Sagindikov Alisher Aleuatdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qoraqalpog‘iston Respublikasi A2 darajali o‘quvchilarini rus tiliga o‘qitishda keys-stadi orqali gapirish ko‘nikmalarini shakllantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4PhD/Ped8764
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kabulov Saulat Tolibaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jumasheva Gulnara Xamidullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Tilegenov Asqar Tolegenovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasining milliy maktablarida A2 darajadagi o‘quvchilarning rus tilidagi muloqot kompetentligini keys usuli yordamida shakllantirish modelini ishlab chiqish, asoslash va sinovdan o‘tkazishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Ishlab chiqilgan keys-stadi modeli asosida rus tilini chet tili sifatida o‘zlashtirish jarayonida A2 darajadagi o‘quvchilarda ekspressiv nutq kompetentligini shakllantirishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlarini aniqlashga qaratilgan empirik tadqiqot o‘tkazildi;
Rus tili darslarida A2 darajadagi o‘quvchilarning gapirish ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi kontekstli o‘quv muhiti, kommunikativ yondashuv, interfaollik, vaziyatli topshiriqlar va muammoli savollar orqali takomillashtirildi;
A2 darajadagi o‘quvchilarda nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirishning kommunikativ va ekspressiv nutqiy faoliyatni rivojlantirishni ta’minlovchi keyslar integratsiyasiga asoslangan metodik modeli nazariy jihatdan asoslandi va tajriba-sinovdan o‘tkazildi;
A2 darajadagi o‘quvchilarga keys-stadi asosida rus tilini o‘qitish metodikasi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan bo‘lib, u kommunikativlik, vaziyatli yo‘naltirilganlik, onglilik va yaxlitlik tamoyillarini tizimli ravishda amalga oshiradi, bu esa og‘zaki nutq kompetentligini shakllantirish va mustaqil samarali fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida A2 darajadagi o‘quvchilarga rus tilini o‘qitishning keys-stadi bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy natijalar asosida:
ilmiy tadqiqot natijalari ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun rus tilidan sinfdan tashqari ishlarga mo‘ljallangan elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmani ishlab chiqishda ham o‘z aksini topdi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024-yil 27-martdagi DGU 35669-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, rus tili o‘qituvchilar uchun metodik ta’minoti takomillashtirilgan.
o‘quvchilarning gapirish va mustaqil mahsuldor fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimlilik, kommunikativlik, vaziyatlilik va onglilik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida keys-stadi yordamida A2 darajadagi o‘quvchilarga rus tilini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar "Rus tilini o‘qitish metodikasi" nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda qo‘llanildi. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-196-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 879597-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, rus tili o‘qituvchilar uchun metodik ta’minoti takomillashtirilgan.
“Rus tilini o‘qitishning zamonaviy ta’lim texnologiyalari” nomli monografiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazida malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun “2.2. Zamonaviy ta’lim paradigmalari” modulini ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qildi. Natijada malaka oshirish kurslari tinglovchilari, rus tili va adabiyoti o‘qituvchilarida (ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarda) zaruriy kasbiy kompetensiyalar shakllandi (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazining 2025-yil 3-apreldagi 01/10-241-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, rus tili oʻqituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirishning metodik taʻminoti boyitilgan.
Qoraqalpoq va rus tillarining qiyosiy tahlili natijalarini o‘rganilayotgan mavzu doirasida o‘qitish metodikasida qo‘llash ta’limi qoraqalpoq tilida olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘rta sinf o‘quvchilari uchun rus tili bo‘yicha sinfdan tashqari ishlar uchun o‘quv-uslubiy materiallarni ishlab chiqishda o‘z ifodasini topdi. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 7-apreldagi 01-30-374-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning rus tilini o‘zlashtirish darajasi oshirildi.
keys-stadi metodidan foydalanish asosida tayyorlangan xulosalar Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 14-dekabrda efirga uzatilgan “Time Show” ko‘rsatuvida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Xorazm viloyati teleradiokanali” davlat muassasasi tomonidan 2025-yil 18-dekabrda berilgan 1042-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ma’lumotlar dasturga ilmiy-ommabop xususiyat berib, A2 darajasidagi milliy sinf o‘quvchilarining gapirish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha tomoshabinlarning tasavvurlarini har tomonlama boyitilgan.