Abduvalieva Feruza Muxamatnurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maktab o‘quvchilarida jismoniy va intellektual ko‘rsatkichlar dinamikasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni tavsiflash (Andijon shahri misolida)», 03.00.08-Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/B330.
Ilmiy rahbarlar: Xushmatov Shunqor Sadullaevich, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.B.22.05.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Azat Toubaldievich, biologiya fanlari doktori, professor; Mamajanov Muxtorjon Murodullaevich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon shahrining ayrim maktablari o‘quvchilarida jismoniy va intellektual ko‘rsatkichlar dinamikasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni tavsiflash hamda amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta Andijon shahri o‘quvchilarida asosiy antropometrik ko‘rsatkichlarning fiziologik yosh davlariga bog‘liq, gender tavsifda o‘ziga xos o‘sish dinamikasi aniqlangan;
birinchi marta Andijon shahri o‘quvchilarida asosiy antropometrik ko‘rsatkichlar asosida hududiy antropo-fiziometrik sentil-shkala taqsimot jadvali ishlab chiqilgan;
Ketle II, Pine, Brugsh, Vervek, Rorer indekslari asosida, fiziologik yosh davrlarida o‘quvchilarida jismoniy rivojlanish darajasi tiplari aniqlangan;
Andijon shahri o‘quvchilarida kardiorespirator tizim funksional ko‘rsatkichlari kompleks tahlil qilingan, o‘pkalar tiriklik sig‘imi, yurak urish chastotasi ko‘rsatkichlari sentil-shkala taqsimot jadvali ishlab chiqilgan, o‘pkalar tiriklik sig‘imi, yurak urish chastotasi, hayotiy indeks, spirometrik ko‘rsatkich, Skibinskiy, Rufe indeksi asosida jismoniy rivojlanish darajasi dinamikasi aniqlangan;
o‘quvchilarda Burdon korrektura sinovi, Anfimov jadvali, Landolt halqalari testi natijalari tahlili asosdida, intellektual rivojlanishning fiziologik yosh va jinsga bog‘liq dinamikasi aniqlangan, ta’limda individual yondashuv muhimligi isbotlangan;
Spirmen korrelyasiya koeffisenti natijalari asosida, fiziologik yosh davrlarida o‘quvchilarda intellektual va antropometrik ko‘rsatkichlar o‘rtasida bog‘liqlik ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Andijon shahrida joylashgan ayrim maktablar o‘quvchilarida jismoniy va intellektual ko‘rsatkichlar dinamikasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni tavsiflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchilarda (7-17 yosh) asosiy antropometrik ko‘rsatkichlar, sentil-shkala taqsimoti bo‘yicha olingan natijalaridan O‘zDJSUda 2020-2022-yillarda bajarilgan PZ-202005305 “Qishki sport turlarida sportchilarning harakat tayyorgarligini nazorat qilish va baholash uchun 3D veb-portalini yaratish” loyihasida jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini sentil-shkala qiymatlari bo‘yicha klassifikatsiyalashda (II-VII interval) foydalanilgan (O‘zR OTFIVning 22.04.2024-yildagi 4/17-1102-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, loyihada o‘smirlarda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini sentil-shkala qiymatlari bo‘yicha klassifikatsiyalash, TV o‘zgarish dinamikasi taʼlim muhitiga adaptatsiya jarayoni, ontogenezda jinsiy balog‘atga etishda gormonal-fiziologik o‘zgarishlar bilan bog‘liqligini ilmiy asoslash imkonini bergan;
o‘quvchilarda (7-17 yosh) asosiy antropometrik ko‘rsatkichlar, TV indeksi maʼlumotlaridan 2023-2024-yillarda TATUda bajarilgan “Sunʼiy intellekt yordamida sportchilarning samaradorlik ko‘rsatkichlari monitoringining axborot tizimini ishlab chiqish” loyihasini bajarishda sportchilarning samaradorlik ko‘rsatkichlari monitoringi axborot tizimini ilmiy asoslashda foydalanilgan (O‘zR OTFIVning 20.09.2024- yildagi 4/17-2024-123-1-son maʼlumotnomasi). Natijada, sportchilarning samaradorlik ko‘rsatkichlari monitoringi axborot tizimini ishlab chiqishni ilmiy asoslash imkonini bergan;
o‘quvchilarda asosiy antropometrik ko‘rsatkichlarning fiziologik yosh davrlariga bog‘liq, gender tavsifda o‘ziga xos o‘sish dinamikasi, sentil-shkala taqsimot jadvali, kardiorespirator tizim funksional ko‘rsatkichlari sentil-shkala taqsimot jadvali bo‘yicha olingan natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport maktablarida jismoniy tarbiya darslari o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, mashg‘ulotlarni tashkil etish jarayoniga tatbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 08.08.2025-yildagi 01-09/4556-son maʼlumotnomasi). Natijada, sport maktablarida jismoniy tarbiya darslari o‘quv dasturlarini yakka tartibda yondashuv asosida tuzish, mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish imkonini bergan.