Mirkomilov Abdurahmon Mirabbos o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sarimsoq piyozni vibro-konvektiv quritish jarayoni va energiyatejamkor qurilmani takomillashtirish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5256.
Ilmiy rahbar: Safarov Jasur Esirgapovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.42.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Gafurov Karim Xakimovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: energiyatejamkor vibro-konvektiv qurilma va sarimsoqpiyozni quritish jarayonini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sarimsoqpiyozni sifatli quritishning maqbul parametrlari: boshlang‘ich namlik – 62 %, yakuniy namlik - 14 %, kesim qalinligi - 2 mm, havo tezligi - 2 m/s, vibratsiya tezlanishi - 60 m/s2, quritish harorati - 30 °C ilmiy asoslangan;
Ansys Fluent dasturiy ta’minoti yordamida massa kamayishi funksiyasi va uch o‘lchamli muhitda harorat taqsimlanishi tenglamasi, shuningdek, chegaraviy qatlam masalasi uchun Nave-Stoks tenglamasining xususiy holatidan foydalangan holda matematik model ishlab chiqilgan;
Lagranj interpolyasiya usuli orqali sarimsoqpiyoz massasining o‘zgarishi natijalari har soatlik intervalda o‘tkazilgan, 3 xil quritish jarayoni uchun aniqlangan, namlik chiqishi qonuniyatlari isbotlangan;
vibratsiya ta’sirida sarimsoqpiyozda haroratning tarqalishi tezlashishi va qisqa vaqt ichida maksimal harorat sohasiga etish qonuniyati kuzatilgan, bunda namunalarning minimal harorati 29,9 °C, maksimal harorati 30,01 °C -dan oshmasligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Energiyatejamkor vibro-konvektiv qurilmani takomillashtirish va sarimsoqpiyozning foydali moddalarni saqlab qolish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sarimsoqpiyozni quritish texnologiyasi “BEST TAS TES TEChNOLOGY” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025 yil 29 sentyabrdagi 29-99/09-25-son ma’lumotnomasi). Yuqori samarali texnologiyadan foydalanish natijasida mahsulot ishlab chiqarish 1,7 barobar oshib, xomashyo yo‘qotilishi 13% -ga kamaytirish imkoninni bergan;
sarimsoqpiyozni quritish texnologiyasi “BEST TAS TES TEChNOLOGY” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025 yil 29 sentyabrdagi 29-99/09-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, sarimsoqpiyozni quritish uchun yuqori samarali texnologiyadan foydalanish hamda mahsulotning tarkibini 100% -gacha saqlab qolishni ta’minlash imkonini bergan;
sarimsoqpiyozni quritish uchun takomillashtirilgan vibro-konvektiv qurilma “BEST TAS TES TEChNOLOGY” MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025 yil 29 sentyabrdagit 29-99/09-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, vibratsiyadandan foydalangan holda yuqori samarali energiya tejamkor quritish qurilmasining joriy etilishi va konstruksiyaning maqbul tanlovi tufayli mavjud texnologiya va qurilmalarga nisbatan 1,8 barobar kam energiya sarflash imkonini bergan.