asoslangan metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning ilmiy natijalari ingliz tili bo‘yicha A2 darajadagi o‘quvchilarda ro‘lli o‘yinlar texnologiyasidan foydalanish orqali ijtimoiy-lingvistik kompetensiyani shakllantirish metodikasini ishlab chiqishda o‘z ifodasini topgan bo‘lib, bu quyidagi holatlarda o‘z aksini topdi:
A2 darajadagi 7–9-sinf o‘quvchilarida chet tili (ingliz tili) bo‘yicha ijtimoiy-lingvistik kompetensiyani shakllantirish metodikasi ro‘lli o‘yin texnologiyasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatida joriy etildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 18-sentyabrdagi 02-30-799-sonli ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan metodikani qo‘llash o‘quvchilarning ingliz tili bo‘yicha ijtimoiy-lingvistik kompetensiyasini egallash samaradorligini oshirishga yordam berdi.
A2 darajadagi o‘quvchilarda chet til ijtimoiy-lingvistik kompetensiyasini shakllantirishga metodik jihatdan xizmat qiluvchi ingliz va qoraqalpoq tillarining qiyosiy tahlili natijalari xalqaro innovatsion loyiha IL-7623031203 “Janubiy Orolbo‘yi adabiy aloqalari antologiyasi va uning elektron platformasini yaratish (o‘zbek, turkman va qoraqalpoq adabiy aloqalari asosida)” doirasida foydalanildi (Qoraqalpoq davlat universitetining 2025-yil 18-sentyabrdagi 01-22-04/933-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu loyiha doirasida olingan natijalar qoraqalpoq tilida ta’lim olib boriladigan umumta’lim maktablarining 7–9-sinf o‘quvchilarida ingliz tili bo‘yicha ijtimoiy-lingvistik kompetensiyani shakllantirish jarayonini takomillashtirishga xizmat qildi.
ingliz va qoraqalpoq tillarining qiyosiy tahliliga oid materiallar, hamda dissertatsiyada ishlab chiqilgan muloqot registrlari, xushmuomalalik strategiyalari va status-rol munosabatlarini hisobga olishga doir metodik qoidalar amaliy loyiha AL-662204393 “Qoraqalpog‘iston folkloristikasi antologiyasini yaratish” doirasida qo‘llanildi (Qoraqalpoq davlat universitetining 2025-yil 18-sentyabrdagi 01-22-04/934-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur materiallardan foydalanish qoraqalpoq tilida ta’lim olib boriladigan umumta’lim maktablarining 7–9-sinf o‘quvchilarida ingliz tili bo‘yicha ijtimoiy-lingvistik kompetensiyani shakllantirish jarayonini, xususan, nutq strategiyalarini ongli tanlash hamda og‘zaki va yozma nutq shakllaridan adekvat foydalanish jihatidan takomillashtirish imkonini berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining madaniy va lingvistik xususiyatlarini hisobga olgan holda, ro‘lli o‘yinlar texnologiyasi asosidagi topshiriq va mashqlar tizimini qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan aniq metodik tavsiyalar “English Club” nomli 7-9-sinf o‘quvchilari uchun tashkil etilgan ingliz tili to‘garak mashg‘ulotlari materiallarini ishlab chiqishda qo‘llanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 29-sentyabrdagi 02-30-850-sonli ma’lumotnomasi, Nukus shahri 31-maktab). Natijada, ijtimoiy-lingvistik kompetensiyani shakllantirish samaradorligi sezilarli darajada oshdi.