MUXAMEDOVA Dilbar Gafurdjanovnaning
doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ta’lim menejerini innovatsion faoliyatga tayyorlashning ijtimoiy-psixologik texnologiyalarini takomillashtirish», 19.00.05 – ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.P13
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /psixologiya fanlari nomzodi/.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Shoumarov G‘ayrat Bahromovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Nishonova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlari doktori, professor, Bekmurodov Mansur Bobomurodovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor Tulenova Karima Jandarovna falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim tizimida ta’lim menejerini innovatsion faoliyatga tayyorlashning ijtimoiy-psixologik texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi:
menejer oliy ta’lim muassasasi innovatsion faoliyatiga tayyorligining ijtimoiy-psixologik komponentlari asoslangan;
ta’lim menejeri shaxsida innovatsion faoliyatga salbiy ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik to‘siqlarni aniqlash savolnomasining modifikatsiyalashtirilgan shakli ishlab chiqilgan;
shaxsda intellektual resurs, innovatsion faoliyatga kirishuvchanligi, tashkiliy-boshqaruv potensiali hamda jamoadagi ijtimoiy-psixologik iqlim kabi omillarni e’tiborga olgan holda oliy ta’lim menejeri innovatsion faoliyatini baholash mezonlari ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim menejerini innovatsion faoliyatga tayyorlash jarayonida diagnostika, korreksiya va prognozlashtirish kabi jihatlariga qaratilgan maxsus dastur taklif qilingan;
innovatsion faoliyat jarayonida ijtimoiy-psixologik xususiyatlar hamda ekspert, innovatsion faoliyat va o‘z-o‘zini baholash yuzasidan oliy maktab menejeri innovatsiya faoliyatini psixodiagnostik metodikalari ishlab chiqilgan;
ta’lim menejeriga oid etnohududiy va etnopsixologik xususiyatlarni e’tiborga olgan holda uni innovatsion faoliyatiga tayyorlashning modeli taklif etilgan.
IV. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari va ularning samarasi: standartlashtirilgan psixologik tashxis metodikasi, ekspert baholash mezonlari, mutaxassisni innovatsion faoliyatga tayyorlash modeli va psixologik trening dasturining uslubiy yondashuvi vazirlikning tegishli ishchi guruhi tomonidan tasdiqlangan hamda tajriba-sinov natijalari ma’qullangan va tegishli vakolatli muassasaga joriy etilishi qaror bilan tasdiqlangan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013 yil 11 noyabrdagi 23-son bayonnomasi). Ular tegishli jarayonni ilmiy asosda tashkil etishning uslubiy asosini takomillashtirishga xizmat qiladi;
ijtimoiy-psixologik omillarni e’tiborga olgan holda rahbar kadrlarni qayta tayyorlash jaryonini tashkil etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Bosh ilmiy-metodik markazi faoliyatiga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 6iyundagi 89-01-150-son ma’lumotnomasi; Bosh ilmiy-metodik markazning 2013 yil 5 noyabrdagi 44-son ma’lumotnomasi);
ta’lim menejerini innovatsion faoliyatga tayyorlash ijtimoiy-psixologik texnologiyalarining takomillashtirilishi Bosh ilmiy-metodik markazida qayta tayyorlangan rahbar kadrlar shaxsi psixologik sifatini ularning kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari (ichki lokus nazorat, adekvat o‘z-o‘zini baholash, o‘z kasbiy qobiliyatini baholash va h.k.) differensial baholanishini joriy etish asosida rivojlantirish orqali rahbar kadrlar malakasini oshirish jarayonlari samaradorligi 13,8 foiz hamda kasbiy rivojlantirishning psixologik motivatsiya mexanizmlarini (ichki psixologik imkoniyatlarni faollashtirish, kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirish, faktor baholashni joriy etish va h.k.) qo‘llash ta’lim menejerlari faoliyati natijaviyligini 11,3 foiz ortishiga olib keldi.