Axmadjonov Avazbek Akmaljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘oriladigan och tusli bo‘z va o‘tloqi saz tuproqlar hamda Prunus Avium L. biogeokimyosi», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/V1526.
Ilmiy rahbar: Turdaliev Avazbek Turdalievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.B.10.07.
Rasmiy opponentlar: Jabbarov Zafarjon Abdukarimovich, biologiya fanlari doktori, professor; Sobitov O‘lmasboy Tojaxmedovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona viloyatida shakllangan sug‘oriladigan och tusli bo‘z hamda o‘tloqi saz tuproqlarning agrokimyoviy, agrofizik, geokimyoviy va biogeokimyoviy xossa-xususiyatlarini tabiiy va inson omili ta’siridagi o‘zgarishlarini aniqlash hamda gilos yetishtirishda tuproqdan samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘oriladigan och tusli bo‘z hamda o‘tloqi saz tuproqlar morfologiyasi, fizik, kimyoviy va agrokimyoviy xossalarining hozirgi holatiga ko‘ra hamda tabiiy va inson omillari ta’sirida yangidan sug‘oriladigan → eskidan sug‘oriladigan tuproqlar tomon o‘zgarayotganligi va bu jarayon o‘tloqi saz tuproqlarda jadalroq ketishi ilmiy asoslangan;
tuproqlardagi kimyoviy elementlar tarkibi, miqdori, migratsiya, akkumulyasiyasi qiyosiy tahlil qilingan va o‘tloqi saz tuproqlarda Yb li kuchli, Mo>Hf>Sb>Br li kuchsiz provinsiyalar, och tusli bo‘z tuproqlarda esa Yb>Hf li kuchli, Sb>U>Cs li kuchsiz provinsiyalar aniqlangan hamda elementlarni fon miqdorlari va geokimyoviy spektrlari ishlab chiqilgan;
sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlar va gilos organlaridagi Mn, Mo, Cu ning korrelativ bog‘liqliklari ijobiy (r=0,12-0,94), Zn(r=-0,33 – -0,57) niki esa salbiy ekanligi, och tusli bo‘z tuproqlar hamda gilos organlaridagi Mn, Mo, Zn, Cu larning aloqadorligi ijobiy (r=0,11-0,94), tuproq va gilos tanasidagi Mn(r=-0,27) va bargidagi Cu(r=-0,15) larniki esa salbiy ekanligi aniqlangan hamda biologik singdirish koeffisientlari ishlab chiqilgan;
tuproqlarning biomikroelementlar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda klark konsentratsiylari aniqlangan va o‘tloqi saz tuproqlarda Mo>Zn>Mn, och tusli bo‘z tuproqlarda Zn>Mn>Mo qatorida kamayib borishi isbotlangan;
sug‘oriladigan och tusli bo‘z hamda o‘tloqi saz tuproqlar sharoitida gilosni ildizdan va bargdan oziqlantirishning maqbul me’yorlarini qo‘llash natijasida nazorat (o‘g‘isiz) ga nisbatan hosildorlik o‘tloqi saz tuproqlarda 60 s/ga, och tusli bo‘z tuproqlarda 60-70 s/ga ga ortishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘oriladigan och tusli bo‘z va o‘tloqi saz tuproqlardagi gilosning biogeokimyoviy xossalarini o‘zgarishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Farg‘ona viloyatidagi yangidan va eskidan sug‘oriladigan och tusli bo‘z, o‘tloqi saz tuproqlarning unumdorlik ko‘rsatkichlari, geokimyoviy xossalari hamda ularda yetishtirilgan gilosning biogeokimyoviy xususiyatlari hisobga olingan holda kimyoviy elementlarning fon miqdorlari “Grapes and Gardens Investment” AJ ning 20 gektar, “Turg‘unov Ikromjon” f/x ning 9,5 gektar (ja’mi 29,5 ga) yer maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 11 noyabrdagi 05/05-04-754-son ma’lumotnomasi). Natijada, hudud tuproqlari va gilosni tavsiflash, tuproqlarda ekologik monitoring ishlari olib borish, gilos mevalari sifatini baholash hamda tuproqlarni o‘g‘itlash va unumdorligini oshirish bo‘yicha tadbirlar belgilash imkonini bergan;
sug‘oriladigan och tusli bo‘z va o‘tloqi saz tuproqlar hamda gilos organlari tarkibidagi mikroelementlar miqdorlari, ularni differensiatsiyasi, akkumulyasiyasi, biologik singdirish koeffisientlari va tuproqlarni biomikroelementlar bilan ta’minlanganlik darajalari hisobga olinib, tayanch hududlarining 1:5000 masshtabli kartogrammasi “Grapes and Gardens Investment” AJ ning 20 gektar, “Turg‘unov Ikromjon” f/x ning 9,5 gektar (ja’mi 29,5 ga) yer maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 11 noyabrdagi 05/05-04-754-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘oriladigan och tusli bo‘z hamda o‘tloqi saz tuproqlarda gilosdan ekologik toza va sifatli mahsulot olishda, tuproqlarni agroekologik jihatdan baholashda, agroekologik meliorativ holatini yaxshilashda asos sifatida xizmat qilgan;
sug‘oriladigan och tusli bo‘z va o‘tloqi saz tuproqlarda gilos yetishtirish bo‘yicha yangi agrotexnologiyalar asosida “Sug‘oriladigan tuproqlarda gilos yetishtirish” nomli tavsiyanoma viloyatning bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 11 noyabrdagi 05/05-04-754-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘oriladigan och tusli bo‘z, o‘tloqi saz tuproqlar xossa-xususiyatlarini yaxshilash va gilosdan yuqori hosil yetishtirishda agrotexnik tadbirlar belgilashda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
sug‘oriladigan och tusli bo‘z hamda o‘tloqi saz tuproqlarda o‘tkazilgan dala tajribalari asosida ildizdan va bargdan oziqlantirishni maqbul me’yorlari “Grapes and Gardens Investment” AJ ning 20 gektar, “Turg‘unov Ikromjon” f/x ning 9,5 gektar (ja’mi 29,5 ga) yer maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/05-04-754-son ma’lumotnomasi). Natijada, gilosdan nazorat (o‘g‘isiz) variantiga nisbatan o‘tloqi saz tuproqlar sharoitida 60,0 s/ga, och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida 60-70 s/ga qo‘shimcha hosil olish imkonini bergan.