Rahmonov Oydin Bahriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “4K tamoyili asosida 5-6 sinf o‘quvchilarining shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyalari (Tarbiyaviy soatlar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8275.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bekimbetova Gulbaxar Risbaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika indtituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Aytimbetov Maxsetbay Zinatdin uli, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 4K tamoyili asosida 5-6 sinf o‘quvchilarining shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
4K tamoyili asosida 5-6 sinf o‘quvchilarining shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini sotsio-kognitiv integratsiyalash orqali ijtimoiy munosabatlarda faol ishtirok etish, murakkab muammolarni echish, ijodiy va mustaqil fikrlash, o‘zaro hamkorlikda samarali ishlashiga yordam beradigan interaktiv kognitiv muloqot qobiliyatlarining pedagogik-psixologik xususiyatlari eksperimental dasturini loyihalash asosida aniqlashtirilgan;
tarbiyaviy soatlarda 5-6 sinf o‘quvchilarining shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini sinergetik tarzda rivojlantirishga qaratilgan «Think-Pair-Share» (Fikrlash-Juftlash-Ulashish), Muammoli o‘qitish (Problem-based learning), SWOT tahlili, «I-statement», «Inquiry-based learning», rolli o‘yinlar, keys-stadi, munozara va «flipped classroom» kabi metodik imkoniyatlari differensiallash asosida yoritib berilgan;
4K tamoyili asosida 5-6 sinf o‘quvchilarining shaxslararo muloqotda pedagogik modelining texnologik komponenti orqali metakognitiv monitoring qilish va refleksiv tahlil qila olish ko‘nikmalarini strategik hisobga olgan holda integratsion moslashtirish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarining shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini innovatsion muloqot dizayni orqali dialogik, kommunikativ, adaptatsion, polilogik tafakkur (ko‘p mantiqli fikrlash) va empatik ko‘nikmalari operatsion-me’yoriy muloqotni shakllantirishni hisobga olish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 4K tamoyili asosida 5-6 sinf o‘quvchilarining shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
4K tamoyili asosida 5-6 sinf o‘quvchilarining shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini sotsio-kognitiv integratsiyalash orqali ijtimoiy munosabatlarda faol ishtirok etish, murakkab muammolarni echish, ijodiy va mustaqil fikrlash, o‘zaro hamkorlikda samarali ishlashiga yordam beradigan interaktiv kognitiv muloqot qobiliyatlarining pedagogik-psixologik xususiyatlari eksperimental dasturini loyihalashga doir ma’lumotlar «Pedagogikaliq taliymatlar tariyxi» o‘quv qo‘llanmasi mazmunıga singdirilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-son buyrugʻi asosida berilgan 277-309-son nashr ruxsatnomasi). Natijada tarbiyaviy soat darslarida o‘quvchilarning shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik taʻminoti boyitilgan;
tarbiyaviy soatlarda 5-6 sinf o‘quvchilarining shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini sinergetik tarzda rivojlantirishga qaratilgan «Think-Pair-Share», Muammoli o‘qitish (Problem-based learning), SWOT tahlili, «I-statement», «Inquiry-based learning», rolli o‘yinlar, keys-stadi, munozara va «flipped classroom» kabi metodik imkoniyatlari differensiallash bo‘yicha taklif va tavsiyalar taklif va tavsiyalardan A1-XT-0-92997 raqamli «Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning muammolari» nomli amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpogʻiston filialining 2025-yil 1-avgutdagi 323-son ma’lumotnomasi). Natijada tarbiyaviy soat darslarida o‘quvchilarning shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning mexanizmlari takomillashtirilgan;
4K tamoyili asosida 5-6 sinf o‘quvchilarining shaxslararo muloqotda pedagogik modelining texnologik komponenti orqali metakognitiv monitoring qilish va refleksiv tahlil qila olish ko‘nikmalarini strategik hisobga olgan holda integratsion moslashtirishga doir ma’lumotlar «Pedagogikaliq taliymatlar tariyxi» o‘quv qo‘llanmasi mazmunıga singdirilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-son buyrugʻi asosida berilgan 277-309-son nashr ruxsatnomasi). Natijada tarbiyaviy soat darslarida o‘quvchilarning shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
o‘quvchilarining shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini innovatsion muloqot dizayni orqali dialogik, kommunikativ, adaptatsion, polilogik tafakkur va empatik ko‘nikmalari operatsion-me’yoriy muloqotni shakllantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining «Til – millat ko‘zgusi», «Ta’lim maskanlarida», «Assalom Yangi kun» ko‘rsatuv va radioeshittirishida foydalanilgan (Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 10-iyundagi 01-10/82-son ma’lumotnomasi). Natijada tarbiyaviy soat darslarida o‘quvchilarning shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik ta’minoti takomillashtirilgan.